Get Mystery Box with random crypto!

Narpay.uz | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi narpay_tuman_hokimligi — Narpay.uz | Rasmiy kanal N
Telegram kanalining logotibi narpay_tuman_hokimligi — Narpay.uz | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @narpay_tuman_hokimligi
Toifalar: Siyosat , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12.34K
Kanalning ta’rifi

Veb-sayt: www.Narpay.uz
https://www.facebook.com/Narpay-tumani-hokimligi-axborot-xizmati-133593578377621/
instagram.com/narpay_tuman_hokimligi
https://www.youtube.com/channel/UCuTB6A7LY_mfX84B-CQAIaw
Murojaat uchun: @islambek_norbekov

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2023-05-13 05:08:51
#Tong_nafasi.
__

#Тонг_нафаси.
2.2K views02:08
Ochish/sharhlash
2023-05-13 04:07:52
KUN HIKMATI:

"Men mag‘lubiyatga uchramaganman. Shunchaki, ish bermaydigan 10 mingta usulni sinab ko‘rganman"

Tomas Edison
______

КУН ҲИКМАТИ:

"Мен мағлубиятга учрамаганман. Шунчаки, иш бермайдиган 10 мингта усулни синаб кўрганман"

Томас Эдисон
2.9K views01:07
Ochish/sharhlash
2023-05-12 19:22:52
#Qiziqarli_faktlar

Kuniga 3 tagacha olma isteʼmol qilish ozish uchun sabab bo‘ladi.
______

#Қизиқарли_фактлар

Кунига 3 тагача олма истеъмол қилиш озиш учун сабаб бўлади.
3.7K views16:22
Ochish/sharhlash
2023-05-12 18:21:51
BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING

Turli kasblarning inson hayotida turli taʼsiri va asoratlari bo‘ladi. Misol uchun ULAR, maʼlum bir davrda, bir necha oy davomida idish-tovoq kabi predmetlarni sindirib qo‘yish holatlari ko‘p kuzatilar ekan. Albatta, o‘zlari istamagan holatda.

Diqqat savol: ULAR kimligini emas, balki bu holat yuz berishiga asosiy sababni, kelib chiqishi lotincha bo‘lgan so‘z bilan yozib bering!

Javob: Gravitatsiya

Izoh: ULAR - kosmonavtlar. Kosmosdan qaytgach ular bir necha oy davomida yer tortish kuchiga ko‘nikishadi va predmetlarni qo‘yib yuborish odati sabab ularni sindirib qo‘yishar ekan.
3.8K views15:21
Ochish/sharhlash
2023-05-12 18:01:51
TARMOQLAR TAʼMIRLANMOQDA

Tuman elektr taʼminoti korxonasi xodimlari tomonidan aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu kunlarda Navro‘z, Do‘stlik, Ipak yo‘li va Toshko‘prik mahallalarida elektr tarmoqlari joriy taʼmirlanyapti. Shuningdek, joylardagi transformatorlar ko‘rikdan o‘tkazilib, nuqsonsiz ishlashi taʼminlanmoqda.
_____

ТАРМОҚЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА

Туман электр таъминоти корхонаси ходимлари томонидан аҳолини узлуксиз электр энергияси билан таъминлаш мақсадида бир қатор ишлар амалга оширилмоқда.

Шу кунларда Наврўз, Дўстлик, Ипак йўли ва Тошкўприк маҳаллаларида электр тармоқлари жорий таъмирланяпти. Шунингдек, жойлардаги трансформаторлар кўрикдан ўтказилиб, нуқсонсиз ишлаши таъминланмоқда.
3.8K views15:01
Ochish/sharhlash
2023-05-12 17:20:51
NAZORATDAGI SHAXSLAR ISHGA JOYLASHDILAR

Kecha xabar qilganimizdek, bugun ham 2-son kasb-hunar maktabida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.

Gap shundaki, mehnat yarmarkasida ishtirok etgan Probatsiya nazoratidagi shaxslardan 3 nafari o‘zlariga maʼqul bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashishdi.
_____

НАЗОРАТДАГИ ШАХСЛАР ИШГА ЖОЙЛАШДИЛАР

Кеча хабар қилганимиздек, бугун ҳам 2-сон касб-ҳунар мактабида “Бўш иш ўринлари меҳнат ярмаркаси” ташкил этилди.

Гап шундаки, меҳнат ярмаркасида иштирок этган Пробация назоратидаги шахслардан 3 нафари ўзларига маъқул бўлган бўш иш ўринларига ишга жойлашишди.
3.8K views14:20
Ochish/sharhlash
2023-05-12 17:15:50
#Munosabat

Ijtimoiy tarmoqda 5 ta mahallani bog‘lovchi yo‘lni taʼmirlash ishlari tugallanmaganligi yuzasidan aholi murojaatlari bayon etilgan.

Batafsil: http://narpay.uz/uz/node/6075
3.7K viewsedited  14:15
Ochish/sharhlash
2023-05-12 14:48:08
UZOQ YILLIK ORZULAR USHALMOQDA

M-37 yo‘lidan Toshko‘prik va Xo‘jaqo‘rg‘on mahallalarini kesib o‘tuvchi asosiy yo‘l ko‘p yillardan buyon o‘nqir-cho‘nqir bo‘lib, abgor holga kelib qolgandi. Shu kunlarda bu ko‘chaga maxsus texnikalar yordamida asfalt yotqizish ishlari boshlandi.

Tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan temir yo‘ldan M-37 yo‘liga qadar 3 kilometrdan ortiq masofa asfaltlanmoqda.

Mahalliy aholi esa uzoq yillik orzulari ushalayotganidan juda mamnun.
____

УЗОҚ ЙИЛЛИК ОРЗУЛАР УШАЛМОҚДА

М-37 йўлидан Тошкўприк ва Хўжақўрғон маҳаллаларини кесиб ўтувчи асосий йўл кўп йиллардан буён ўнқир-чўнқир бўлиб, абгор ҳолга келиб қолганди. Шу кунларда бу кўчага махсус техникалар ёрдамида асфальт ётқизиш ишлари бошланди.

Туман йўллардан фойдаланиш унитар корхонаси томонидан темир йўлдан М-37 йўлига қадар 3 километрдан ортиқ масофа асфальтланмоқда.

Маҳаллий аҳоли эса узоқ йиллик орзулари ушалаётганидан жуда мамнун.
4.9K views11:48
Ochish/sharhlash
2023-05-03 19:22:49
#Qiziqarli_faktlar

Toshkent metropoliteni O‘rta Osiyoda yagona metropoliten sanaladi. Qo‘shni davlatlarimizda metropolitenlar mavjud emas.
_______

#Қизиқарли_фактлар

Тошкент метрополитени Ўрта Осиёда ягона метрополитен саналади. Қўшни давлатларимизда метрополитенлар мавжуд эмас.
2.2K views16:22
Ochish/sharhlash
2023-05-03 18:20:06
BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING

Napaleon tug‘ilgan uyda katta memorial doskasi ilingan bo‘lib, unda Napaleonning tug‘ilgan kuni 1769 yil 15 avgust sifatida ko‘rsatilgan edi. Vaqti kelib, Napaleon uzil-kesil mag‘lubiyatga uchragach, uning tug‘ilgan kunini soxtalashtirib, yarim yil orqaga qaytarmoqchi bo‘lishadi. Tarix bo‘yicha bilimlaringizni yodga solingda ayting, nima uchun bunaqa qilishmoqchi bo‘lishadi?

Javob: Korsika oroli 1769 yil bahorigacha mustaqil davlat bo‘lgan va fuqaroligi ham boshqa bo‘lgan. Fransuzlar shu yo‘l bilan Napaleon bizdanmas demoqchi bo‘lishgan.
2.8K views15:20
Ochish/sharhlash