Get Mystery Box with random crypto!

UZOQ YILLIK ORZULAR USHALMOQDA M-37 yo‘lidan Toshko‘prik va X | Narpay.uz | Rasmiy kanal

UZOQ YILLIK ORZULAR USHALMOQDA

M-37 yo‘lidan Toshko‘prik va Xo‘jaqo‘rg‘on mahallalarini kesib o‘tuvchi asosiy yo‘l ko‘p yillardan buyon o‘nqir-cho‘nqir bo‘lib, abgor holga kelib qolgandi. Shu kunlarda bu ko‘chaga maxsus texnikalar yordamida asfalt yotqizish ishlari boshlandi.

Tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan temir yo‘ldan M-37 yo‘liga qadar 3 kilometrdan ortiq masofa asfaltlanmoqda.

Mahalliy aholi esa uzoq yillik orzulari ushalayotganidan juda mamnun.
____

УЗОҚ ЙИЛЛИК ОРЗУЛАР УШАЛМОҚДА

М-37 йўлидан Тошкўприк ва Хўжақўрғон маҳаллаларини кесиб ўтувчи асосий йўл кўп йиллардан буён ўнқир-чўнқир бўлиб, абгор ҳолга келиб қолганди. Шу кунларда бу кўчага махсус техникалар ёрдамида асфальт ётқизиш ишлари бошланди.

Туман йўллардан фойдаланиш унитар корхонаси томонидан темир йўлдан М-37 йўлига қадар 3 километрдан ортиқ масофа асфальтланмоқда.

Маҳаллий аҳоли эса узоқ йиллик орзулари ушалаётганидан жуда мамнун.