Get Mystery Box with random crypto!

Oliygoh.uz | rasmiy

Telegram kanalining logotibi oliygoh_grantlar — Oliygoh.uz | rasmiy O
Telegram kanalining logotibi oliygoh_grantlar — Oliygoh.uz | rasmiy
Kanal manzili: @oliygoh_grantlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 128.99K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Oliygoh.uz platformasi rasmiy telegram kanali
- Biz orqali eng muhim yangiliklarni kuzatib boring!
• Aloqa: @oliygoh_edubot
• Reklama: @oliygoh_admin
Hamkorlik: @talim_reklamalari

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 217

2021-10-04 08:16:12
Magistraturaga balli yetmaganlarning qo‘shimcha qabuli qanday bo‘ladi?

Yetarli ball to‘play olmaganlarni OTMga qo‘shimcha qabul qilishni OTMning o‘zi hal qiladi. Ular to‘lov-shartnoma asosida, 1 magistrning yillik o‘qish xarajatlari hisoblangan holda qabul qilinadi. Bu – bazaviy kontraktdan yuqori bo‘lishi mumkin, deb ma’lum qildi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov xalqaro press klub sessiyasida.

Qo‘shimcha qabulga oid qaror yaqin 1 hafta ichida chiqishi kutilyapti.

Oliygoh.uz telegram kanallari

O‘zbekcha | Русская | Grantlar
12.5K views05:16
Ochish/sharhlash
2021-09-30 16:03:15
Uy egasi va talaba o‘rtasida ijara shartnomasi qanday tuziladi?

Ijara to'lovining 50 foizi to'lab berilishini so‘ragan talaba o'zi o‘qiyotgan OTMga ijara shartnomasi va shartnoma soliq organida hisobga qo‘yilgani haqida bildirishnomani olib borishi kerak.

Oliygoh.uz telegram kanallari

O‘zbekcha | Русская | Grantlar
27.6K views13:03
Ochish/sharhlash
2021-09-30 15:15:25
Haftada 7 kunlik 2 soat darslar qulay narxlarda (0 darajadan boshlovchilar uchun)

Talaba bo‘lish orzusidamisiz? Eng sifatli va kafolatli bilim beruvchi o‘quv markaz izlayapsizmi? «Intellekt Salohiyat» Siz izlagan o‘quv markaz.

Intellekt Salohiyat o‘quv markazida tajribali o'qituvchilar tomonidan quyidagi fanlardan darslar olib boriladi:

Matematika (o'zbek va rus tillarida)
Fizika (o'zbek va rus tillarida)
Ona tili va adabiyot
Tarix
Rus tili (grammatika va so'zlashuv)

Biz sizga maqsadlaringizga yetishishingizda yaqindan yordam beramiz.

Yuqori sifatli va zamonaviy ta'lim bilan yuksak marralarni zabt eting.

Hoziroq o'z o'rningizni band qiling va tajribali o'qituvchilardan ta'lim oling.

Manzilimiz:

Chilonzor metro bekati, "Integro" savdo majmuasi, A blok, 3-qavat, 304-xona

Batafsil ma'lumot olish uchun

Telefon raqamlarimiz:
+998977086096 - @Mirzaqulovich_Matematik
+998977079613 - @ShoxruxToshxujayev
+998974417975 - @odilov_fizik
20.2K views12:15
Ochish/sharhlash
2021-09-30 14:36:00
Andijon davlat chet tillari instituti qayta tashkil etiladi — Shavkat Mirziyoyev

O‘zLiDeP nomzodi andijonlik saylovchilar bilan uchrashuvda viloyatda yana 4ta xususiy OTM ochilishini ma’lum qildi.

Andijonda tibbiyotni rivojlantirishga keyingi 5 yilda davlat tomonidan 1,5 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.

Oliygoh.uz telegram kanallari

O‘zbekcha | Русская | Grantlar
15.5K views11:36
Ochish/sharhlash
2021-09-30 13:30:05
Ikkinchi va undan keyingi ta'limni olishning yangi tartibi tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan oliy ta'lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi ta'limni olish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

BATAFSIL: https://oliygoh.uz/post/ikkinchi-mutaxasislik

Oliygoh.uz telegram kanallari

O‘zbekcha | Русская | Grantlar
15.6K viewsedited  10:30
Ochish/sharhlash
2021-09-30 11:45:04 “Super kontrakt”ning minimal miqdorlari belgilandi

2021/2022-oʻquv yili qabulida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish imtihonlari natijalariga koʻra toʻplagan ballari tasdiqlangan toʻlov-kontrakt doirasidagi qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam boʻlmagan holda, qoʻshimcha ravishda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlarning birinchi oʻquv yili uchun amalda belgilangan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdorlari tasdiqlandi.

Tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdorlarini hisoblashda:

2021/2022 oʻquv yili uchun amalda belgilangan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha bitta talabani toʻlov-kontrakt shaklida stipendiyasiz bazaviy toʻlov-kontrakt boʻyicha oʻqitish qiymati qoʻllaniladi;

koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) abituriyentlarga belgilangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdoriga 10 foizli chegirma beriladi.

Shunga koʻra, OTM bakalavriatining sirtqi yoki kechki taʼlim shakli boʻyicha bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan va tahsil olayotgan hamda 2021-yil 1-noyabrgacha koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan talabalarga 2021/2022 oʻquv yili uchun belgilangan stipendiyasiz bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlariga bir martalik 10 foiz chegirma (bonus) berilishi belgilandi.

Oliygoh.uz telegram kanallari

O‘zbekcha | Русская | Grantlar
17.5K views08:45
Ochish/sharhlash
2021-09-29 11:21:35
Sirtqi va kechki ta’limda o‘qiyotgan talabalarga ham koronavirusga qarshi emlansa, kontraktdan 10 foizlik chegirma beriladigan bo‘ldi

Hozirgacha bu chegirma faqat bakalavrlar uchun edi. Emlanishning oxirgi muddati – 1-noyabr.

Eslatib o'tamiz, bu yil bakalavriatning sirtqi shakliga 37,6 ming nafar, kechki shakliga 6,5 ming nafar, kunduzgi shaklga esa kamida 113,5 ming nafar talaba qabul qilindi.

Oliygoh.uz telegram kanallari

O‘zbekcha | Русская | Grantlar
24.8K viewsedited  08:21
Ochish/sharhlash
2021-09-28 12:03:22
“Farg‘onada yetakchi xorijiy universitetlar bilan birga 4 ta yangi oliygoh tashkil etiladi."

Talabalarni uchun qo‘shimcha 10 ming o‘rinli yangi yotoqxonalar
qurib bitkaziladi.

Kelgusi yildan So‘xdagi yoshlar uchun oliygohlarga kirishda berilgan imtiyoz Rishtonning Cho‘ng‘ara, Farg‘ona tumanining Shohimardon, Yordon va Hosilot mahallalari yoshlari uchun ham tatbiq etiladi.

Oltiariq tumanining uzumchilik, bog‘dorchilik va meva-sabzavotchilikdagi tajribasini inobatga olib, Agrar universitetning “Bog‘dorchilik va uzumchilik” fakulteti tashkil etiladi” — Shavkat Mirziyoyev.

Oliygoh.uz telegram kanallari

O‘zbekcha | Русская | Grantlar
23.0K views09:03
Ochish/sharhlash
2021-09-28 10:17:01 ​​​​ Oktabr oyi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

Oktabr oyida bo‘lib o‘tadigan chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlari uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi.

Talabgorlarni ro‘yxatga olish my.dtm.uz sayti orqali 27-sentabrdan 7-oktabrga qadar amalga oshiriladi.

Ro‘yxatdan o‘tish vaqtida talabgorlar imtihon topshirish hududi sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan birini tanlab, o‘zlari tanlagan hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

Test sinovlari 26-oktabr kunidan boshlab, ingliz, nemis, fransuz, ispan, italyan, koreys, xitoy, yapon, turk, arab, fors, pushtu va hindiy tillaridan B1, B2 va C1 tilni bilish darajalari bo‘yicha o‘tkaziladi.

Test sinovlari yakunlari bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslar 2 yil muddatga amal qiluvchi sertifikatga ega bo‘ladi.

Tilni bilish darajasi B2 yoki undan yuqori bo‘lgan sertifikatga ega abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalariga kirishda chet tili fanidan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi.

Eslatma: ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar 4-oktabrdan 8-oktabrga qadar o‘zlari tanlagan test topshirish hududidagi Davlat test markazining hududiy bo‘limiga shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan borgan holda barmoq izi topshirishi lozim!

Oliygoh.uz telegram kanallari

O‘zbekcha | Русская | Grantlar
20.9K views07:17
Ochish/sharhlash
2021-09-27 18:01:08
2-bosqich boshlandi!

"Registon ta’lim granti" tanlovining 2-bosqichi boshlandi.

2-BOSQICH BO'LIB O'TADIGAN MANZIL

Tanlovning 2-bosqichi bugun soat 20:00 da boshlanadi va 22:00 da hamma ishtirokchilar uchun yopiladi. Barcha 2-bosqich ishtirokchilari shu vaqt oralig'ida test topshirishlari mumkin.

Barcha 2-bosqich ishtirokchilariga omad tilaymiz!

2-bosqichda ishtirok etish
2-bosqichda ishtirok etish

Tanlov jarayonlarini @Registan_LC kanalida kuzatib boring
14.1K views15:01
Ochish/sharhlash