Get Mystery Box with random crypto!

Nutq jarayonida ko‘p so‘lak ajralishi nima bilan bog‘liq? Bu m | NAJOT NUR

Nutq jarayonida ko‘p so‘lak ajralishi nima bilan bog‘liq? Bu muammoni qanday bartaraf etsa bo‘ladi?

Ba’zida notiq jo‘shqinlik bilan nutq so‘zlayotganida qalqib ketishi, so‘lagiga tiqilib qolishi kabi noqulay vaziyatlar yoki undan ham noxushrog‘i og‘zidan tupuk sachrab ketish holatlari kuzatiladi. Yoki ba’zi notiqlar gapirayotganida tez-tez yutinib, gapini bo‘lib-bo‘lib gapirganini ham eshitgansiz.

Tan oling, balki biroz g‘ashingiz ham kelgandir. Nega suv ichmasa ham, tinmay yutinaveradi, fikrini yetkazishga qiynalyaptimi, degan xayol ham o‘tgandir. Lekin doim ham bu siz o‘ylagandek bo‘lmaydi. Oshqozon-ichaklardagi muammolar sabab og‘izda haddan ziyod ko‘p so‘lak ajraladi va insonning so‘zlashiga xalal beradi. Shunday vaziyat qiynayotgan bo‘lsa, albatta, gastroenterologga murojaat qiling. Bu shunchaki noqulaylik emas, balki xastalik belgisidir.

@najotnuruz