OT KESIM VA EGA ORASIDA TIRENING ISHLATILISHI Ega va ot ke | 🇺🇿AFROSIYOB EDUCATION 🇺🇿

OT KESIM VA EGA ORASIDA TIRENING ISHLATILISHI

Ega va ot kesim orasida quyidagi hollarda tire qo‘yiladi:

kesim bog‘lamasiz ot bilan ifodalanganda: Mening opam – o‘qituvchi.

kesim olmosh bilan ifodalanganda:
Hammamizning fikrimiz – shu.

kesim harakat nomi bilan ifodalanganda: Bizning maqsadimiz - o‘qish.

kesim son bilan ifodalansa: Besh – o‘nning yarmi.

ega va kesim bir xil so‘zlardan tarkib topgan bo‘lib, tenglashtirish, qiyoslash ma’nosini ifodalasa: So'g'ligim – boyligim. Rejasiz ish – qolipsiz g‘isht.

ega ma’nosi ta’kidlab ko‘rsatilganda: Men – intiluvchan talabaman. Urush – quyon ovi emas. Sen – mening eng qadrdonimsan.

ega ko‘rsatish olmoshi bilan ifodalansa: Bu – siz uchun katta sinovdir.

kesim sifat yoki tartib son bilan ifodalansa tire qo‘yilmaydi: Ko‘chalar egri-bugri. Bizning uyimiz beshinchi.

ega bilan ot kesim orasida ham bo'g'lovchisi qo'llansa tire qo‘yilmaydi: Bular ham odam. Karim ham talaba.


https://t.me/ona_tili_adabiyot_afrosiyob
🇺🇿AFROSIYOB EDUCATION 🇺🇿

🇺🇿AFROSIYOB EDUCATION 🇺🇿

@ona_tili_adabiyot_afrosiyob
7.85K Obunachilar
Taʼlim Toifa
👨‍💻Ushbu kanalda bepul online darslar va testlar o‘tkaziladi. Boshqa kanallarimiz:👇. @badiiy_asarlar_afrosiyob. @quiz_test_afrosiyob...