Get Mystery Box with random crypto!

Asarlarni gap qilib yod olish MIRTEMIR - she'rlar va dosto | 🇺🇿AFROSIYOB EDUCATION 🇺🇿

Asarlarni gap qilib yod olish


MIRTEMIR - she'rlar va dostonlar to'plami

"Bong" urilgan payt "poytaxt"ga "o'ch" olgani bir odam (qo'lida) "qoraqalpoq daftari"ga tushirilgan "surat" bilan keldi va dedi: "Tingla, hayot!", mening "izlaganim", "tog'day tayanchim" hisoblanmish "yodgorlik"im qani?!


G'afur G'ulomning she'rlari:

"Sen yetim emassan", chunki seni "kuzatish" va "sog'inish" "onalar"ning ishi. "Vaqt"i kelib, "bizning ko'chada ham bayram bo'lajak", o'shanda senga "oltin medal" beriladi, shuning uchun "bilib qo'yki, seni Vatan kutadi". Ammo hech qachon o'zingni "Men - yahudiy" dema!


O'tkir Hoshimovning qissasilari:

"Cho'l havosi"da "shamol esaveradi", ammo "bahor qaytmaydi". O'shanda "odamlar nima derkin?" deb o'ylama, "qalbingga quloq sol" va "dunyoning ishlari" hisoblanmish "2×2=5"ni "kvazarlar"ga isbotla!


Mirmuhsinning dostonlari:

"Usta G'iyos" "nevara"si "Shiroq" bilan "yashil qishloq"da "do'nan" minib, "Avesto"ni o'qib yuribdi.


Chingiz Aytmatovning nomini jahonga tanitgan asarlari(qissalari):

"Oq kema"da "birinchi muallim" hisoblanmish "Jamila" bilan "yuzma-yuz" kelganda: "Alvido, Gulsari",- deya hayqirdi.


O'lmas Umarbekovning kinosenariylari:

"Ikki soldat haqida qissa"da "yigit va qiz" "Yuksak qorliklardagi uchrashuv"da "Sevgi afsonasi"ni "O'zgalar uchun" " Changalzor qonuni"ga aylantirdi.


Oybek asarlari (5-sinf darsligi bo'yicha):

Dastlabki "Tuyg'ular"imni "Dilbar-davr qizi", "Baxtigul va Sog'indiq" " o'ch" olish maqsadida doston qilib aytishdi. Men uni roman hisoblab, "Qutlug' qon" deb "Navoiy"ga aytim. U esa "Quyosh qoraymas" dedi. Bu gapga "Fanorchi ota" "Musicha"ni hikoya qilib keltirdi. Bu hikoyada "Gulnor opa"ning " singan umid"i "tillatopar"da qolgani aytilgan ekan!

A.P.Chexovning pyesalari :

"Vanya amaki"ning "Olchazor"ida "Uch opa-singillar" "Chayka" rusumli avtomobil bilan selfiga tushyapti

A.P.Chexovning hajviy_hikoyalari:

"Qiyshiq oyna"dan "yovuz niyatli kishi" "chiqdi"


https://t.me/ona_tili_adabiyot_afrosiyob