Get Mystery Box with random crypto!

15 ming talaba oʻqiydigan Nurafshon davlat universiteti tashki | Oliygoh.uz | rasmiy

15 ming talaba oʻqiydigan Nurafshon davlat universiteti tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoevning aytishicha, Toshkent viloyati markazida 30 ming aholiga moʻljallangan «Yangi Oʻzbekiston» turar joy massivi quriladi. Massivda 5ta maktab, 12ta bogʻcha, 2ta poliklinika va park barpo etiladi.

Nurafshon–Toshkent yoʻli kengaytirilib, alohida yoʻlakda tezyurar elektrobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.

2020-yil boshida bosh vazirning 1-oʻrinbosari Ochilboy Ramatov Toshkentdan Nurafshongacha metro qurilishini aytgandi. Undan avvalroq esa Nurafshon Oʻzbekistondagi birinchi «smart-city» (aqlli shahar) boʻlishi reja qilingandi.

Oliygoh.uz telegram kanallari

O‘zbekcha | Русская | Grantlar