Get Mystery Box with random crypto!

Narpay.uz | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi narpay_tuman_hokimligi — Narpay.uz | Rasmiy kanal N
Telegram kanalining logotibi narpay_tuman_hokimligi — Narpay.uz | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @narpay_tuman_hokimligi
Toifalar: Siyosat , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12.34K
Kanalning ta’rifi

Veb-sayt: www.Narpay.uz
https://www.facebook.com/Narpay-tumani-hokimligi-axborot-xizmati-133593578377621/
instagram.com/narpay_tuman_hokimligi
https://www.youtube.com/channel/UCuTB6A7LY_mfX84B-CQAIaw
Murojaat uchun: @islambek_norbekov

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 6

2023-04-29 15:17:02
Kasb-hunarga o‘qib ishlash istagidamisiz?

Samarqand shahrida 3 oy o‘qib, 690 ming so‘m har oy stipendiya berilishiga nima deysiz. Ushbu o‘quv markazida 3 mahal ovqat va yotoqxonasi bepul. Kurs yakunlangach maxsus sertifikat berilib, mutaxassisligi bo‘yicha qurilish tashkilotlarida ishlashga imkoniyat beriladi.

Oyligi 3 million so‘mdan 10 million so‘mgacha ishiga qarab oylik to‘lanadi.

Ushbu kursda o‘qish istagini bildirgan fuqarolar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qishlari va ishlashlari mumkin bo‘ladi.

Jumladan, elektr payvandchi, bo‘yoqchi, gaz payvandchi, elektromontajchi, kran haydovchi, santexnik, beton qoruvchi, armatura to‘quvchi va boshqa qurilishga doir yo‘nalishlar.

Mazkur kursda o‘qish istagi bo‘lgan fuqarolar quyidagi raqamga qo‘ng‘iroq qilib to‘liq maʼlumot olishlari mumkin.

Murojaat uchun telefon: +99897-915-10-66
Tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi.
6.3K views12:17
Ochish/sharhlash
2023-04-29 14:17:47
“MOʻJIZA”NING FAOLIYATI KENGAYDI

Yosh tadbirkor Sarvar Xushiyev “Moʻjiza” suv ishlab chiqarish sexi faoliyatini yana-da kengaytirdi. U har xil turdagi suv va salqin ichimliklar ishlab chiqarish hamda qadoqlashni yo‘lga qo‘ydi. Buning uchun yangi dastgohlar keltirildi, ishga tushirildi.

Bugun Sarvar viloyatimizda kuchli uchtalik suv ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar safidan joy oldi.

“Barg” brendi asosida avval 0,5-1-1,5 litrlik suvlardan 8 tonnagacha ishlab chiqarilgan bo‘lsa, endilikda ushbu yangi texnologiya bilan yana qo‘shimcha 10 tonnagacha suv ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Tuman hokimi ushbu tadbirkorlik subyektida bo‘lib, ishchi-xodimlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishish asnosida Xitoy davlatidan qo‘shimcha keltirilgan yangi 3 milliard 200 million so‘mlik dastgohni ishlab chiqarish jarayonini ko‘zdan kechirdi.
3.6K views11:17
Ochish/sharhlash
2023-04-27 08:11:46
Quyosh panellarini o‘rnatish borasida qanday qulayliklar borligini bilasizmi?
_____

Қуёш панелларини ўрнатиш борасида қандай қулайликлар борлигини биласизми?
2.1K views05:11
Ochish/sharhlash
2023-04-27 07:09:02
Millar
______

Миллар
3.4K views04:09
Ochish/sharhlash
2023-04-27 06:35:33
Fuqarolar hamda yoshlar diqqatiga!

Sarbozor mahallasi hududida joylashgan "Barkamol avlod" bolalar maktabida tuman hokimi tegishli tashkilotlar vakillari bilan birgalikda yoshlar hamda fuqarolar uchun qabul o‘tkazadi.

Ushbu qabulda ishtirok etishni istagan yoshlar va fuqarolar bugun 27 aprel kuni soat 11:00 da "Barkamol avlod" bolalar maktabiga tashrif buyurishlari mumkin.
______

Фуқаролар ҳамда ёшлар диққатига!

Сарбозор маҳалласи ҳудудида жойлашган "Баркамол авлод" болалар мактабида туман ҳокими тегишли ташкилотлар вакиллари билан биргаликда ёшлар ҳамда фуқаролар учун қабул ўтказади.

Ушбу қабулда иштирок этишни истаган ёшлар ва фуқаролар бугун 27 апрель куни соат 11:00 да "Баркамол авлод" болалар мактабига ташриф буюришлари мумкин.
2.9K views03:35
Ochish/sharhlash
2023-04-27 06:22:43
ELEKTR ENERGIYASI ISTEʼMOLCHILARI DIQQATIGA!

Hurmatli isteʼmolchilar! Bugun 27 aprel kuni kunduz soat 09:00 dan 18:00 ga qadar tumanimizning Bo‘ston, Tortuvli, Yangiariq, Qoziyoqli, Olti o‘g‘il, Umid, Dedan, Qozikent mahallalarida hamda Narpay massividagi ko‘p qavatli uylarda elektr energiyasi vaqtincha o‘chiriladi.

Sababi 110 KvT “Kristall” havo tarmog‘ida rejali taʼmirlash ishlari olib boriladi.

Ushbu noqulaylik uchun tuman elektr taʼminoti korxonasi isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.
_____

ЭЛЕКТР ЭНЕРГИЯСИ ИСТEЪМОЛЧИЛАРИ ДИҚҚАТИГА!

Ҳурматли истеъмолчилар! Бугун 27 апрель куни кундуз соат 09:00 дан 18:00 га қадар туманимизнинг Бўстон, Тортувли, Янгиариқ, Қозиёқли, Олти ўғил, Умид, Дедан, Қозикент маҳаллаларида ҳамда Нарпай массивидаги кўп қаватли уйларда электр энергияси вақтинча ўчирилади.

Сабаби 110 КвТ "Кристалл" ҳаво тармоғида режали таъмирлаш ишлари олиб борилади.

Ушбу ноқулайлик учун туман электр таъминоти корхонаси истеъмолчилардан узр сўрайди.
2.9K views03:22
Ochish/sharhlash
2023-04-27 06:09:46
BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING

Siz suratda bir Yevropa davlati pul kupyurasi orqa tarafining bir qismini (to‘lig‘ini emas) ko‘rib turibsiz. Diqqat savol, ushbu kupyuraning old tarafida tasvirlangan ayolni ayting.
_______

БИЛИМИНГИЗНИ СИНАБ КЎРИНГ

Сиз суратда бир Европа давлати пул купюраси орқа тарафининг бир қисмини (тўлиғини эмас) кўриб турибсиз. Диққат савол, ушбу купюранинг олд тарафида тасвирланган аёлни айтинг.
2.6K views03:09
Ochish/sharhlash
2023-04-27 05:08:46
#Tong_nafasi.
__

#Тонг_нафаси.
3.0K views02:08
Ochish/sharhlash
2023-04-27 04:07:46
KUN HIKMATI:

“Har xil so‘zlarga parvo qilma! Seni ko‘rganlar o‘t-o‘lan deb xayol qilaversin. Sen esa gul bo‘l! Hatto bulbullar uyalsin...”

Jaloliddin Rumiy
_______

КУН ҲИКМАТИ:

“Ҳар хил сўзларга парво қилма! Сени кўрганлар ўт-ўлан деб хаёл қилаверсин. Сен эса гул бўл! Ҳатто булбуллар уялсин...”

Жалолиддин Румий
3.6K views01:07
Ochish/sharhlash
2023-04-26 19:22:46
#Qiziqarli_faktlar

Baʼzida tushlar abadiy davom etayotganga o‘xshaydi, aslida ular ko‘pi bilan 2-3 daqiqa davom etadi.
_____

#Қизиқарли_фактлар

Баъзида тушлар абадий давом этаётганга ўхшайди, аслида улар кўпи билан 2-3 дақиқа давом этади.
3.9K views16:22
Ochish/sharhlash