Get Mystery Box with random crypto!

Tabassum qiling! Topganini ulashgan – saxiy, Tabassumini ula | 🎭

Tabassum qiling!


Topganini ulashgan – saxiy,
Tabassumini ulashgan baxtli.

Jilmayish, ohista kulish tabassum bo‘lib, mana shu mo‘minning sifatidandir.

Tabassum ibodat hisoblanadi. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: “Do‘sting yuziga qarab qilgan tabassuming sadaqadir”, – deganlar.

Tabassum inson yuzi uchun ajoyib badan tarbiya hisoblanadi. U inson jismi va aqliga foyda beradi, qon bosimining oshishi va yurak xastaliklarining oldini oladi.

Kishi tabassum qilganda yuzdagi 17 muskul harakatga keladi.

Tabassum yuz muskullarining holati bilan hamohang tarzda ishlaydigan miya faoliyatining ijobiy holatini kuchaytiradi.

Shunday ekan, har tong uyqudan uyg‘onganingizda, har bir qiyinchilik to‘siqlaridan o‘tayotgan paytingizda doim samimiy tabassum qiling. Sizning tabassumingiz uchun doimo yetarli sabab va asos topiladi.


A: —
B: —
A: —
B: —
A: —
B: —
A: —
B: —

@othernessNess