Get Mystery Box with random crypto!

Narpay.uz | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi narpay_tuman_hokimligi — Narpay.uz | Rasmiy kanal N
Telegram kanalining logotibi narpay_tuman_hokimligi — Narpay.uz | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @narpay_tuman_hokimligi
Toifalar: Siyosat , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12.34K
Kanalning ta’rifi

Veb-sayt: www.Narpay.uz
https://www.facebook.com/Narpay-tumani-hokimligi-axborot-xizmati-133593578377621/
instagram.com/narpay_tuman_hokimligi
https://www.youtube.com/channel/UCuTB6A7LY_mfX84B-CQAIaw
Murojaat uchun: @islambek_norbekov

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 10

2023-04-21 04:33:34
YANGI QURILGAN JOME MASJIDIDA RAMAZON HAYITI NAMOZI O‘QILDI

Muborak Ramazon hayiti munosabati bilan Xo‘jaqo‘ron hamda Toshko‘prik mahallalari namozxonlari tong saharda yangidan barpo etilib, foydalanishga topshirilgan Xo‘jaqo‘rg‘on jome masjidida to‘plandilar.

Dastlab, tuman hokimi mo‘min-musulmonlarni ulug‘ ayyom bilan muborakbod etdi. Shundan keyin imomlar tomonidan Ramazon oyining fazilati, muborak hayit kuni bajariladigan amallar haqida maʼruza qilindi. So‘ng Ramazon hayiti namozini o‘qishga kirishildi.

800 kishini o‘z ichiga sig‘dira oladigan ushbu masjid bir yilga yaqin muddatda mahalla faollari tomonidan hashar yo‘li bilan bunyod etildi. Ayni vaqtda tumanimizda xuddi shunday 7 ta jome masjidlarida ulkan qurilish va bunyodkorlik amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, tumanimizdagi mavjud 18 ta jome masjidlarining barchasida hayit namozi o‘qildi.
2.7K views01:33
Ochish/sharhlash
2023-04-21 03:06:46
2.9K views00:06
Ochish/sharhlash
2023-04-20 19:02:18
Ўзбекистон халқига Рамазон ҳайити табриги

Поздравление народу Узбекистана с праздником Рамазан хайит

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
5.3K views16:02
Ochish/sharhlash
2023-04-20 18:21:45
BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING

Dengiz bo‘yida joylashgan qadimiy Pergam shahrida bir o‘ziga xos lavozim egalari bo‘lib, ular maʼlum bir vaqtda bozorlarni aylanishadi va rastalardagi baliqlarning dumini uzib chiqishadi. Diqqat savol, bunday ko‘zlangan maqsad nima bo‘lgan?

Javob: Bunday lavozim egalari nafaqat Pergam, balki dengiz atrofida joylashgan shaharlarning ko‘pchiligida bo‘lgan. Ular kun oxirlagan paytda bozorlarda kun davomida sotilmay qolgan baliqlarning dumini uzib chiqishadi. Bundan ko‘zlangan maqsad, savdogarlar ertasi kuni sotilmay qolgan baliqlarni xaridorlarga “bugun tutib keltirilgan baliq”, deya sotmasligi uchun.
5.3K views15:21
Ochish/sharhlash
2023-04-20 18:00:20
Siz bilan faxrlanamiz!

Tuman mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan Hayit bayrami oldidan Ulug‘ Vatan urushi qatnashchisi 97 yoshli Yusuf bobo Ro‘ziyevning holidan xabar olindi.

Shuningdek, tuman tibbiyot birlashmasining masʼul shifokorlari faxriy veteranni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi.
_____

Сиз билан фахрланамиз!

Туман мудофаа ишлари бўлими томонидан Ҳайит байрами олдидан Улуғ Ватан уруши қатнашчиси 97 ёшли Юсуф бобо Рўзиевнинг ҳолидан хабар олинди.

Шунингдек, туман тиббиёт бирлашмасининг масъул шифокорлари фахрий ветеранни тиббий кўрикдан ўтказди.
4.6K views15:00
Ochish/sharhlash
2023-04-20 17:40:41 OQTOSH SHAHRIDA QURILISH AVJIDA

Shu kunlarda Oqtosh shahri markazida "Tolib Karmana" MCHJ hamda Narpay massividagi "Zarafshon” KTICHK tomonidan ko‘p qavatli uy qurish uchun yer ishlari amalga oshirilmoqda. Shu kabi "Narpay inter group" MCHJ quruvchilari bir obyektda ishni yakunlash arafasida bo‘lsa, yana yangi imorat qurish maqsadida yer ishlarini bajarishyapti.

Payshanba qurilish sohasi bilan ishlash kuni etib belgilangani bois tuman hokimi tegishli masʼullar hamrohligida yangidan qad rostlayotgan ko‘p qavatli imoratlarda olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.

Shu xonadonlarda yashovchi aholiga qulaylik yaratish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan masʼullarga topshiriqlar berildi.

Shuningdek, birnecha yillardan buyon Gazchilar qo‘rg‘onidagi 9 ta ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatib kelayotgan eskirgan kanalizatsiya quvurlarining muammolari ham yechiladigan bo‘ldi. Ayni paytda “Naqlgaz maxsus qurilish” AJ tomonidan quvurlar yangilanmoqda. Tuman hokimi qurilish chizmalari bilan tanishib, bu borada masʼullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.
3.7K views14:40
Ochish/sharhlash
2023-04-20 17:40:34
3.6K views14:40
Ochish/sharhlash
2023-04-20 11:13:02 https://telegra.ph/ADOLAT-TANTANASI-04-20
555 views08:13
Ochish/sharhlash
2023-04-20 09:26:45 Rasman: 4 kun ketma-ket dam olish kuni bo’ladi

Prezident farmoniga ko’ra, Ramazon Hayiti munosabati bilan quyidagi kunlar dam olish kuni bo’ladi:

21-aprel, juma — Hayit bayrami;

22-aprel, shanba — 6 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;

23-aprel, yakshanba — odatdagi dam olish kuni;

24-aprel, dushanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni.
2.7K views06:26
Ochish/sharhlash
2023-04-20 09:25:52
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 23 декабрдаги “2023 йилда расмий саналарни нишонлаш даврида қўшимча ишланмайдиган кунларни белгилаш ва дам олиш кунларини кўчириш тўғрисида”ги ПФ–270-сон Фармонига ўзгартиришлар киритиш ҳақида"ги Фармони

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
2.3K views06:25
Ochish/sharhlash