Get Mystery Box with random crypto!

Vodiylik yigit-qizlar uchun 100 ta grant e'lon qilamiz! «Najo | Najot Ta'lim

Vodiylik yigit-qizlar uchun 100 ta grant e'lon qilamiz!

«Najot Ta'lim»
markazi vodiylik yoshlar uchun Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi va qo'llab-quvvatlovi bilan Farg'ona filiali uchun 100 nafar o'quvchiga grant e'lon qiladi.

Ushbu grantda Farg'ona, Andijon va Namangan viloyatlaridagi 14 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan dasturlash hamda dizayn sohasiga qiziqqan yoshlar qatnashish huquqiga ega.

Grantni saralab olish imtihon (mantiqiy fikrlash va ingliz tili) va suhbat asosida bo'lib o'tadi. Eng yuqori ball to'plagan 100 nafar o'quvchi g'olib deb topiladi. Saralash «Najot Ta'lim» jamoasi tomonidan amalga oshiriladi.

Ushbu grant uchun ro'yxatdan o'tish 10-may sanasidan boshlab 25-maygacha davom etadi. Imtihon kuni bo'yicha ro'yxatdan o'tganlarga xabar beriladi.

Grantlar soni: 60 ta dasturlash, 40 ta grafik dizayn
Yosh chegarasi: 14 yoshdan 30 yoshgacha
Saralash: kirish imtihonlari va suhbat orqali
Qayerda: «Najot Ta'lim», Farg'ona filiali

Dasturlash, dizayn sohalarini grant asosida o'rganmoqchi bo'lsangiz, hoziroq ro'yxatdan o'ting.

Grant uchun ro'yxatdan o'tish

P. S. Ushbu xushxabarni do'stlaringiz bilan ulashing!

78-888-9-888 | @aloqa_ntbot