Get Mystery Box with random crypto!

Pedagoglar attestatsiyadan o‘tish va malaka toifasini olish uc | my.gov.uz

Pedagoglar attestatsiyadan o‘tish va malaka toifasini olish uchun onlayn ariza topshirishlari mumkin

Maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus ta’lim hamda maktabdan tashqari ta’lim sohasidagi pedagog kadrlar attestatsiyadan o‘tish va malaka toifasi (lavozim) olish bo‘yicha hujjatlarni my.gov.uz portali orqali topshirishlari lozim.

Ariza topshirish har yili yanvar-fevral, avgust-sentyabr oylarida amalga oshiriladi.

Muhimi, pedagog kadrlarni navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi.

Navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazilganda esa davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida to‘lov to‘lanadi. My.gov.uz portali orqali murojaat qilinganda, 10 foizlik chegirma beriladi.

Onlayn ariza berish tartibi haqida quyidagi videoda batafsil ma’lumot keltirilgan:

https://www.youtube.com/shorts/zJsXmRQmGCE?feature=share

  my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook  YouTube instagram