Get Mystery Box with random crypto!

Bugun O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan | Narpay.uz | Rasmiy kanal

Bugun O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun.

Samimiy sheʼrlari ohangrabo qo‘shiqlarga aylanib, har bir o‘zbek xonadoniga kirib borgan lirik shoir Muhammad Yusuf 1954 yil 26 aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi Qovunchi qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. Shu yerda o‘rta maktabni tugatgach, respublika Rus tili va adabiyot institutida tahsil olgan.

Shoirning “Tanish teraklar”, “Bulbulga bir gapim bor”, “Uyqudagi qiz”, “Halima enam allalari”, “Ish kemasi”, “Ko‘nglimda bir yor”, “Bevafo ko‘p ekan”, “Yolg‘onchi yor”, “Erka kiyik”, “Osmonimga olib ketaman” kabi ko‘plab sheʼriy kitoblari bosilib chiqqan.

Bir qator tahririyat va nashriyotlarda faoliyat yuritgan shoir 1997 yildan umrining oxirigacha O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishladi.

Muhammad Yusuf 2001 yilning 31 iyulida yurak xurujidan vafot etdi.