Get Mystery Box with random crypto!

Nimaga roʻzaning soʻngi 10 kunligi roʻzadorlarning doʻzaxdan o | NIMAGA?

Nimaga roʻzaning soʻngi 10 kunligi roʻzadorlarning doʻzaxdan ozod qilinadigan kunlar deb ataladi?

Ramazonning oxirgi o‘n kunining bir nechta fazilatlari bor bo‘lib, ulardan biri quyidagichadir: Bu kunlarning fazilati sababli Alloh taolo bandalarini do‘zaxga kirishdan ozod qiladi.

Bu haqida Salmon al-Forisiy roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “...U (Ramazon) uning avvali rahmat, o‘rtasi mag‘firat, oxiri do‘zaxdan ozod qilish bo‘lgan oydir....”, deganlar. Bayhaqiy rivoyat qilgan.

Ro‘zadorlar birinchi o‘n kunlikda Allohning rahmatiga sazovor bo‘lib, ikkinchi o‘n kunlikda gunohlari mag‘firat qilinib, uchinchi o‘n kunlikda esa, do‘zaxdan ozod qilinadi. Shuning uchun, har kim bu ulug‘ kunlarni g‘animat bilib, foydalanib qolish lozim.

Madaminov Shokirjon (“Ko‘kaldosh” Toshkent o‘rta maxsus islom bilim yurti mudarrisi)

P.S. Yaqinlaringizga ushbu postni ulashing, eslating va savob oling!

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!