Get Mystery Box with random crypto!

«Najot Ta'lim»da bu hafta o'tkaziladigan musobaqalar bilan tan | Najot Ta'lim

«Najot Ta'lim»da bu hafta o'tkaziladigan musobaqalar bilan tanishing

Dasturlash yo'nalishida "Frontend veb-dasturlash musobaqasi!

14-may — yakshanba
kuni soat 09:30 da «Najot Ta'lim»ning Chilonzor va Farg'ona filiallarida «Frontend veb-dasturlash» yo'nalishida bellashuv bo'lib o'tadi.

Musobaqa ishtirok uchun sizdan HTML, CSS, SCSS, JAVASCRIPT (DOM) va mantiqiy fikrlash bo'yicha bilim va ko'nikmalar talab etiladi.

Musobaqa jamoaviy tarzda bo'lib, har biri 3 nafar ishtirokchidan iborat jamoalar qatnashishi mumkin. Sizda yetarli jamoadoshlar bo'lmasa, shu kuni shu yerda jamoa shakllantirishingiz mumkin.

Musobaqa g'oliblarini quyidagi sovg'alar kutmoqda:
1-o'rin: 3 ta «Rapoo VH-530» quloqchin;
2-o'rin: 3 ta «Borofone» powerbank;
3-o'rin: 3 ta noutbuk sumkasi;

***

"Grafik dizaynerlarni "jang" maydoniga chorlaymiz!"

Hafta yakunida shuningdek, 14-may — yakshanba kuni soat 10:30 da markazimizning Chilonzor va Farg'ona filiallarida Grafik dizaynerlar o'rtasida ham katta battle bo'lib o'tadi.

Bu galgi musobaqada ishtirokchilarning infografik dizayn bo'yicha bilimlari sinovdan o'tkaziladi.

Musobaqada g'oliblariga:
1-o'rin: «MI band 7» smart soat;
2-o'rin: «Rapoo VH-530» quloqchin;
3-o'rin: «Borofone» powerbank'lari taqdim etiladi.

Sohalar bo'yicha bilimlarini amaliyotga sinash va tajriba to'plash istagidagi yurtimizdagi barcha yigit-qizlarni musobaqalarda kutib qolamiz!

Musobaqalar uchun ro'yxatdan o'tish

P.S. Har ikkala musobaqada ham barcha ishtirok etishi mumkin.