Get Mystery Box with random crypto!

Narpay.uz | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi narpay_tuman_hokimligi — Narpay.uz | Rasmiy kanal N
Telegram kanalining logotibi narpay_tuman_hokimligi — Narpay.uz | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @narpay_tuman_hokimligi
Toifalar: Siyosat , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12.34K
Kanalning ta’rifi

Veb-sayt: www.Narpay.uz
https://www.facebook.com/Narpay-tumani-hokimligi-axborot-xizmati-133593578377621/
instagram.com/narpay_tuman_hokimligi
https://www.youtube.com/channel/UCuTB6A7LY_mfX84B-CQAIaw
Murojaat uchun: @islambek_norbekov

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 7

2023-04-26 18:21:46
BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING

Olim Pyer Buast fikricha, insonlar hayotining dastlabki qismini o‘liklar bilan, ikkinchi qismini tiriklar bilan suhbatlashib o‘tkazishi, oxirgi qismini esa o‘zi bilan gaplashib o‘tkazishi kerak. Diqqat savol, o‘liklar bilan suhbat degandi nima nazarda tutilgan?

Javob: Kitob o‘qish.
_____

БИЛИМИНГИЗНИ СИНАБ КЎРИНГ

Олим Пьер Буаст фикрича, инсонлар ҳаётининг дастлабки қисмини ўликлар билан, иккинчи қисмини тириклар билан суҳбатлашиб ўтказиши, охирги қисмини эса ўзи билан гаплашиб ўтказиши керак. Диққат савол, ўликлар билан суҳбат деганди нима назарда тутилган?

Жавоб: Китоб ўқиш.
4.1K views15:21
Ochish/sharhlash
2023-04-26 17:20:47
RAQAMLAR SO‘ZLAGANDA

2022 yilning birinchi choragida 550 ta tadbirkorga 15,0 milliard so‘mlik imtiyozli kreditlar berilgan.

2023 yilning birinchi choragida esa 870 ta tadbirkorga 17,5 milliard so‘mlik imtiyozli kredit ajratildi.

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish surʼati 116 foizni tashkil etmoqda.
______

РАҚАМЛАР СЎЗЛАГАНДА

2022 йилнинг биринчи чорагида 550 та тадбиркорга 15,0 миллиард сўмлик имтиёзли кредитлар берилган.

2023 йилнинг биринчи чорагида эса 870 та тадбиркорга 17,5 миллиард сўмлик имтиёзли кредит ажратилди.

Ўтган йилнинг мос даврига нисбатан ўсиш суръати 116 фоизни ташкил этмоқда.
4.1K views14:20
Ochish/sharhlash
2023-04-26 16:19:46
#Infografika

Hududlarda savdo va yo‘l bo‘yi xizmatlarini rivojlantirish orqali zamonaviy bozorlar va savdo komplekslari, shuningdek, yo‘l bo‘yi infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha kichik xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish holati.
______

#Инфографика

Ҳудудларда савдо ва йўл бўйи хизматларини ривожлантириш орқали замонавий бозорлар ва савдо комплекслари, шунингдек, йўл бўйи инфратузилмасини ривожлантириш бўйича кичик хизмат кўрсатиш объектларини ташкил этиш ҳолати.
4.1K views13:19
Ochish/sharhlash
2023-04-26 14:17:46
OLAZOT MOLLAR “OLAZOT”DA

Zarafshon daryosi qirg‘og‘ida joylashgan “Olazot” fermer xo‘jaligida 254 bosh qoramol parvarishlanmoqda. Shundan 70 boshi sog‘in sigirlarni tashkil etadi. Bundan tashqari, 500 bosh qo‘y-qo‘zi, 10 bosh ot, shu kabi bir qancha tur parranda boqilyapti.

Quyonchilik, asalarichilikka ham qo‘l urgan fermer Islom Hojiyev 20 nafar fuqaroni doimiy ish o‘rni bilan band qildi.
_____

ОЛАЗОТ МОЛЛАР “ОЛАЗОТ”ДА

Зарафшон дарёси қирғоғида жойлашган “Олазот” фермер хўжалигида 254 бош қорамол парваришланмоқда. Шундан 70 боши соғин сигирларни ташкил этади. Бундан ташқари, 500 бош қўй-қўзи, 10 бош от, шу каби бир қанча тур парранда боқиляпти.

Қуёнчилик, асаларичиликка ҳам қўл урган фермер Ислом Ҳожиев 20 нафар фуқарони доимий иш ўрни билан банд қилди.
4.4K views11:17
Ochish/sharhlash
2023-04-26 13:16:46
#Narx_navo

"Mirbozor bozori" MCHJ (oziq-ovqat) bozoridagi narxlar

26 aprel holatiga

Mol go‘shti (1 kg) 60.000 – 70.000 so‘m

O‘simlik moyi (1 l ) 18.000

Guruch (Alanga 1 kg) 12.000 – 20.000 so‘m

Shakar (1 kg) 13.500 – 15.000 so‘m

Tuxum (1 dona) 900 – 1.200 so‘m

Pomidor (1 kg) 25.000 so‘m

Bodring (1 kg) 5.000 – 8.000 so‘m

Kartoshka (1 kg) 3.500 – 5.000 so‘m

Piyoz (1 kg) 2.500 – 4000 so‘m

Sabzi (1 kg) 2.000 — 3.000 so‘m
4.9K viewsedited  10:16
Ochish/sharhlash
2023-04-26 10:12:02
Siz uyda "Ishsizman" deb o'tiribsizmi? Xo'sh, uyda o'tirib ham ish stajiga ega bo'lishni istaysizmi?

Unda ushbu videorolikni ko'rishni tavsiya qilamiz!
5.1K views07:12
Ochish/sharhlash
2023-04-26 08:10:05
#TAʼZIYA

Narpay tumani hokimligi jamoasi Urgut tumani hokimi Botir Jabborovga akasi Izzatillo Jabborovning vafoti munosabati bilan chuqur taʼziya izhor etadi.

Marhumning oxirati obod bo‘lsin!

Janoza bugun soat 14-00 da. Manzil: Narpay tumani Mirbozor shaharchasi Salovat mahallasi.

__

#ТАЪЗИЯ

Нарпай тумани ҳокимлиги жамоаси Ургут тумани ҳокими Ботир Жабборовга акаси Иззатилло Жабборовнинг вафоти муносабати билан чуқур таъзия изҳор этади.

Марҳумнинг охирати обод бўлсин!

Жаноза бугун соат 14-00 да. Манзил: Нарпай тумани Мирбозор шаҳарчаси Саловат маҳалласи.
6.5K viewsedited  05:10
Ochish/sharhlash
2023-04-26 07:10:47
Bugun O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun.

Samimiy sheʼrlari ohangrabo qo‘shiqlarga aylanib, har bir o‘zbek xonadoniga kirib borgan lirik shoir Muhammad Yusuf 1954 yil 26 aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi Qovunchi qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. Shu yerda o‘rta maktabni tugatgach, respublika Rus tili va adabiyot institutida tahsil olgan.

Shoirning “Tanish teraklar”, “Bulbulga bir gapim bor”, “Uyqudagi qiz”, “Halima enam allalari”, “Ish kemasi”, “Ko‘nglimda bir yor”, “Bevafo ko‘p ekan”, “Yolg‘onchi yor”, “Erka kiyik”, “Osmonimga olib ketaman” kabi ko‘plab sheʼriy kitoblari bosilib chiqqan.

Bir qator tahririyat va nashriyotlarda faoliyat yuritgan shoir 1997 yildan umrining oxirigacha O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishladi.

Muhammad Yusuf 2001 yilning 31 iyulida yurak xurujidan vafot etdi.
5.3K views04:10
Ochish/sharhlash
2023-04-26 06:09:47
BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING

Olim Pyer Buast fikricha, insonlar hayotining dastlabki qismini o‘liklar bilan, ikkinchi qismini tiriklar bilan suhbatlashib o‘tkazishi, oxirgi qismini esa o‘zi bilan gaplashib o‘tkazishi kerak. Diqqat savol, o‘liklar bilan suhbat degandi nima nazarda tutilgan?
______

БИЛИМИНГИЗНИ СИНАБ КЎРИНГ

Олим Пьер Буаст фикрича, инсонлар ҳаётининг дастлабки қисмини ўликлар билан, иккинчи қисмини тириклар билан суҳбатлашиб ўтказиши, охирги қисмини эса ўзи билан гаплашиб ўтказиши керак. Диққат савол, ўликлар билан суҳбат деганди нима назарда тутилган?
4.6K views03:09
Ochish/sharhlash
2023-04-26 05:08:46
#Tong_nafasi.
__

#Тонг_нафаси.
4.7K views02:08
Ochish/sharhlash