Get Mystery Box with random crypto!

Quydagi taxalluslarni yodingizda saqlang. 1) Navoiy, Foniy- A | 🇺🇿AFROSIYOB EDUCATION 🇺🇿

Quydagi taxalluslarni yodingizda saqlang.

1) Navoiy, Foniy- Alisher Navoiy
2) Bobur- Zahiriddin Muhammad Bobur
3) Puryoyvaliy, Puryorvali, Qitoliy- Pahlavon Mahmud
4) Qul Ahmad, Ahmad, Xo'ja Ahmad, Ahmadiy, Miskin Ahmad, Qul Xo'ja Ahmad, Yassaviy- Ahmad Yassaviy
5) Saroyi- Sayfi ( qilich ) Saroyi
6) Yugnakiy- Ahmad Yugnakiy Mahmud o'g'li
7) Somiy- Shamsiddin Somiy
8) Ozariy- Lutf Alibek Ozariy
9) Fanoiy- Kamoliddin Husayn Fanoiy
10) Sakkokiy- asl ismi noma'lum taxallusining ma'nosi " pichoqchi "
11) Atoiy- Ahmad Yassaviyning jiyani, Ismoil ota farzandlaridandur. To'liq ma'lumot saqlanmagan.
12) Lutfiy- asl ismi Lutfulla. Ayrim manbalarda " Shoshiy " deb tilga olinadi.
13) Rudakiy- Abu Abdullo Ja'far ibn Muhammad Rudakiy
14) Firdavsiy- shoirning otasi Eronning Tus shahri hokimining " Firdavs " nomli bog'ida bog'bon bo'lgan. Taxallus shundan kelib chiqqan degan qarashlar bor.
15) As- Saolibiy- Abu Mansur Abdulmalik ibn Muhammad
16) Xo'jandiy- ma'lumotlar saqlanmagan. Adib Xo'jand qishlog'ida tug'ilgan.
17) Gadoiy- asl ismi noma'lum . Abulqosim Bobur ( 1452-1457 yillar ) davrida yashagan.
18) Husayniy- Husayn Boyqaro
19) Xoja- Poshshoxo'ja Abdulvahobxoja o'g'li Xoja
20) Farog'iy- asl ismi Turdi.
21) Mashrab, Devoni Mashrab, Devonayi Mashrab, Eshoni Mashrab, Hazrati shoh Mashrab- Boborahim Mullavali o'g'li Mashrab
22) Chimyoniy, Huvaydo- Xo'janazar Huvaydo.
23) Sirojiy- asl ismi Sirojiddin. Huvaydoning o'g'li.
24) G'oyibnazar So'fi- Huvaydoning otasi bo'lib shu nom ostida tanilgan.
25) Sohib- Salohiddin bo'lib Huvaydoning nabirasi. Shoir bo'lgan.
26) Uvaysiy- Jahon Otin
27) Amiriy- Amir Said Muhammad Umarxon.
28) Nodira, Komila, Maknuna - asl ismi Mohlaroyim.
29) Xon- Muhammad Alixon ( Ma'dalixon ) Nodira va Umarxonning o'g'li.
30) Gulxaniy- Muhammad Sharif.
31) Maxmur- asl ismi Mahmud.
32) Akmal- Mulla Shermuhammad. Maxmurning otasi
33) Munis- Shermuhammad Amir Avazmuhammad o'g'li.
34) Ogahiy- Muhammadrizo Erniyozbek o'g'li.
35) Feruz- Said Muhammad Rahimxon Bahodirxoni Soniy.
36) Muqimiy- Muhammad Aminxo'ja Mirzaxo'ja o'g'li
37) Furqat- Zokirjon Mullo Xolmuhammad o'g'li.
38) Zavqiy- Ubaydullo Solih o'g'li.
39) Komil Xorazmiy, Xorazmiy- Pahlavon Muhammadniyoz Abdulla Oxund o'g'li.
40) Barno, Dilshodi Barno- Dilshod Rahimqul So'fi qizi.
41) Anbar Otin- Farmonqul va Ashurbibi qizi.
42) Xayyom, Xayma- Abdulfath Umar binni Ibrohim . Xayyom ma'nosi- chodir yasovchi, chodir tikuvchi.
43) Parfi, Rauf Parfi- Rauf Parfiyev
44) Ali, Muhammad Ali- Muhammad Ali Axmedov.
45) O'tar- Polvonniyoz O'tar Gadoniyoz o'g'li. Avaz O'tarning otasi.
46) Zulfiya- Zulfiya Isroilova
47) Abay- asl ismi Ibrohim.
48) Rasvo- Cho'lponning otasi
49) Ozodiy- Maxtumqulining otasi
50) Nihoniy- Hamza Hakimzoda Niyoziy

Taxalluslar davomi.
51) Hijron- Abdulla Avloniy
52) Vaxshiy- Muhammad Sharif So'fizoda
53) Mijmar, Fitrat- Abdurauf Fitrat
54) Julqunboy, Ovsar, Shilg'ay, Dumbul, Qodiriy- Abdulla Qodiriy
55) Xilvatiy- asl ismi Mulla Yo'ldosh To'raboy o'g'li
56) Firog'iy- Maxtumquli
57) Fuzuliy, Bag'dodiy- Muhammad Sulaymon o'g'li
58) Ramziy, Bedil- Mirzo Abdulqodir asl ismidir
59) Vosifiy- Zayniddin Muhammad ibn Abduljamil
60) Nishoniy- Subxonqulixon ( Buxoro xoni )
61) Muhtojiy, Jununiy , Sifliy, Ayniy- Sadriddin Saidmurodzoda
62) Vafoiy- Ahmad Xojibek
63) Kamoliy- ma'lumot saqlanmagan Navoiy asarlarida " Koshifiy " deb ham qo'llangan.
64) Qalandar, Andijonlik, Mirza Qalandar, Cho'lpon- Abdulhamid Sulaymon o'g'li
65) Baloiy- Mehmet Chalabiy Yaxyo qozi. Mehri xotunning otasi.
66) Bolasog'uniy, Otauli- Yusuf Xos Hojib
67) Norin Shilpiq, Sarimsoq, Gulyor, Mavlono Kufur, Nish- Abdulla Qahhor
68) Yo'qsul- Bahrom Ibrohimov
69) Shavkat- Sidqiy Hondayliqiy
70) Oybek- Muso Toshmuhammad o'g'li
71) G'ayratiy- Abdurahim Abdulla o'g'li
72) Shavqiy Kattaqo'rg'oniy- asli ismi Muhammad Sharif
73) Shuhrat- Alimov G'ulom Aminjon o'g'li.
74) Ubaydiy- Ubaydullaxon(xon bo'lgan )

https://t.me/ona_tili_adabiyot_afrosiyob