Get Mystery Box with random crypto!

​​«Yangi O‘zbekiston» universiteti rasman ochildi (foto) «Y | Oliygoh.uz | rasmiy

​​«Yangi O‘zbekiston» universiteti rasman ochildi (foto)

«Yangi O‘zbekiston» universitetining rasman ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Taqdimotdan so‘ng o‘quv binosi hamda talabalar turar-joyi bo‘ylab press-tur tashkil etildi.

Universitetda ilk o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan 18-23 oktyabr kunlari tanishtiruv haftaligi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur hafta davomida talabalarga oliygohda yaratilgan shart-sharoitlar, fan o‘qituvchilari, dars jadvallari, baholash mezoni, universitetning ichki tartib-qoidasi, shuningdek, «Yangi O‘zbekiston» ta’lim portali bilan (Intranet) tanishtiriladi.

2021-2022 o‘quv yilida Mexanika muhandisligi, Kimyo muhandisligi hamda Dasturiy ta’minot muhandisligi yo‘nalishlariga qabul bo‘lib o‘tdi. Kirish imtihoni Cambridge Assessment tashkiloti bilan hamkorlikda joriy yilning 6 sentyabr kuni o‘tkazildi. Unda saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan 1213 nafar nomzod ishtirok etdi. Imtihon natijalariga ko‘ra 200 nafar yigit-qizlar talabalikka qabul qilindi.

Oliygoh.uz telegram kanallari

O‘zbekcha | Русская | Grantlar