Get Mystery Box with random crypto!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

Telegram kanalining logotibi nodavlattalim — Nodavlat oliy ta'lim muassasalari N
Telegram kanalining logotibi nodavlattalim — Nodavlat oliy ta'lim muassasalari
Kanal manzili: @nodavlattalim
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 52.19K
Kanalning ta’rifi

— Respublikadagi nodavlat (xususiy) oliy ta'lim muassasalari va davlat oliy ta'lim muassasalari bo'yicha tezkor xabarlar, foydali ma'lumotlar, huquqiy sharhlar sodda tilda.
Murojaat: @nodavlatbot
Hamkorlik uchun: @nodavlattalimbot
03.09.2022

Ratings & Reviews

5.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 12

2024-03-06 10:11:20 Agar sizga kimdir bu xususiy, buning diplomi o‘tmaydi, menga davlat oliygohi diplomi kerak desa, mana bunday yo‘l tuting:

1. O‘sha rahbar yoki mansabdor shaxsdan asos so‘rang, qonuniy asosi bormi, qaysi qaror, qaysi qonun yoki qonunosti hujjati asosida bu gapni gapirmoqda.

2. Tabiiyki, birinchi savolga javob yo‘q, shunda siz o‘sha mansabdor shaxsga yozma murojaat qiling, qonun bo‘yicha u sizning murojaatingizga 15 kun ichida javob qaytarishi kerak.

3. Bu savolga odatda javob berilmaydi, berilgan taqdirda ham qonuniy asos yo‘q bo‘lsa, nima deb javob beradi?

4. O‘zingiz tahsil olayotgan xususiy oliygohdan o‘sha mansabdorga rasmiy xat qilishlarini so‘rang, bu ikki tomonlama ish bo‘ladi.

5. Hech qanday javob berishmasa, sudga murojaat qilib rahbarni javobgarlikka torting, chunki u o‘z vazifasini suiiste’mol qilmoqda.

P.S. O‘z huquqlaringizni talab qilishni o‘rganing, ho‘kiz tug‘ibdi desa, ishonib ketavermang. Haqqingizni talab qilishni o'rganing.

— Ma'lumot uchun: Ushbu tavsiya O'zbekistonda ro'yxatdan o'tgan litsenziyaga ega nodavlat oliygoh talabalariga tegishli.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
21.0K views07:11
Ochish/sharhlash
2024-03-05 19:29:09 Ovozli chatda ishtirok etgan barchaga tashakkur!

Navbatdagi ovozli chat ta'lim krediti mavzusida bir necha kundan so'ng bo'lib o'tadi, batafsil ma'lumotlar kanalda berib boriladi.

Savollaringizga huquqiy asosda javob bergan mutaxassisning foydali loyihasiga @Talimgaoid_perevod obuna bo'lishingiz mumkin.

«Nodavlat oliy ta’lim muassasalari»
18.4K viewsedited  16:29
Ochish/sharhlash
2024-03-05 18:33:44 Ovozli chat boshlandi...

Havola: https://t.me/nodavlattalim?livestream

Savollaringizni izohda qoldiring!
13.1K views15:33
Ochish/sharhlash
2024-03-05 14:25:56
#Ovozli_chat

O'qishni ko'chirish mavzusida ovozli chat

2024-yil 5-mart bugun 20:30 da «Nodavlat oliy ta’lim muassasalari» sahifasida ovozli chat o‘tkaziladi.

Unda Ta'limga oid (Perevod) ijtimoiy loyiha muallifi ishtirok etadi hamda talabgorlarning savollariga batafsil javob beradi. Jumladan;

xususiy OTMdan davlat OTMlariga;
xususiy OTMdan xususiy OTMga;
xorijiy OTMdan xususiy OTMga;
davlat OTMlaridan xususiy OTMga ko'chirish va boshqa masalalar yuzasidan suhbat bo'lib o'tadi.

Ovozli chatda qatnashish uchun havola: https://t.me/nodavlattalim?livestream

Mavzu yuzasidan savollaringizni murojaatlar boti (@nodavlatbot) yoki izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
20.1K viewsedited  11:25
Ochish/sharhlash
2024-03-01 12:32:05 ​​​​ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha baholash mezonlari bu yil qanday bo'ladi?

O‘zbekistondagi xorijiy OTM filiallari va nodavlat (xususiy) oliygohlardan davlat oliygohlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 15-20-avgust oralig'ida bo‘lib o‘tadi.

2023-yilda baholash mezoni quydagicha bo'ladi:

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:

Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

Matematika - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

O‘zbekiston tarixi - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta mutaxassislik fan bo‘yicha:

1-fan - 30 ta savol.
Har biri uchun 3,1 balldan.
Maksimal ball – 93 ball.

2-fan - 30 ta savol.
Har biri uchun 2,1 balldan.
Maksimal ball – 63 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 156 ball.

Umumiy holda, 2023/2024 oʻquv yilida o'qishni ko'chirish talabida bo'lganlar uchun 5 ta fan boʻyicha jami 90 ta test topshirigʻi beriladi. Bunda toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

— Nodavlat (xususiy) oliygohlardan davlat oliygohlariga o'qishni ko'chirish tartibi.
Batafsil ma'lumot

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
15.3K viewsedited  09:32
Ochish/sharhlash
2024-03-01 12:01:45
Farg’onada shahridagi tibbiyot texnikumiga qo’shimcha qabul boshlandi!

Tibbiyot oliygohlariga
2-kursdan o’qish imkoniyati;
Germaniyada ishlash imkoniyati;
Britaniyada ishlash imkoniyati;
2-kurs yakunida haydovchilik guvohnomasi;
Styuardessa bo’lib ishlash imkoniyati;
Kosmetolog bo’lish imkoniyati.

Hoziroq o’qishni boshlang, 2024-2025-o’quv yilida 2-kursdan davom ettirasiz

Litsenziya №217206

Murojaat uchun:
+99873-200-00-88
@stt_admin

Manzil: Fargʻona shahar, Sohibqiron Temur koʻchasi 245-uy.
Moʻljal: monomarkaz binosi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
13.9K views09:01
Ochish/sharhlash
2024-02-29 09:14:18Nodavlat (xususiy) oliygohlardan davlat oliygohlariga o'qishni ko'chirish tartibi

Har yili 15-iyuldan o'qishni ko'chirish uchun qabul jarayonlari boshlanadi. Nodavlat oliygohda tahsil olayotgan talabalar davlat oliygohiga o'qishni ko'chirish uchun uzbmb.uz sayti orqali ro'yxatdan o'tadilar.

Talabalar uzbmb.uz sayti orqali arizani onlayn ravishda to'ldirishadi hamda transkript (yoki zachotka) yuklashadi. (Pdf yoki jpg varianti)

Qabul jarayonlari 5-avgust sanasida yakunlanadi hamda 15-20-avgust oralig'ida o'qishni ko'chirish uchun imtihon jarayonlari bo‘lib o‘tadi.

Nodavlat OTM talabasi davlat oliygohiga 2 xil usul bilan "perevod" qilishi mumkin:

Mos va turdosh yo'nalishlarga – imtihon asosida.
Noturdosh yo'nalishlarga – imtihonsiz, shunchaki super kontrakt to'lasa kifoya.

Mavzu yuzasidan mutaxassislar ishtirokida ovozli chat o'tkazishimiz uchun yuqoridagi so'rovnomada ishtirok eting.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida sodda tilda yozuvchi kanal!
19.8K viewsedited  06:14
Ochish/sharhlash
2024-02-28 19:42:40 Ovozli chatda ishtirok etgan barchaga tashakkur!

Endilikda, tez-tez mana shunday suhbatlar sohaning mutaxassislari ishtirokida o'tkazib turishga harakat qilamiz.

Savollaringizga huquqiy asosda javob bergan Axtam aka Yakubovni sahifalariga obuna bo'lishingiz mumkin: @akhtamyakubov

«Nodavlat oliy ta’lim muassasalari»
17.5K viewsedited  16:42
Ochish/sharhlash
2024-02-28 18:33:46 Ovozli chat boshlandi...

Havola: https://t.me/nodavlattalim?livestream

Savollarni izohlarda yozing!
17.9K viewsedited  15:33
Ochish/sharhlash
2024-02-27 13:55:14 ​​ Nodavlat (xususiy) OTMlardan davlat OTMlariga o'qishni ko'chirishda o'tish ballari qachon e‘lon qilinadi?

Prezident qaroriga ko‘ra, (22.06.2021.PQ-5157) o‘qishni ko‘chirish bo'yicha o'tish ballari har yili 15-iyulga qadar Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda tizimida OTMlar bo'lgan vazirlik, idoralar tomonidan belgilanadi va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi;

Qarorda o‘tish ballarini belgilash va e‘lon qilish uchun oxirgi muddat sifatida 15-iyul ko'rsatilgan.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
18.2K viewsedited  10:55
Ochish/sharhlash