Get Mystery Box with random crypto!

Oliygoh.uz | rasmiy

Telegram kanalining logotibi oliygoh_grantlar — Oliygoh.uz | rasmiy O
Telegram kanalining logotibi oliygoh_grantlar — Oliygoh.uz | rasmiy
Kanal manzili: @oliygoh_grantlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 128.99K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Oliygoh.uz platformasi rasmiy telegram kanali
- Biz orqali eng muhim yangiliklarni kuzatib boring!
• Aloqa: @oliygoh_edubot
• Reklama: @oliygoh_admin
Hamkorlik: @talim_reklamalari

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 218

2021-09-27 16:29:47 Ikkinchi va undan keyingi taʼlimni olish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (606-son, 24.09.2021 y.) bilan Oliy taʼlim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi taʼlimni olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga koʻra, oliy maʼlumotga ega boʻlgan bakalavr (diplomli mutaxassis) darajasiga ega shaxslar bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimni olishlari mumkin.

Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim boʻyicha qabul parametrlari OTM kengashi tomonidan belgilanadi.

Oʻqishga kirish uchun abituriyentlar har yili 10-iyuldan 10-avgustgacha (shu kuni ham) Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan maxsus elektron tizim orqali roʻyxatdan oʻtadi.

Qabul tartibi (kirish imtihoni shakli, baholash mezonlari, imtihon oʻtkazish muddatlari) har yili 1-iyulgacha OTM rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

Qabul natijalari har yili 30-avgustgacha OTM tomonidan eʼlon qilinadi.

Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimda oʻqish 2-kursdan boshlanadi. Bunda oʻqish davomiyligi tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari uchun belgilangan muddatdan bir yilga kam etib belgilanadi.

Nizom oliy harbiy taʼlim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Mazkur tartib 2022-yil 1-maydan kuchga kiradi.

Oliygoh.uz telegram kanallari

O‘zbekcha | Русская | Grantlar
11.4K views13:29
Ochish/sharhlash
2021-09-27 11:00:57
Talabalarga ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish tartibi belgilandi

Hukumat qarori bilan tasdiqlangan tartibga ko‘ra, ijara puli ijara shartnomasi borlarga to‘lab beriladi.

Ijara puli faqat kunduzgi ta’limda o‘qiyotganlarga to‘lanadi. Arizalarni har oyning 7-sanasigacha berish mumkin, ular berilgandan so‘ng 1 haftada o‘rganiladi va ariza qanoatlantirilsa, pul to‘lanishi boshlanadi.

Oliygoh.uz telegram kanallari

O‘zbekcha | Русская | Grantlar
14.0K views08:00
Ochish/sharhlash
2021-09-27 10:30:07
Har bir mijozimizga 3.000.000 so'm beramiz.
Bu aslo yolg'on emas.


Bu hali hammasi emas

''Student Study Group'' qo'shni davlatlarda o'qish uchun grantlar e'lon qiladi

GRANT haqida batafsil

Biz siz uchun harakatdamiz, siz kelajagingiz uchun harakat qling.

Telegram kanalga obuna bo'ling barcha yangiliklar shu yerda: @student_studygroup

Online ariza qoldirish

Biz bilan boglaning
Toshkent
712000048

994091060 |Shahzoda
996051060 | Dilnavoz
997201060 | Maftuna
995151060 | Yulduz
998011060

Oqqo'rg'on
335241060 | Doston
Samarqand
903179190 | Sherzod
Ishtixon
931991060| Nilufar
Jizzax
997451060 | Rustam
990151060 | Jaxongir
Qo`qon
999931060 | Jamshidxon
Namangan
932649099 | Nodir
Surxondaryo
995961060| Azimjon
Sirdaryo
995241060 | Azizbek
995451060
Xorazm
995231060 | Farrux
908696957
Navoiy
712000049 | Erkin
994520006
Qarshi
995271060 | Dilorom

Manzil: Yunusobod 14-mavze
SAMARA to'yxonasi

Instagram Facebook
13.1K viewsedited  07:30
Ochish/sharhlash
2021-09-27 10:01:38
STARS INTERNATIONAL UNIVERSITY butun O‘zbekiston uchun EKSKLYUZIV bo'lgan imkoniyat - davlat OTMning BIRINCHI kursini tamomlagach xalqaro universitetning IKKINCHI kursiga o‘tish imkoniyatini taklif qiladi.

Yurtimizda bu kabi imkoniyat yo‘q. Bunaqasi faqat bizda!

O‘qish oxirida siz ikkita diplomga ega bo‘lasiz, xususan:

1. STARS xalqaro universitetining amaliy buxgalteriya hisobi bo‘yicha bakalavr diplomi.

2. Butun dunyo bo‘ylab Sertifikatlangan Buxgalterlar Hay’ati Assotsiatsiyasi - ACCA tomonidan Buxgalteriya va Biznes diplomi.

Ta’lim O‘ZBEK va INGLIZ tillarida olib boriladi.

5230900 - Buxgalteriya hisobi va Audit yo‘nalishi uchun.

Bu yerda arizangizni qoldirishingiz mumkin

+998903383380
+998950130999
12.6K views07:01
Ochish/sharhlash
2021-09-27 06:41:50
Bugun "Registon ta’lim granti" tanlovining 2-bosqichi bo'lib o'tadi

Xabaringiz bor, “REGISTON” o‘quv markazi iqtidorli yoshlarni qo‘llab quvvatlash maqsadida OLIYGOH.UZ jamoasi bilan hamkorlikda Respublika miqyosida umumiy sovrin jamg‘armasi 100 million so‘mga teng bo‘lgan Grant tanlovini e’lon qilgan edi.

Bugun ushbu tanlovning 2-bosqichi bo'lib o'tadi:

2-BOSQICH BO'LIB O'TADIGAN MANZIL

2-bosqichda kimlar ishtirok etishi mumkin?
Tanlovning 1-bosqichida eng yaxshi natija ko‘rsatgan 5000 nafar nomzod

Qachon bo'lib o'tadi?
- 27-sentabr kuni

Tanlovning 2-bosqichida kimlar ishtirok etadi? 2-bosqich shartlari qanday?
2-BOSQICH BATAFSIL MA'LUMOT

Ishtirok etish uchun nima qilish kerak?
BATAFSIL JAVOB

2-bosqichga qancha vaqt ajratiladi?
BATAFSIL JAVOB

Bu bosqichning imtihon shakli qanday?
BATAFSIL JAVOB

Final bosqichiga kimlar chiqadi?
BATAFSIL JAVOB

Tanlov jarayonlarini @Registan_LC kanalida kuzatib boring
20.0K viewsedited  03:41
Ochish/sharhlash
2021-09-26 05:09:54 SUPER-KONTRAKT ASOSIDA O'QISHINI KO'CHIRMOQCHI BO'LGAN TALABALAR DIQQATIGA

Bugundan boshlab o'qishni ko'chirish imtihonlarida yetarli ball to'play olmay oshirilgan kontrakt asosida o'qish istagini bildirgan talabalar http://t-kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn ariza qoldirishlari mumkin.

Shartnoma esa ushbu saytda super-kontrakt narxlari tasdiqlanganidan so'ng tasdiqlanadi va yuklab olishingiz mumkin bo'ladi, oliygohga borishingiz shart emas. Biroz kutasiz.

Aloqa xatlari esa oliygoh tomonidan keyinroq berilishi mumkin. Sababi sizga hozir aloqa xati berilsa va siz u xat orqali o'qish joyingizga borganingizda talabalar safidan chetlashtirilib hujjatlaringizni qaytib olasiz. Keyin super-kontrakt narxi siz kutgan summadan kattaroq bo'lib chiqsa va sharoitingiz ko'tarmasa ikkala o'qishdan ham quruq qolasiz. Shu sababli oliygohlar super-kontrakt narxlari tasdiqlanganidan so'nggina aloqa xatlari berishi mumkin.

Oliygoh.uz
telegram kanallari

O‘zbekcha | Русская | Grantlar
20.4K views02:09
Ochish/sharhlash
2021-09-25 15:27:30 2022-yil uchun oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlariga qabul kvotalari oshirildi

2022-yil uchun oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlariga qabul kvotalari 2 baravarga oshirilib (2021-yilda 1800 ta boʻlgan), 3600 taga etkazildi.

Sunʼiy intellekt sohasida tayanch doktorantura va stajyor-tadqiqotchilikka jami 28 ta (14 ta tayanch doktoranturaga va 14 ta stajyor-tadqiqotchilikka) maqsadli kvotalar ajratildi.

Surxondaryo viloyatida joylashgan oliy taʼlim muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirish uchun respublikaning yetakchi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot institutlarida 2022-yilda maqsadli doktoranturaga jami 67 ta qabul kvota ajratildi.

Oliygoh.uz telegram kanallari

O‘zbekcha | Русская | Grantlar
21.2K viewsedited  12:27
Ochish/sharhlash
2021-09-25 10:06:49 ​​ Super-kontrakt masalasida ayrim savollarga javoblar!

«Super kontrakt» narxi qancha va kimlar uchun?

Mandat chiqqandan so'ng ko'pchilikda super-kontrakt narxlariga qiziqish boshlanadi. Hozir super-kontraktni kimlar va qanday to'lashi haqida tushuntirib o'tamiz.

Qo‘shimcha kontrakda o‘qish uchun necha ball olish kerak?

Farqi yo‘q. Testga kirgan bo‘lsa, kifoya. 1 ball olgan bo‘lsa ham, qo‘shimcha kontraktda o‘qishi mumkin. Faqat narxi baliga qarab farq qiladi.

Qo‘shimcha kontrakda o‘qishni xohlaganlar qachon ariza berish kerak?

O‘qishga kira olmagan abituriyentlar qo‘shimcha kontraktda o‘qish uchun test natijalari e’lon qilingandan boshlab 1 oy ichida ariza berishi kerak.

Ariza qayerga beriladi?

Qo‘shimcha kontraktda o‘qish istagida bo‘lganlar OTMni Marketing bo‘limiga borib rektori nomiga ariza yozib keladi.

Beshta yo‘nalishdan qaysi birida o‘qish mumkin?

O‘tgan yili istalgan 3 ta yo‘nalishdan birida super-kontraktda o‘qishga ruxsat berilgandi. Joriy yilda ham istalgan beshta yo‘nalishdan birida super kontrakt to‘lab o‘qishga ruxsat berilsa kerak.

Qo‘shimcha kontraktning narxi qancha?

Qo‘shimcha to‘lov-kontrakt miqdori amalda o‘rnatilgan to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

1-toifa
Kirish chizig‘iga 4 ball yetmaganlar nisbatan ancha arzon kontrakt to‘laydi. Jumladan:

1 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun - 1,5 barobar;

1.1 balldan 2 ballgacha yetmaganlar uchun - 2,0 barobar;

2.1 balldan 3 ballgacha yetmaganlar uchun - 2,5 barobar;

3.1 balldan 4 ballgacha yetmaganlar uchun - 3,0 barobar.

Masalan, kirish bali 130 bo‘lgan deylik. 129 ball to‘plagan abituriyent kontraktning 1,5 barobarini to‘laydi. Masalan, asli 8 mln so‘m kontrakt bo‘lsa, 12 mln so‘m to‘lasa kifoya.

128,9 ball olgan abituriyent esa 2 barobarini to‘laydi, ya’ni 16 mln so‘m. Va h.k.

2-toifa

56,7 balldan
ko‘p to‘plagan, lekin kirish chizig‘iga 4 balldan ko‘proq yetmay qolgan abituriyentlar kontrakt summasining 8 yo 10 baravaridan oshiq miqdorda to‘laydi.

Masalan, yana o‘sha kirish 130 ball bo‘lgan yo‘nalishni misol qilib olsak, 125,9 balldan kam 56,7 balldan ko‘p to‘plaganlar 2-toifaga tushadi.

Joriy yilda 2-toifa uchun narxlar hali tasdiqlanmadi. Shuningdek, joriy yildan super-kontrakt narxlarini OTMlar o‘zlari mustaqil belgilashadi.

3-toifa

56,7 balldan kam to‘plaganlar
(masalan, 1 ball bo‘lsa ham) 2-toifadagi super-kontrakt miqdorining 2 barobarini to‘lab o‘qishlari mumkin. Masalan, oddiy super-kontrakt 10 barobar bo‘lsa, 56,7 balldan kam to‘plaganlar 20 barobar to‘lab, super-muper kontraktda o‘qishi mumkin.

Qo‘shimcha kontrakt har yili to‘lanadimi yoki bir marta?

Bir marta to‘lanadi. 1-o‘quv yilini tugatgandan so‘ng keyingi yillarda el qatori oddiy kontraktni to‘lab o‘qishadi.

Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lasa bo‘ladimi?

O‘tgan yili super-kontraktni yil davomida ikkiga bo‘lib yoki hattoki oylarga bo‘lib to‘lash imkoniyati ham berilgan edi. Joriy yilda ham berilsa kerak.

Super-kontrakt uchun ta’lim krediti olsa bo‘ladimi?

Yo‘q, super-kontrakt uchun ta’lim krediti berish amaldagi qonunchilikda belgilanmagan. Lekin banklar bozor narxlarida o‘z kreditlarini taklif etishi mumkin.

ESLATMA: 10 yoki 20 barobar degani bu eng kam oylik ish haqiga nisbatan emas, o‘sha yo‘nalishdagi stipendiyasiz kontrakt narxiga nisbatan. Ya’ni stipendiyasiz kontrakt 8 mln so‘m bo‘lsa, 10 barobar bo‘lganda qo‘shimcha kontrakt uchun 70 mln so‘m to‘lanadi.

Oliygoh.uz telegram kanallari

O‘zbekcha | Русская | Grantlar
21.0K views07:06
Ochish/sharhlash
2021-09-25 09:30:15 ​​​​ Tibbiyot instituti talabalari yuqori kursga oʻtganda, diplom olishidan avval 1 yil qishloq vrachlik punktlariga borib, ishlaydi — Shavkat Mirziyoyev

Xorazmlik saylovchilar bilan uchrashuvda Shavkat Mirziyoev tibbiy taʼlim sifatidan mutlaqo norozi ekanligini aytdi.

“Afsuski tibbiyot oliygohlaridagi ahvol qoniqarli emas. Faqat diplom uchun oʻqishadi, 6-7 yil oʻqib chiqsa ham, yetarli tajriba va bilimga ega boʻlmaydi. Hatto oddiy ukol qilishni bilmaydi ayrimlari.

Endi unaqa boʻlmaydi. Talabalar yuqori kursga oʻtganda, diplom olishidan avval 1 yil qishloq vrachlik punktlariga borib, ishlaydi. Ish oʻrganadi. Xalqqa xizmat qiladi.

Oʻqishni ham qiyin qilamiz, faqat diplom uchun oʻqitadigan davrlar oʻtdi endi. Oʻzingiz oʻylang, yomon oʻqigan injener traktorni buzadi, yomon oʻqigan shifokor esa odamni oʻldiradi.

Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali mustaqil oliygohga aylantiriladi”, - dedi Shavkat Mirziyoev.

Oliygoh.uz telegram kanallari

O‘zbekcha | Русская | Grantlar
18.1K viewsedited  06:30
Ochish/sharhlash
2021-09-25 09:01:59
OLDIN TALABA BÕLING KEYIN PULINI TÕLANG!

24 soat ichida *PRIKAZ* oling
1YIL ONLAYN õqib õqishni kõchirish

Shimkent Universiteti
Taraz-innovatsion gumanitar universiteti
Zamonaviy Xalqaro Universiteti
Qirg'iziston Xalqaro Universiteti
Batken davlat universiteti
Xo'jand Davlat Universiteti

Panjikent Universiteti
Moskva Tadbirkorlik instituti

Kontarakt: 150$ Simestriga
(Bo‘lib to‘lash imkoniyati)

Shoshiling joylar soni cheklangan!!!


Meridian Foundation admini

Murojaat uchun:
+998912396067 | Odilbek
+998908171006 | Sadoqat
+998917961004 | Shoxsanam

Surxondaryo
+998942000604 | Alisher

Batafsil: MERIDIAN_FOUNDATION

Manzil: Toshkent shahar,Chilonzor-3, 1/37.
Mo'ljal: Toshkent Shahar Prokraturasi.
17.5K views06:01
Ochish/sharhlash