Get Mystery Box with random crypto!

Muxbir1

Telegram kanalining logotibi muxbir1 — Muxbir1 M
Telegram kanalining logotibi muxbir1 — Muxbir1
Kanal manzili: @muxbir1
Toifalar: Bloglar , Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 136
Kanalning ta’rifi

Журналист Хуршид Далиевнинг "Muxbir Daliev" телеграм каналига ўтинг! Ҳавола: 👉 https://t.me/muxbirdaliev

Ratings & Reviews

1.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

3


Oxirgi xabar 14

2022-06-23 16:27:30 Мана бу ерда бизнинг комбайнчиларимиз ҳақида қисқа ва лўнда қилиб ҳақиқатни ёзишибди.
6.6K views13:27
Ochish/sharhlash
2022-06-23 16:09:10
МИБ ким билан келишяпти?

Мана бу суд қарорига ҳам анча вақт бўлди. Биз бу мурожаатни Республика МИБ матбуот хизматига хам юборганмиз. Аммо якунда натижа нолга тенг.

Гап нимада эканлигини мен сизга айтай. Бу суд қарори алимент масаласи. Айтишларича алимент тўловчи Анжанди мошинафуруш хожи акалардан экан.

Аммо қонун барчага баробар. Алментни тўлаш керак. Аниқроғи тўлаттириш керак жаноб МИБ чилар!

Каналга уланинг: https://t.me/muxbir1
6.8K viewsedited  13:09
Ochish/sharhlash
2022-06-23 15:52:16 ​#munosabat
Kuni kecha “Muxbir Daliyev” Telegram-kanaliga tadbirkorlar Borsa-Kelmas stansiyasida yuk vagonlari yetishmayotganidan shikoyat bilan murojaat qilishdi. Mazkur murojaat “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan o‘rganib chiqilib quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Temir yo‘l orqali tashuv xizmatlarni tadbirkorlarga taqdim etish jarayoni, temir yo‘l transportida amaldagi meʼyoriy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi “Temir yo‘l to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi “Temir yo‘l Ustavi” kabi meʼyoriy-huquqiy hujjatlar talablari asosida amalga oshiriladi.

Borsa-Kelmas stansiyasida 2021 yil 5 oy davomida 2887 ta vagonda 199534 tonna “Tuz” mahsuloti ortilgan. Joriy yil 5 oy mobaynida esa 3361 ta vagonda 232212 tonna “Tuz” mahsuloti ortilgan. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan tadbirkorlarning talabiga binoan Borsa-kelmas stansiyasiga “Tuz” mahsulotini ortish uchun bo‘sh vagonlar bilan taʼminlash chorasini ko‘radi.

Taʼkidlash joiz, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ doimiy ravishda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, ularning yuk tashish bilan bog‘liq masalalarini o‘rganib hal etish choralarini ko‘rib kelmoqda. “Muxbir Daliyev” Telegram-kanal muallifi, jurnalist Xurshid Daliyev orqali murojaat yo‘llagan tadbirkor bilan uchrashib masalani atroflicha o‘rganishi maqsadida o‘sha tadbirkor bilan bog‘lanish uchun telefon raqamlarini so‘rab qoladi.

Shu bilan birga, hamkorlarimiz, yuk egalari, yuk jo‘natuvchilari va yuklarni qabul qiluvchilarga eslatib o‘taimiz. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyati tomonidan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar va ushbu yo‘nalishdagi chora-tadbirlarni takomillashtirish bo‘yicha qator salmoqli ishlar amalga oshirmoqda. Jumladan:

- “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytida “Yuk tashish” sahifasida qator maʼlumotlar mavjud;

- Shuningdek, tadbirkorlar bilan muloqot qilish, fikr-mulohazalarni o‘rganish va ularni yuk tashishlarni tashkil etishda o‘zini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan Telegram-messenjerida “Mijozlar uchun - e-nakl.railvay.uz” nomli maxsus guruh ochilib, interfaol ravishda faoliyat olib bormoqda. Marhamat! Mutaxassislarimiz sizlarning barcha savollaringizga javob beradi, kerakli yo‘nalishda tushuntirishlar olib boradi, amaliy yordam beradilar!

- Temir yo‘l xizmatlaridan foydalanuvchi jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari uchun +998712379998 raqamli ishonch telefoni mavjud;

- Bundan tashqari, xabaringiz bor, bundan ikki yil avval “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan “Yagona darcha” tamoyili bo‘yicha temir yo‘l orqali yuk tashishlarni tashkil etish ishlari boshlangan edi. Yangi xizmatning afzalligi shundaki, hujjatlarni rasmiylashtirish imkoniyati uy yoki ofisdan chiqmasdan tashkil etish mumkin. Mutaxassislar saytni yana-da takomillashtirish borasida doimiy ravishda tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.

|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|
6.3K views12:52
Ochish/sharhlash
2022-06-23 14:19:35
"Ўзбекгидроэнерго" АЖ Тўполанг ГЭС иншоотининг ён қисмида фаввора кўринишида акс этаётган сувнинг чиқиши хавфли эмаслиги юзасидан баёнот берди

Мазкур иншоот орқали ортиқча сувни дарё ўзанига йўналтирилиши сальт ташлама иншооти учун нормал ҳолат ҳисобланади. Аҳолидан бу вазиятдан ортиқча саросимага тушиш ва ваҳимага берилмасликни сўраймиз, дейилади баёнотда.

Ростан ҳам бирон ваҳимали ҳолат бўлганда Тошкентдан масъуллар аллақачон етиб бориб, ҳукумат назоратига олинар эди.

Ваҳимани тарқатаётганлар ўғрилар бўлиши мумкин. Эҳтиёт бўлинг, улар аҳоли уйларини тарк этиши билан ўғирлик содир этишлари эҳтимоли юқори. Ваҳима инсон имкониятларини чеклаши ҳам кўп бор ўз исботини топган.

@kompromatuzb ҳам маҳаллий аҳолини ваҳима ва саросимага тушмасликка чақиради.

@kompromatuzb

"O‘zbekgidroenergo" AJ
5.2K views11:19
Ochish/sharhlash
2022-06-23 14:19:08
"Тўпаланг" сув омборидаги мана бу отилиб чиқаётган сув ниманинг суви?

Қаердан чиқяпти бу сув? Бу манзаранинг техник таснифи борми?

Мутахассислар жавоб берворинглар.

Каналга уланинг: https://t.me/muxbir1
7.1K viewsedited  11:19
Ochish/sharhlash
2022-06-23 12:04:53 Сурхондарё Алоооо!

Тўпаланг, Сангинов, Раматов. Мазу бўйича қўшимча маьлумот берилар. Одамлар орасида ваҳима тинчимаган шекилли.

Каналга уланинг: https://t.me/muxbir1
8.3K viewsedited  09:04
Ochish/sharhlash
2022-06-23 06:02:34 МИБ пулларни "айлантиряптими?"

"Assalomu alaykum Xurshid aka Namangan viloyati Uychi tuman MIB hodimlari kredit undiruvi uchun kafillardan 2022-yil yanvar oyidan beri oyligidan yechib olingan 19000000 so'm atrofidagi pullarni haligacha bank hisobiga o'tkazib bermagan, hodimlar pullarni aylantirib yurgan shekilli degan gumonlar paydo bo'lyapti menda.

Menga o'xshaganlarni qancha puli yig'ilarkin bularda har oy, shuncha pulni oborot qilsayam 5 oyda ancha daromad qilsa bo'ladi.

Biz esa, bankga shu 5 oy bular pulni o'tkazmagani uchun ham penya to'laymiz!

Bankga faqat 2021-yil meni oyligimdan ushlab qolingan pul o'tgan xolos, bugun bankdan chiqartirdim shu qog'ozni.

Ularni bu ishlarini tekshiradigan biror tashkilot bormi o'zi?"

Каналга уланинг: https://t.me/muxbir1
2.9K viewsedited  03:02
Ochish/sharhlash
2022-06-22 23:33:36
Мурожаатга расмий муносабат.

"Bu yo'l Xalqaro ahamiyati M-39 " Almati — Bishkek — Toshkent — Shahrisabz — Termiz avtomobil yo'li bo'lib siz o'tgan qismi Sherobod tumani hududidan o'tuvchi joyi Xalqaro tender orqali Ozarbayjoning Akkort kompaniyasi tomonidan Ta'mirlash ishlari olib borilmoqda edi.

Qurilish to'xtab qolgani sababi Ular Bitumdi turkmaniston oladi ularning hisob raqami rassiya bankida ekanligi sababli pul o'tqazish ishlar amalga oshira olmay qoldi 30 sentyabrgacha muddat berilgan ko'rgan bo'lsayiz asfaltobeton qoplamasi yotqizish ishlar boshlab yuborilgan."

Каналга уланинг: https://t.me/muxbir1
5.1K views20:33
Ochish/sharhlash
2022-06-22 17:57:09
Коррупцияга қарши курашиш ва суд-ҳуқуқ масалалари қўмитаси ҳамда Демократик институтлар, нодавлат ташкилотлар ва фуқароларнинг ўзини-ўзи бошқариш органлари қўмиталарининг йиғилиши якуни бўйича Брифинг қисқа репортажда

Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
6.0K views14:57
Ochish/sharhlash
2022-06-22 16:19:21 Ўзбекистонда биринчилардан бўлиб “Ўзбекнефтгаз” АЖнинг 2021 йил учун тузилган молиявий ҳисоботига “Ernst & Young” халқаро компанияси томонидан ижобий аудиторлик хулоса берилди.

Бу ҳақда хабар берган “Ўзбекнефтгаз” АЖнинг Матбуот хизматига кўра, жаҳондаги йирик аудитор-консалтинг компанияларидан бири ҳисобланган, “Ernst & Young” компанияси томонидан “Ўзбекнефтгаз” АЖнинг 2016–2020 йиллардаги ҳисоботи учун ижобий аудиторлик хулосалари берилган эди.

Молиявий ҳисоботларнинг халқаро стандартлари асосида 2021 йил учун консолидациялашган молиявий ҳисоботи учун “Ernst & Young” халқаро аудиторлик компанияси томонидан ижобий аудиторлик хулосаси мавжудлиги “Ўзбекнефтегаз” АЖ томонидан кейинги ютуқларга эришиш, шу жумладан халқаро фонд бозорларида ўз акцияларини жойлаштириш муҳим туртки бўлиб хизмат қилади.
7.3K views13:19
Ochish/sharhlash