Get Mystery Box with random crypto!

Paronimlar Abadiy – doimiy Adabiy – adabiyotga doir Abad | 🇺🇿AFROSIYOB EDUCATION 🇺🇿

Paronimlar

Abadiy – doimiy
Adabiy – adabiyotga doir

Abadiyat – mangulik
Adabiyot – asarlar majmui; so‘z san’ati

Abgor – majruh, nochor
Afkor – fikrlar

Abzal – ot yoki eshakning yugani, egar-jabdug‘i
Afzal – nisbatan yaxshi, durust

Ablaq – ola-bula tusli ot
Ablah – yaramas, razil

Abro‘ – eski turkiy tilda qosh
Obro‘ – hurmat-e’tibor

Adib – yozuvchi, ijodkor
Adip – to‘n chetiga tikiladigan ensiz mato

Adil – tik, to‘g‘ri
Adl – adolat

Adresat – xat yo‘llovchi
Adresant – xat qabul qiluvchi

Ahil – inoq
Ahl – bir doiraga mansub kishilar

Alam – azob, og‘riq
A’lam – din peshvosi

Alamon – xalq
Al’amon – murojaat (undov so‘z)

Aliment – nafaqa puli
Element – kimyoviy modda

Alo – arabcha «ustiga» degani
A’lo – eng yaxshi

Alpoz – holat, vaziyat
Alfoz – so‘zlar, iboralar

Amir – qadimda Buxoroxonlari unvoni
Amr – farmon, buyruq

Ampula – shisha idish
Amplua – rollar turkumi yoki sportchining qaysi joyda o‘yin olib borishi

Angar – ekinzor, keng dala
Angor – qiyofa

Anqov – ovsar
Anqo – afsonaviy qush

Aro – ichida
Ora – munosabat, aloqa

Ariq – maxsus suv yo‘li
Oriq – ozg‘in

Arkon – ustun, davlat arbobi
Arqon – yo‘g‘on ip

Arpa – bug‘doysimon g‘alla o‘simligi
Arfa – musiqa asbobi

Artikl – maxsus grammatik ko‘rsatkich
Artikul – mahsulot turi

Asil – sof, toza; a’lo sifatli, eng yaxshi
Asl – nasli, tagi

Asir – tutqun
Asr – yuz yillik davr

Ato – bag‘ishlov, sovg‘a
Ota – oila rahbari

Ayon – aniq, ravshan
A’yon – xos kishilar, amaldorlar

Ayrilik – ayri bo‘ladigan, ayribop.
Ayriliq – firoq, hijron

Azim – buyuk, katta
Azm – qaror
https://t.me/ona_tili_adabiyot_afrosiyob