Get Mystery Box with random crypto!

Oliygoh.uz | rasmiy

Telegram kanalining logotibi oliygoh_grantlar — Oliygoh.uz | rasmiy O
Telegram kanalining logotibi oliygoh_grantlar — Oliygoh.uz | rasmiy
Kanal manzili: @oliygoh_grantlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 148.22K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Oliygoh.uz platformasi rasmiy telegram kanali
- Biz orqali eng muhim yangiliklarni kuzatib boring!
• Aloqa: @oliygoh_edubot
• Reklama: @oliygoh_admin
Hamkorlik: @talim_reklamalari

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 213

2022-01-10 07:51:51
Omikron shtammi O‘zbekistonda: Karantin choralari kuchaytirildi

Endi:

– Jamoat joylarida niqob taqish, gigiyena qoidalariga amal qilish ustidan nazorat kuchayadi;

– Tashkiliy shaklidan qat’i nazar, barcha tashkilotlarda ishchilarni emlangandan so‘ng ish joylariga kiritishga ruxsat beriladi;

– Ta’til payti talabalarni koronavirusga to‘liq emlash choralari ko‘riladi;

– Respublikada turli tadbirlar o‘tkazilishi taqiqlanadi.

Oliygoh.uz telegram kanallari

O‘zbekcha | Русская | Grantlar
11.5K views04:51
Ochish/sharhlash
2022-01-09 08:30:00
Xorijiy tillardan sertifikat olgan yoshlar diqqatiga!

2022-yil 1-yanvardan boshlab arab, xitoy, fransuz, rus, ispan, koreys, yapon, italyan, turk va nemis tillari boʻyicha 13 ta xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natijaga erishgan yoshlarning imtihon xarajatlarini kompensatsiya qilib berish tizimi ishga tushdi.

Avvalroq (IELTS, TOEFL, GMAT, GRE, SAT) xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natija qayd etgan yoshlarning imtihon xarajatlari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qoplab berilayotgan edi. Bugungi kungacha jami 2833 nafar yoshlarga qoplab berilgan.

Endilikda ular safiga yana yuqoridagi 13 ta imtihon tizimi ham qoʻshildi.

Oliygoh.uz telegram kanallari

O‘zbekcha | Русская | Grantlar
9.4K views05:30
Ochish/sharhlash
2022-01-09 08:01:06
Japan Digital Universityga 2022-2023-o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda

Bizda siz uchun maxsus qulaylik - kontraktlar 12.600.000 boshlanadi.
O'qish davomida $5-$15 maoshli ish (co-working) ga ega bo'lish imkoniyati.
O'qishni tamomlagandan so'ng Yaponiya kompaniyalarida ish bilan ta'minlanadi.
Diplomi Yaponiya hamda O'zbekistonda tan olinadi.

Murojaat uchun:
71-200-05-95

Qabul: https://www.jdu.uz/enrollee

Website | Telegram | Instagram
8.7K views05:01
Ochish/sharhlash
2022-01-09 07:55:36 Maktablarda qishki ta’til 24-yanvargacha uzaytirildi

O‘quvchi-yoshlar o‘rtasida mavsumiy gripp kasalligining keskin ko‘payishining oldini olish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi qishki ta’til kunlarini 2022-yil 24-yanvarga qadar uzaytirdi.

Oliygoh.uz telegram kanallari

O‘zbekcha | Русская | Grantlar
14.6K views04:55
Ochish/sharhlash
2022-01-09 07:07:34 ONLINE TESTGA RO'YXATDAN O'TISHGA SHOSHILING!!!

2022-yilgi
imtixonlar 2 ta mutaxassislik fanlari va 3 ta majburiy fanlar bo'yicha bo'lib o'tadi.

Siz bunga qanchalar tayyorsiz? Agar buning javobini bilmoqchi bo'lsangiz 9-yanvar yakshanba kuni soat 20:00 da @ABTBOOKS kanalida bo'lib o'tadigan online testlarimizda o'zingizni sinab ko'ring.

Testlar o'zbek va rus tillarida majburiy hamda quyidagi mutaxassislik fanlaridan bo'lib o'tadi.

Biologiya+Ona tili
Ingliz tili+Ona tili
Biologiya+Tarix
Biologiya+Kimyo
Matematika+Biologiya
Matematika+Fizika
Matematika+Ingliz tili
Tarix+Geografiya
Matematika+Kimyo
Matematika+Ona tili
Matematika+Geografiya
Tarix+Ingliz tili
Tarix+Ona tili

Testlarimiz malakali mutaxassislar tomonidan tuzilgan. Javoblaringizni shu zahotiyoq bilib olishingiz mumkin. Har bir yo'nalish bo'yicha g'oliblar aniqlanib, kanalimizda e'lon qilinadi.

Online testimiz haqida barcha abituriyentlarga xabar bering. Zero testda qancha ko'p odam ishtirok etsa, bahs shu qadar shiddatli bo'ladi. @ABTbooks Kanalimizga a'zo bo'lish yodingizdan ko'tarilmasin!

Online test uchun hoziroq ro'yxatdan o'ting

Murojaat uchun:
+998974042700 | Теlegramdan yozish
9.8K views04:07
Ochish/sharhlash
2022-01-08 14:07:43
Ijtimoiy tarmoqlarda xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha feyklar tarqalyapti, vazirlik rad etdi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha hech qanday arizalar qabuli bo‘lmayotganini bildirib, noto‘g‘ri axborot tarqatganlik uchun javobgarlik borligini eslatdi.

Oliygoh.uz telegram kanallari

O‘zbekcha | Русская | Grantlar
8.1K views11:07
Ochish/sharhlash
2022-01-07 17:53:44 Talabalar yotoqxonasiga talabalar yanvar oyi uchun to'lov qilgan bo'lsa, ularning ijara puli talabaning arizasiga muvofiq qayta hisob-kitob qilinib, keyingi oy uchun o'tkaziladi yoki talabaning o'ziga qaytariladi — Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi

Oliygoh.uz telegram kanallari

O‘zbekcha | Русская | Grantlar
13.9K views14:53
Ochish/sharhlash
2022-01-07 10:44:55
Qabul kvotalari oshiriladi

Oliy ta’limga qabul qilish darajasini 38 foizga yetkazish rejalashtirilgan

Batafsil: https://oliygoh.uz/post/kvotalari-oshiriladi

Oliygoh.uz telegram kanallari

O‘zbekcha | Русская | Grantlar
10.6K views07:44
Ochish/sharhlash
2022-01-06 12:01:14 Davlat OTMlarning oʻquv adabiyotlari toʻliq elektronlashtiriladi.

“Davlat oliy taʼlim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–60-son, 24.12.2021 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2022/2023 oʻquv yilidan moliyaviy mustaqil davlat OTMlariga quyidagi vakolatlar berildi:

Akademik mustaqillik sohasida:
oʻquv rejalari, dasturlari, malaka talablarini tasdiqlash, taʼlim shaklini belgilash;
oʻqish davomiyligi muddatini belgilash;
doktorantura kontrakti miqdorini belgilash, oʻz hisobidan grant ajratib doktoranturaga kvotaga qoʻshimcha qabul qilish;
doktorant va mustaqil izlanuvchilarga ilmiy rahbarlik qilish tartibini tasdiqlash;
magistratura uchun sirtqi, masofaviy va kechki taʼlimni joriy etish;
akademik mobillikni amalga oshirish;
oʻz grifigi asosida darsliklar hamda boshqa oʻquv va ilmiy adabiyotlarni yaratish va nashr etish;
taʼlim sifatini ichki nazorat qilish.

Tashkiliy-boshqaruvdagi mustaqillik sohasida:
tijorat va notijorat tashkilotlarni tashkil etish;
muassasa tuzilmasini tasdiqlash va shtatini belgilash;
yangi taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarni ochish, amaldagilarini tugatish;
ishga qabul qilish, ozod etish va rotatsiyasiga oid tartibni belgilash;
masofaviy taʼlimni ochish.

Qaror bilan Vazirlar Mahkamasi, vazirlik (idora)larning quyidagi vakolatlari taʼlim muassasalariga oʻtkaziladi:

chet el fuqarolari oʻqishini xorijdan davlat OTMlariga koʻchirish;
qabul komissiyalari tarkibi, imtihon fanlarini tasdiqlash;
amaliyot oʻtashni tasdiqlash;
kiyim-boshga doir talablarni belgilash.

2022-yil yakunigacha barcha davlat OTMlarning oʻquv adabiyotlari toʻliq elektronlashtiriladi va yagona “Elektron kutubxona” platformasi ishga tushiriladi.

OTMlarda hisobotlarni tayyorlashning qogʻoz shaklidan voz kechiladi va Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi:

1-bosqichda – 2022 yil 1 martgacha quyidagilar joriy qilinadi:

“Oʻquv jarayonini boshqarish” qismi (davomat, oʻzlashtirish qaydnomasi va reyting daftarchasi, guruh jurnali, dars va imtihon jadvallari raqamlashtiriladi);
“Ilmiy jarayonni boshqarish” qismi;
“Maʼmuriy jarayonni boshqarish” qismi;
“Moliya-xoʻjalik faoliyatini boshqarish” qismi;

2-bosqichda – 2022 yil 1 maygacha:
“Taʼlim sifatini nazorat qilish” qismi joriy qilinadi.

Oliygoh.uz telegram kanallari

O‘zbekcha | Русская | Grantlar
9.4K views09:01
Ochish/sharhlash
2022-01-06 11:24:23 RASMIY XABAR

Oliy ta'lim muassasalari talabalari, akademik litsey va kasb hunar maktablari o‘quvchilari uchun qishki ta'til muddati 24-yanvargacha uzaytirildi.

Oldinroq olingan chiptalar muammosiz almashtirib beriladi. 50% chegirma berish muddati ham 24-yanvargacha uzaytirildi.
11.9K viewsedited  08:24
Ochish/sharhlash