Get Mystery Box with random crypto!

SHE'RIY SAN'ATLAR HAQIDA Istiora –arabcha so’z bo’lib, bir | 🇺🇿AFROSIYOB EDUCATION 🇺🇿

SHE'RIY SAN'ATLAR HAQIDA

Istiora –arabcha so’z bo’lib, biror so’zni omonatga olmoq degan ma’noni beradi. Biror narsa-hodisaga hos hususiyatni boshqa narsaga hodisaga ko’shirish, u she’riy san’atda so’z o’z ma’nosida kelmaydi. “Gul” she’rda o’simlik emas, balki mahbuba ma’nosida kelishi istioraga misol bo’ladi.
Sen, ey gul, qo’ymading sarkshligingni sarvdek hargiz
Binafsha sen uchun ko’kragim erk yeri

Husni ta’lil –arabcha so’z bo’lib, chiroyli dalillash degan ma’noni bildiradi. O’sha go’zal asos nimani dalilashga kelturilayaotgan bo’lsa o’shanga dahli bo’lmasligi kerak .Shoir biror voqea hodisani aytadi-yu, uni unga aloqasi bo’lmagan asos bilan dalilaydi.
Jamoling vasfini qildim chamanda,
Qizardi gul anjumanda.

Hojib –arabcha so’z bo’lib, pardali dorbozobon degan ma’noni anglatadi. Bunda qofiyadosh so’zdan oldin keladigan bir hil takror so’zga aytiladi.
Tig’ ila jigarim yonini,
Yerga oqizdi jigarim qonini.

Tasbe-birinchi misra oxiridagi so’zning ikkinchi misra boshidagi takrorlanadigan so’zga aytiladi.
Birida sencha ko’rmadim jur’at
Jurating bo’ldi maxlasinnga jihat.

Tasdir –bayt boshidagi so’zning bayt so’nggida takrorlanishiga tasdir deb ataladi.
Yoz boshi dalalr soz,
O’z ko’rkini yozmish yoz.

Eng foydali - AFROSIYOB EDUCATION kanaliga obuna bo'ling!


Do'stlaringizga ham ulashishni unutmang.
https://t.me/ona_tili_adabiyot_afrosiyob

https://t.me/afrosiyob_savoljavob