Get Mystery Box with random crypto!

🇺🇿AFROSIYOB EDUCATION 🇺🇿

Telegram kanalining logotibi ona_tili_adabiyot_afrosiyob — 🇺🇿AFROSIYOB EDUCATION 🇺🇿 A
Telegram kanalining logotibi ona_tili_adabiyot_afrosiyob — 🇺🇿AFROSIYOB EDUCATION 🇺🇿
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.85K
Kanalning ta’rifi

👨‍💻Ushbu kanalda bepul online darslar va testlar o‘tkaziladi.
Boshqa kanallarimiz:👇
@badiiy_asarlar_afrosiyob
@quiz_test_afrosiyob

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-15 11:43:39 Quydagi taxalluslarni yodingizda saqlang.

1) Navoiy, Foniy- Alisher Navoiy
2) Bobur- Zahiriddin Muhammad Bobur
3) Puryoyvaliy, Puryorvali, Qitoliy- Pahlavon Mahmud
4) Qul Ahmad, Ahmad, Xo'ja Ahmad, Ahmadiy, Miskin Ahmad, Qul Xo'ja Ahmad, Yassaviy- Ahmad Yassaviy
5) Saroyi- Sayfi ( qilich ) Saroyi
6) Yugnakiy- Ahmad Yugnakiy Mahmud o'g'li
7) Somiy- Shamsiddin Somiy
8) Ozariy- Lutf Alibek Ozariy
9) Fanoiy- Kamoliddin Husayn Fanoiy
10) Sakkokiy- asl ismi noma'lum taxallusining ma'nosi " pichoqchi "
11) Atoiy- Ahmad Yassaviyning jiyani, Ismoil ota farzandlaridandur. To'liq ma'lumot saqlanmagan.
12) Lutfiy- asl ismi Lutfulla. Ayrim manbalarda " Shoshiy " deb tilga olinadi.
13) Rudakiy- Abu Abdullo Ja'far ibn Muhammad Rudakiy
14) Firdavsiy- shoirning otasi Eronning Tus shahri hokimining " Firdavs " nomli bog'ida bog'bon bo'lgan. Taxallus shundan kelib chiqqan degan qarashlar bor.
15) As- Saolibiy- Abu Mansur Abdulmalik ibn Muhammad
16) Xo'jandiy- ma'lumotlar saqlanmagan. Adib Xo'jand qishlog'ida tug'ilgan.
17) Gadoiy- asl ismi noma'lum . Abulqosim Bobur ( 1452-1457 yillar ) davrida yashagan.
18) Husayniy- Husayn Boyqaro
19) Xoja- Poshshoxo'ja Abdulvahobxoja o'g'li Xoja
20) Farog'iy- asl ismi Turdi.
21) Mashrab, Devoni Mashrab, Devonayi Mashrab, Eshoni Mashrab, Hazrati shoh Mashrab- Boborahim Mullavali o'g'li Mashrab
22) Chimyoniy, Huvaydo- Xo'janazar Huvaydo.
23) Sirojiy- asl ismi Sirojiddin. Huvaydoning o'g'li.
24) G'oyibnazar So'fi- Huvaydoning otasi bo'lib shu nom ostida tanilgan.
25) Sohib- Salohiddin bo'lib Huvaydoning nabirasi. Shoir bo'lgan.
26) Uvaysiy- Jahon Otin
27) Amiriy- Amir Said Muhammad Umarxon.
28) Nodira, Komila, Maknuna - asl ismi Mohlaroyim.
29) Xon- Muhammad Alixon ( Ma'dalixon ) Nodira va Umarxonning o'g'li.
30) Gulxaniy- Muhammad Sharif.
31) Maxmur- asl ismi Mahmud.
32) Akmal- Mulla Shermuhammad. Maxmurning otasi
33) Munis- Shermuhammad Amir Avazmuhammad o'g'li.
34) Ogahiy- Muhammadrizo Erniyozbek o'g'li.
35) Feruz- Said Muhammad Rahimxon Bahodirxoni Soniy.
36) Muqimiy- Muhammad Aminxo'ja Mirzaxo'ja o'g'li
37) Furqat- Zokirjon Mullo Xolmuhammad o'g'li.
38) Zavqiy- Ubaydullo Solih o'g'li.
39) Komil Xorazmiy, Xorazmiy- Pahlavon Muhammadniyoz Abdulla Oxund o'g'li.
40) Barno, Dilshodi Barno- Dilshod Rahimqul So'fi qizi.
41) Anbar Otin- Farmonqul va Ashurbibi qizi.
42) Xayyom, Xayma- Abdulfath Umar binni Ibrohim . Xayyom ma'nosi- chodir yasovchi, chodir tikuvchi.
43) Parfi, Rauf Parfi- Rauf Parfiyev
44) Ali, Muhammad Ali- Muhammad Ali Axmedov.
45) O'tar- Polvonniyoz O'tar Gadoniyoz o'g'li. Avaz O'tarning otasi.
46) Zulfiya- Zulfiya Isroilova
47) Abay- asl ismi Ibrohim.
48) Rasvo- Cho'lponning otasi
49) Ozodiy- Maxtumqulining otasi
50) Nihoniy- Hamza Hakimzoda Niyoziy

Taxalluslar davomi.
51) Hijron- Abdulla Avloniy
52) Vaxshiy- Muhammad Sharif So'fizoda
53) Mijmar, Fitrat- Abdurauf Fitrat
54) Julqunboy, Ovsar, Shilg'ay, Dumbul, Qodiriy- Abdulla Qodiriy
55) Xilvatiy- asl ismi Mulla Yo'ldosh To'raboy o'g'li
56) Firog'iy- Maxtumquli
57) Fuzuliy, Bag'dodiy- Muhammad Sulaymon o'g'li
58) Ramziy, Bedil- Mirzo Abdulqodir asl ismidir
59) Vosifiy- Zayniddin Muhammad ibn Abduljamil
60) Nishoniy- Subxonqulixon ( Buxoro xoni )
61) Muhtojiy, Jununiy , Sifliy, Ayniy- Sadriddin Saidmurodzoda
62) Vafoiy- Ahmad Xojibek
63) Kamoliy- ma'lumot saqlanmagan Navoiy asarlarida " Koshifiy " deb ham qo'llangan.
64) Qalandar, Andijonlik, Mirza Qalandar, Cho'lpon- Abdulhamid Sulaymon o'g'li
65) Baloiy- Mehmet Chalabiy Yaxyo qozi. Mehri xotunning otasi.
66) Bolasog'uniy, Otauli- Yusuf Xos Hojib
67) Norin Shilpiq, Sarimsoq, Gulyor, Mavlono Kufur, Nish- Abdulla Qahhor
68) Yo'qsul- Bahrom Ibrohimov
69) Shavkat- Sidqiy Hondayliqiy
70) Oybek- Muso Toshmuhammad o'g'li
71) G'ayratiy- Abdurahim Abdulla o'g'li
72) Shavqiy Kattaqo'rg'oniy- asli ismi Muhammad Sharif
73) Shuhrat- Alimov G'ulom Aminjon o'g'li.
74) Ubaydiy- Ubaydullaxon(xon bo'lgan )

https://t.me/ona_tili_adabiyot_afrosiyob
2.2K viewsИброхим Эргашев, 08:43
Ochish/sharhlash
2022-08-15 10:40:36 SHE'RIY SAN'ATLAR HAQIDA

Istiora –arabcha so’z bo’lib, biror so’zni omonatga olmoq degan ma’noni beradi. Biror narsa-hodisaga hos hususiyatni boshqa narsaga hodisaga ko’shirish, u she’riy san’atda so’z o’z ma’nosida kelmaydi. “Gul” she’rda o’simlik emas, balki mahbuba ma’nosida kelishi istioraga misol bo’ladi.
Sen, ey gul, qo’ymading sarkshligingni sarvdek hargiz
Binafsha sen uchun ko’kragim erk yeri

Husni ta’lil –arabcha so’z bo’lib, chiroyli dalillash degan ma’noni bildiradi. O’sha go’zal asos nimani dalilashga kelturilayaotgan bo’lsa o’shanga dahli bo’lmasligi kerak .Shoir biror voqea hodisani aytadi-yu, uni unga aloqasi bo’lmagan asos bilan dalilaydi.
Jamoling vasfini qildim chamanda,
Qizardi gul anjumanda.

Hojib –arabcha so’z bo’lib, pardali dorbozobon degan ma’noni anglatadi. Bunda qofiyadosh so’zdan oldin keladigan bir hil takror so’zga aytiladi.
Tig’ ila jigarim yonini,
Yerga oqizdi jigarim qonini.

Tasbe-birinchi misra oxiridagi so’zning ikkinchi misra boshidagi takrorlanadigan so’zga aytiladi.
Birida sencha ko’rmadim jur’at
Jurating bo’ldi maxlasinnga jihat.

Tasdir –bayt boshidagi so’zning bayt so’nggida takrorlanishiga tasdir deb ataladi.
Yoz boshi dalalr soz,
O’z ko’rkini yozmish yoz.

Eng foydali - AFROSIYOB EDUCATION kanaliga obuna bo'ling!


Do'stlaringizga ham ulashishni unutmang.
https://t.me/ona_tili_adabiyot_afrosiyob

https://t.me/afrosiyob_savoljavob
2.1K viewsИброхим Эргашев, 07:40
Ochish/sharhlash
2022-08-15 09:05:06
Faqat bitta inson telefon qilsa, har qanday holatdayam telefonni ko‘taraman, ONAM!
1.8K viewsZiyodullo Polvonov, 06:05
Ochish/sharhlash
2022-08-15 09:01:44 Men hozir judayam baxtsizman, o‘zimmi judayam yolg‘iz his qilyapman, baqirib-baqirib yig‘lagim kelyapti.
Chunki onamdan 60 kilometr uzoqqa kelib olibman

@ziyodullo_polvonov_blog
1.7K viewsZiyodullo Polvonov, edited  06:01
Ochish/sharhlash
2022-08-15 08:36:24
FarDUda imtihondan chiqqanlar bormi?
1.6K viewsZiyodullo Polvonov, edited  05:36
Ochish/sharhlash
2022-08-15 05:57:19 OT KESIM VA EGA ORASIDA TIRENING ISHLATILISHI

Ega va ot kesim orasida quyidagi hollarda tire qo‘yiladi:

kesim bog‘lamasiz ot bilan ifodalanganda: Mening opam – o‘qituvchi.

kesim olmosh bilan ifodalanganda:
Hammamizning fikrimiz – shu.

kesim harakat nomi bilan ifodalanganda: Bizning maqsadimiz - o‘qish.

kesim son bilan ifodalansa: Besh – o‘nning yarmi.

ega va kesim bir xil so‘zlardan tarkib topgan bo‘lib, tenglashtirish, qiyoslash ma’nosini ifodalasa: So'g'ligim – boyligim. Rejasiz ish – qolipsiz g‘isht.

ega ma’nosi ta’kidlab ko‘rsatilganda: Men – intiluvchan talabaman. Urush – quyon ovi emas. Sen – mening eng qadrdonimsan.

ega ko‘rsatish olmoshi bilan ifodalansa: Bu – siz uchun katta sinovdir.

kesim sifat yoki tartib son bilan ifodalansa tire qo‘yilmaydi: Ko‘chalar egri-bugri. Bizning uyimiz beshinchi.

ega bilan ot kesim orasida ham bo'g'lovchisi qo'llansa tire qo‘yilmaydi: Bular ham odam. Karim ham talaba.


https://t.me/ona_tili_adabiyot_afrosiyob
2.0K viewsИброхим Эргашев, 02:57
Ochish/sharhlash
2022-08-15 05:53:53 Asarlarni gap qilib yod olish


MIRTEMIR - she'rlar va dostonlar to'plami

"Bong" urilgan payt "poytaxt"ga "o'ch" olgani bir odam (qo'lida) "qoraqalpoq daftari"ga tushirilgan "surat" bilan keldi va dedi: "Tingla, hayot!", mening "izlaganim", "tog'day tayanchim" hisoblanmish "yodgorlik"im qani?!


G'afur G'ulomning she'rlari:

"Sen yetim emassan", chunki seni "kuzatish" va "sog'inish" "onalar"ning ishi. "Vaqt"i kelib, "bizning ko'chada ham bayram bo'lajak", o'shanda senga "oltin medal" beriladi, shuning uchun "bilib qo'yki, seni Vatan kutadi". Ammo hech qachon o'zingni "Men - yahudiy" dema!


O'tkir Hoshimovning qissasilari:

"Cho'l havosi"da "shamol esaveradi", ammo "bahor qaytmaydi". O'shanda "odamlar nima derkin?" deb o'ylama, "qalbingga quloq sol" va "dunyoning ishlari" hisoblanmish "2×2=5"ni "kvazarlar"ga isbotla!


Mirmuhsinning dostonlari:

"Usta G'iyos" "nevara"si "Shiroq" bilan "yashil qishloq"da "do'nan" minib, "Avesto"ni o'qib yuribdi.


Chingiz Aytmatovning nomini jahonga tanitgan asarlari(qissalari):

"Oq kema"da "birinchi muallim" hisoblanmish "Jamila" bilan "yuzma-yuz" kelganda: "Alvido, Gulsari",- deya hayqirdi.


O'lmas Umarbekovning kinosenariylari:

"Ikki soldat haqida qissa"da "yigit va qiz" "Yuksak qorliklardagi uchrashuv"da "Sevgi afsonasi"ni "O'zgalar uchun" " Changalzor qonuni"ga aylantirdi.


Oybek asarlari (5-sinf darsligi bo'yicha):

Dastlabki "Tuyg'ular"imni "Dilbar-davr qizi", "Baxtigul va Sog'indiq" " o'ch" olish maqsadida doston qilib aytishdi. Men uni roman hisoblab, "Qutlug' qon" deb "Navoiy"ga aytim. U esa "Quyosh qoraymas" dedi. Bu gapga "Fanorchi ota" "Musicha"ni hikoya qilib keltirdi. Bu hikoyada "Gulnor opa"ning " singan umid"i "tillatopar"da qolgani aytilgan ekan!

A.P.Chexovning pyesalari :

"Vanya amaki"ning "Olchazor"ida "Uch opa-singillar" "Chayka" rusumli avtomobil bilan selfiga tushyapti

A.P.Chexovning hajviy_hikoyalari:

"Qiyshiq oyna"dan "yovuz niyatli kishi" "chiqdi"


https://t.me/ona_tili_adabiyot_afrosiyob
1.8K viewsИброхим Эргашев, 02:53
Ochish/sharhlash
2022-08-15 05:47:40 Tasviriy ifodalar adiblar ko‘rinishida

1) g‘azal mulkining sultoni – Alisher Navoiy;
2) millatni birlikka chorlagan shoir – Turdi Farog‘iy;
3) o‘zbek romanchiligi maktabining asoschisi – Abdulla Qodiriy;
4) o‘zbek she’riyatida vafo va sadoqat timsoli – Zulfiya;
5) qisqa hikoyalar ustasi – Abdulla Qahhor;
6) vaqtga haykal qo‘ygan shoir – G‘afur G‘ulom;
7) baxt va shodlik kuychisi – Hamid Olimjon;
8) erk kuychisi – Cho‘lpon;
9) g‘azalga qayta jon bag‘ishlagan shoir – Erkin Vohidov;
10) ilohiy ishq kuychisi – Mashrab

https://t.me/ona_tili_adabiyot_afrosiyob
1.8K viewsИброхим Эргашев, 02:47
Ochish/sharhlash
2022-08-14 19:25:23 Paronimlar

Abadiy – doimiy
Adabiy – adabiyotga doir

Abadiyat – mangulik
Adabiyot – asarlar majmui; so‘z san’ati

Abgor – majruh, nochor
Afkor – fikrlar

Abzal – ot yoki eshakning yugani, egar-jabdug‘i
Afzal – nisbatan yaxshi, durust

Ablaq – ola-bula tusli ot
Ablah – yaramas, razil

Abro‘ – eski turkiy tilda qosh
Obro‘ – hurmat-e’tibor

Adib – yozuvchi, ijodkor
Adip – to‘n chetiga tikiladigan ensiz mato

Adil – tik, to‘g‘ri
Adl – adolat

Adresat – xat yo‘llovchi
Adresant – xat qabul qiluvchi

Ahil – inoq
Ahl – bir doiraga mansub kishilar

Alam – azob, og‘riq
A’lam – din peshvosi

Alamon – xalq
Al’amon – murojaat (undov so‘z)

Aliment – nafaqa puli
Element – kimyoviy modda

Alo – arabcha «ustiga» degani
A’lo – eng yaxshi

Alpoz – holat, vaziyat
Alfoz – so‘zlar, iboralar

Amir – qadimda Buxoroxonlari unvoni
Amr – farmon, buyruq

Ampula – shisha idish
Amplua – rollar turkumi yoki sportchining qaysi joyda o‘yin olib borishi

Angar – ekinzor, keng dala
Angor – qiyofa

Anqov – ovsar
Anqo – afsonaviy qush

Aro – ichida
Ora – munosabat, aloqa

Ariq – maxsus suv yo‘li
Oriq – ozg‘in

Arkon – ustun, davlat arbobi
Arqon – yo‘g‘on ip

Arpa – bug‘doysimon g‘alla o‘simligi
Arfa – musiqa asbobi

Artikl – maxsus grammatik ko‘rsatkich
Artikul – mahsulot turi

Asil – sof, toza; a’lo sifatli, eng yaxshi
Asl – nasli, tagi

Asir – tutqun
Asr – yuz yillik davr

Ato – bag‘ishlov, sovg‘a
Ota – oila rahbari

Ayon – aniq, ravshan
A’yon – xos kishilar, amaldorlar

Ayrilik – ayri bo‘ladigan, ayribop.
Ayriliq – firoq, hijron

Azim – buyuk, katta
Azm – qaror
https://t.me/ona_tili_adabiyot_afrosiyob
2.2K viewsИброхим Эргашев, 16:25
Ochish/sharhlash
2022-08-14 19:19:26 BADIIY_ASAR_SAVOL_JAVOB

ROMANI

«Qirq yil qirgʻin boʻlsa ham ajali yetgan oʻladi» ushbu maqol kim
tomondan qoʻllangan?
Tohir

Chingizxon va Joʻjixonga qarindosh boʻlgan qahramon?
Ahmad Tanbal

Bobur Samarqandni qancha payt qamal qildi?
7 oy

Jangchi dubulgʻasiga oʻxshatilgan taram – taram gumbazli imorat?
Goʻri amir imorati

Juda koʻp fojealar boʻlgan, talay shahzodalar oʻldirilgan 4 qavatli imorat?
Koʻksaroy

Samarqand ppdshosi Ahmad Sultonning eng katta xotini?
Mehrinigorxonim

Navoiy bilan tengdosh boʻlgan Samarqandlik keksa shoir?
Javhariy

Samarqandlik mashhur sahhov- yaʼni muqovachi?
Mulla Qutbiddin

Andijonning eng mashhur  qozisi koʻp moʻtabar zotlarning piri?
Xoʻja Abdulla

Boburga xiyonat qilib, Andijon darvozalarini ochib bergan sotqin
qahramon?
Ali Doʻstbek




https://t.me/ona_tili_adabiyot_afrosiyob
1.9K viewsИброхим Эргашев, 16:19
Ochish/sharhlash