Get Mystery Box with random crypto!

«Marketing Team» musobaqasida g'olib bo'ling va Dubayga yo'lla | Najot Ta'lim

«Marketing Team» musobaqasida g'olib bo'ling va Dubayga yo'llanmani qo'lga kiriting

Bilimlarni amaliyotda sinash, qo'shimchasiga chet elga sayohat qilishga nima deysiz?

«Najot Ta'lim»da muntazam ravishda tashkil etib kelinayotgan «Marketing Team» musobaqasi sizga shunday imkoniyatni yaratadi.

Musobaqa jamoaviy tarzda bo'lib, har bir jamoada 2 nafar SMM-menejer va 2 nafar grafik dizaynerlar bo'lishi kerak. Sizdan musobaqa boshlanguniga qadar jamoangizni shakllantirishingiz talab etiladi.

Musobaqa sovrindorlariga maxsus sertifikat, EduOn platformasidan 6 mln so'mli ta'lim grantlari va eng asosiy yutuq g'olib jamoaga Dubayga 1 kishilik sayohat uchun yo'llanma taqdim etiladi!

Qachon: 18-iyun, yakshanba, soat 10:30
Qatnashish: bepul
Kim uchun: «Najot Ta'lim»ni tamomlagan va ayni vaqtda o'qiyotganlar uchun
Qayerda: «Najot Ta'lim», Chilonzor va Farg'ona filiallari

Musobaqa uchun ro'yxatdan o'tish

P. S. Yuragida o'ti bor barcha SMM-menejer va grafik dizaynerlarni jang maydonida kutib qolamiz.