Get Mystery Box with random crypto!

Qoraqalpoq masalasida havotir olmasangiz bo'ladi. Yahudiy doni | NeoJadid

Qoraqalpoq masalasida havotir olmasangiz bo'ladi. Yahudiy donishmandlari aytganidek, agarda muammoni pul bilan hal qilish mumkin bo'lsa, demak u muammo emas, harajatdir.

O'sha noo'rin konstitutsiyon o'zgartirishlar bekor qilinadi, byudjetdan odatdagidan ko'proq pul ajratiladi, masala shu bilan vaqtincha yopiladi.

Ajralib chiqib, mustaqil yashash harakati uchun qoraqalpoqlarda na mafkuraviy (intellektual), na yetarli insoniy yoki moddiy resursi bor. Geografiyasi ham bunga yo'l qo'ymaydi, demografiyasi ham. Qo'shni davlatlarga, hususan Qozog'iston va Rossiyaga ham qoraqalpoq deb O'zbekiston bilan janjallashish hech kerak emas.

Qoraqalpoq noroziligi muammoligicha qolaveradi: qoroqolpoqlar aslida mustaqilligi uchun emas, qadriga yig'laydi.

Bu muammo kengroq o'zbek noroziligi qanday hal qilinsa, shunday hal qilinishi lozim: faqat neo-feodallar uchun emas, barcha uchun durust turmush, durust munosabat, durust imkoniyatlarni yaratish orqali.