Get Mystery Box with random crypto!

Sharafli yoʻldamiz,loyiq boʻlaylik... Koʻplab bevaqt koʻz yum | 🎭

Sharafli yoʻldamiz,loyiq boʻlaylik...

Koʻplab bevaqt koʻz yumgan goʻdaklarning xotirasiga bagʻishlashibdi. Bu ham e'tibor. Ichim titradi





Baʼzan yelkamga olgan masʼuliyat haqida koʻp oʻylab qolaman.

Hozir eng dolzarb mavzuga aylangan koʻplab norasidalarning doridan zaharlanib,ohi arshga yetganlarni oʻylab,ichim zir titrayapti.

Qoʻryapman ham. Va lekin qalbimda bir otash ham yonyapti. Yoshligimda doktor boʻlaman deb orzu qilardim. Hozir esa eng yaxshi "inson" boʻlish maqsadim.

Allohdan manfaatli ilm soʻrayman. Hammani ilmini ziyoda qilsin.

Shaxsiy blog boʻlgani uchun shu yerga bu gaplarni yozib qoʻyyapman. Oʻzimga oʻzim bergan va'dani bajarolmay qolishim mumkin,toʻgʻri. Lekin sizlarga bildirib qoʻysam masʼuliyat koʻproq boʻladi deb oʻylayman.

Allohdan foydali ilm bilan iymon lazzati,insof,farosat,qoʻrqmaydigan qalbdan panoh soʻrayman))

P)s: Obunachilarim ichida duogoʻylarim bor. Duo qilinglar)) Hammasi yaxshi boʻladi))

05.01.23 | Fargʻona. Frunza massiv

@othernessNess