Get Mystery Box with random crypto!

Oliygoh.uz | rasmiy

Telegram kanalining logotibi oliygoh_grantlar — Oliygoh.uz | rasmiy O
Telegram kanalining logotibi oliygoh_grantlar — Oliygoh.uz | rasmiy
Kanal manzili: @oliygoh_grantlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 126.94K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Oliygoh.uz platformasi rasmiy telegram kanali
- Biz orqali eng muhim yangiliklarni kuzatib boring!
• Aloqa: @oliygoh_edubot
• Reklama: @oliygoh_admin
Hamkorlik: @talim_reklamalari

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 216

2021-11-04 17:02:39
OTMlarning milliy reytingi e’lon qilindi

Ta’lim inspeksiyasi reytingiga ko‘ra, top beshtalikni:

– Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash instituti;
– O‘zbekiston milliy universiteti;
– Toshkent tibbiyot akademiyasi;
– Samarqand davlat universiteti;
– Toshkent moliya instituti band qildi.

Reyting OTMlardagi ta'lim sifati tahlili asosida chiqarilgan.

Oliygoh.uz telegram kanallari

O‘zbekcha | Русская | Grantlar
23.5K viewsedited  14:02
Ochish/sharhlash
2021-10-28 08:33:49
O‘zbekistonda talabalar soni yarim milliondan ko‘proq — Statqo‘m

2020/21-o‘quv yili boshidagi ma’lumotga asosan, O‘zbekiston OTMlarida jami 571,5 ming talaba o‘qiydi.

Talaba yigitlar – 311,5 ming nafar;
Talaba qizlar – 260 ming nafar.

Oliygoh.uz telegram kanallari

O‘zbekcha | Русская | Grantlar
13.7K views05:33
Ochish/sharhlash
2021-10-27 13:11:03
DTM keyingi yil kirish imtihonlarida test tuziladigan darsliklar ro‘yxatini e’lon qildi

Darsliklar ro‘yxati Xalq ta’limi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tavsiyalari asosida tuzilgan. Ro‘yxatni https://dtm.uz/info/textbooks manzilidan fan va tilni tanlab yuklab olish mumkin.

Oliygoh.uz telegram kanallari

O‘zbekcha | Русская | Grantlar
17.5K views10:11
Ochish/sharhlash
2021-10-27 12:38:15
Talaba boʻla olmadingizmi? Hali ham ulgurasiz!

Toshkentdagi ISFT institutida yangi oʻquv yili uchun quyidagi bakalavrlik yoʻnalishlariga qabul boshlandi:

Menejment va boshqaruv hisobi;
Xalqaro biznes va boshqaruv;
Amaliy buxgalteriya hisobi va moliya.

Oʻqitish talaba ixtiyoriga koʻra oʻzbek, rus yoki ingliz tilida olib boriladi. Qabul 10-noyabrgacha davom etadi.

Bitiruvchilarga bakalavr diplomi beriladi.
Buxgalteriya yoʻnalishidagilar esa qoʻshimcha ACCA sertifikati va Angliyadagi Oksford-Bruks universitetining bakalavr diplomini qoʻlga kiritishadi.

Joriy oʻquv yilida 300 ta grant oʻrni ajratilgan.

Onlayn qabul: admission.isft.uz

Qoʻshimcha maʼlumot uchun:
Telegram: @isftash
Telefon: +998781473737
16.5K views09:38
Ochish/sharhlash
2021-10-25 09:07:01
Talabalar 25-oktabrdan ta'tilga chiqishi haqidagi xabar rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda davlat OTMlari talabalariga 25-oktabrdan 3 haftalik taʼtil berilishi haqida xabar tarqalgandi.

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining ma'lum qilishicha, bu – yolg‘on xabar, u hech qanday asosga ega emas.

Oliygoh.uz telegram kanallari

O‘zbekcha | Русская | Grantlar
15.1K views06:07
Ochish/sharhlash
2021-10-19 15:40:00 ​​«Yangi O‘zbekiston» universiteti rasman ochildi (foto)

«Yangi O‘zbekiston» universitetining rasman ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Taqdimotdan so‘ng o‘quv binosi hamda talabalar turar-joyi bo‘ylab press-tur tashkil etildi.

Universitetda ilk o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan 18-23 oktyabr kunlari tanishtiruv haftaligi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur hafta davomida talabalarga oliygohda yaratilgan shart-sharoitlar, fan o‘qituvchilari, dars jadvallari, baholash mezoni, universitetning ichki tartib-qoidasi, shuningdek, «Yangi O‘zbekiston» ta’lim portali bilan (Intranet) tanishtiriladi.

2021-2022 o‘quv yilida Mexanika muhandisligi, Kimyo muhandisligi hamda Dasturiy ta’minot muhandisligi yo‘nalishlariga qabul bo‘lib o‘tdi. Kirish imtihoni Cambridge Assessment tashkiloti bilan hamkorlikda joriy yilning 6 sentyabr kuni o‘tkazildi. Unda saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan 1213 nafar nomzod ishtirok etdi. Imtihon natijalariga ko‘ra 200 nafar yigit-qizlar talabalikka qabul qilindi.

Oliygoh.uz telegram kanallari

O‘zbekcha | Русская | Grantlar
25.4K views12:40
Ochish/sharhlash
2021-10-18 13:13:46
Registon ta’lim granti. Final bosqichi

Xabaringiz bor, “REGISTON” o‘quv markazida iqtidorli yoshlarni qo‘llab quvvatlash hamda yoshlarning ta’lim olishini rag‘batlantirish maqsadida eng kuchli yoshlarga OLIYGOH.UZ jamoasi bilan hamkorlikda Respublika miqyosida umumiy sovrin jamg‘armasi 100 million so‘mga teng bo‘lgan Grant tanlovini e’lon qilgan edi.

Tanlovning Final bosqichida kimlar ishtirok etadi?

BATAFSIL MA'LUMOT

Final bosqichi qachon bo'lib o'tadi?

Tanlovning final bosqichi 24-oktabr kuni bo'lib o'tadi

Final qaysi manzilda bo'lib o'tadi?

BATAFSIL MA'LUMOT

Grantlar soni - 100 ta. Grantni moliyalashtirish miqdori - sovrin jamg'armasi 100 million so‘m bo‘lgan maxsus yutuqlar.

“REGISTON” o‘quv markazi olimpiadaning barcha ishtirokchilariga omad tilaydi!
28.0K views10:13
Ochish/sharhlash
2021-10-18 11:06:59 15 ming talaba oʻqiydigan Nurafshon davlat universiteti tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoevning aytishicha, Toshkent viloyati markazida 30 ming aholiga moʻljallangan «Yangi Oʻzbekiston» turar joy massivi quriladi. Massivda 5ta maktab, 12ta bogʻcha, 2ta poliklinika va park barpo etiladi.

Nurafshon–Toshkent yoʻli kengaytirilib, alohida yoʻlakda tezyurar elektrobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.

2020-yil boshida bosh vazirning 1-oʻrinbosari Ochilboy Ramatov Toshkentdan Nurafshongacha metro qurilishini aytgandi. Undan avvalroq esa Nurafshon Oʻzbekistondagi birinchi «smart-city» (aqlli shahar) boʻlishi reja qilingandi.

Oliygoh.uz telegram kanallari

O‘zbekcha | Русская | Grantlar
20.4K views08:06
Ochish/sharhlash
2021-10-16 09:41:02 Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 241-son qaroriga muvofiq, 2022-2023-o‘quv yilida Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida o‘qishga nomzodlarni saralab olish bo‘yicha TANLOVDA ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlanganligini ma’lum qilamiz.

Tanlovda mazkur qaror talablariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va/yoki o‘tayotgan, shu jumladan, harbiy xizmatga chaqiriluvchi bo‘lgan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarining bitiruvchilari, erkak jinsidagi, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra yaroqli deb topilgan, bo‘yi 170 sm dan past bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etish uchun dxx.dtm.uz rasmiy veb-sayti orqali joriy yilning 10-noyabr sanasiga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma dxx.dtm.uz saytida keltirilgan.

Oliygoh.uz telegram kanallari

O‘zbekcha | Русская | Grantlar
25.2K views06:41
Ochish/sharhlash
2021-10-16 09:11:08
Oʻzbekistondagi "STARS INTERNATIONAL UNIVERSITY" xalqaro oliy o'quv yurtiga BAKALAVR va SIRTQI ta’limga kabul davom etmokda

SHOSHILING! Qabul tugashiga 3 kun qoldi.

Sirtqi taʼlim qulayliklari:
- Birinchi semestrda 30 kun oʻqish
- 30 kun davomida
bepul tushlik
-
bepul tibbiy koʻrik
-
bepul oʻquv materiallari

Oʻquv yili yakunida ikkita XALQARO diplom

Ta’lim O‘ZBEK va INGLIZ tillarida olib boriladi.

STARS xalqaro universiteti aynan sizni kutmoqda, qoʻngʻiroq qiling va talaba boʻling

Murojaat uchun:
Toshkent:

+998555000088 | Yozish | Yozish
+998555000083 | Yozish | Yozish
Yozish | Yozish | Yozish
Surxandaryo:
+998555000071 | Yozish | Yozish
Nurafshon:
+998555000074 | Yozish
Yozish | Yozish
Toshkent viloyati:
+998555000073 | Yozish
+998900692407 | Yozish
+998950492405 | Yozish

Manzil: Vega center, Janubiy vokzal

Telegram | Instagram | sayt
20.7K views06:11
Ochish/sharhlash