Get Mystery Box with random crypto!

Menga noqulay.. 1. Birovdan qarz olib,falon kun qaytarib bera | 🎭

Menga noqulay..

1. Birovdan qarz olib,falon kun qaytarib beraman deb,va'dam ustidan chiqolmay qolish menga noqulay.

2. Maʼlum vaqtda koʻrishishga kelishilganda,shunchaki 2daqiqaga kech qolish ham menga noqulay. Eng yomoni kutish. Shunga aytishsa kerak: 'kutish-olovdan shiddatliroq'-deb.

3. Blogimga soʻkinma,yomon gapirma deb yozib,unga oʻzim amal qilmasligim,ogʻzimdan "shakar" soʻzlar tushmasligi menga shunchaki noqulay emas balkida,uyat.

4. Ijtimoiy tarmoqlarda kelgan xabarlarga,hatto 'online' turgan boʻlsam ham ,ataylab va tezda javob qaytarmaslik menga noqulay. Shunchaki uning ehtiyoji menga tushgan boʻlishi va men unga oʻsha payt juda kerak boʻlib turgan boʻlishim mumkin.

5. Doʻstimmi yoki biron tanishim,agar xato ish qilayotganini koʻrsam va uni toʻgʻrilashga,nasihat qilishga harakat qilmasam bu menga noqulay,uyat,orsizlik. Chunki,moʻmin—moʻminning koʻzgusidir. Agar vaqtida buni toʻgʻrilay olmasam,qachondir u koʻzgu boʻladi va unda hamma meni koʻradi.

6. "Kecha"dan xulosa qilmay, "erta" uchun rejasiz harakat qilish hamda "bugun" uchun shukrsiz vaqt oʻtkazish menga noqulay. Xulosasiz oʻsha xato yana takrorlanadi. Rejasiz maqsadga yetib boʻlmaydi. Shukrsiz saodatga erishib boʻlmaydi.

P)s: Kanikul kanikul deb,shuncha vaqt qanday oʻtganini ham bilmay qolibman. Endi sekin Fargʻona qanisan deb yoʻlga tayyorlanaverish kerak shekilli.

Havo shunchalik sovuqmi,yo sovuqqa ozgina havo haydab qoʻyilganmi?

@othernessNess