Get Mystery Box with random crypto!

Muslima ona kundaligi

Telegram kanalining logotibi muslima_ona_kundaligi — Muslima ona kundaligi M
Telegram kanalining logotibi muslima_ona_kundaligi — Muslima ona kundaligi
Kanal manzili: @muslima_ona_kundaligi
Toifalar: Bolalar parvarishi
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6.86K
Kanalning ta’rifi

Эслатинг! Зеро, эслатма мўминларга манфаат етказур "ЗОРИЁТ" сураси, 51-оят
Tarbiya borasidagi eng sara ma'lumotlar, psixologlar fikrlari, ota-onalarga tavsiyalar aynan shu kanalda.
Реклама учун - @reklama_uchun_malumot

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 29

2022-08-29 14:54:07 ​​​БОЛАЛАРГА ЁЛҒОН ГАПИРИШ...

Фарзандларга ёлгон гапириш керакми?

Болаларга ёлғон гапириш катта хато ва бу хато аксар ота-оналарда бор. Афсуски, биз бу хато болаларимизга қанчалик даражада салбий таъсир қилишини билмаймиз. Болалар бизнинг ёлғон гапирганимизни тушунмаслиги уларга ёлғон гапирса бўлади, дегани эмас. Чунки ёлғон гапириш ўзи бир гуноҳ бўлса, уни бошқаларга ўргатиш бошқа бир гуноҳ. Болалар бир қарашда ҳеч нарсани тушунмайдиган бўлиб кўринишсада, аслида биз ота-оналарнинг қилаётган ишларини қалбларига жо қилаётган бўлишади ва бизнинг бу хатоларимиз уларнинг келажакда шу хатоларни ўзларига одат қилиб олишларига сабаб бўлади.

Абдуллоҳ ибн Омир розияллоҳу анҳу шундай дейди: “Бир куни онам мени чақирди. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам бизникида ўтирган эдилар. «Ҳой ўғлим, келақол, сенга бир нарса бераман», — деди онам. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам онамдан: “Ўғлингга нима бермоқчисан?” – деб сўрадилар. «Хурмо бермоқчиман», — деб жавоб берди онам. Шунда Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам онамга: “Агар сен ҳеч нарса бермаганингда номаи аъмолингга “ёлғон гапирди” деб ёзилар эди” – дедилар. “Авнул-маъбуд” китобида мазкур ҳадиснинг шарҳида шундай дейилган: “Ҳадисга биноан, болалар йиғлаганда ёки шу каби ҳолатларда уларга бирон нарса бераман, деб ҳазиллашиш ёки йўқ нарса билан қўрқитиш ёлғон гапириш ҳисобланади ва бу иш ҳаромдир”.

Бола тарбияси ва тарбия йўллари ҳақида гапириш осон. Бироқ бу қоидаларни татбиқ қилиш, болаларни тўғри тарбиялаш учун тарбиячи болага ўргатмоқчи бўлган қадриятни ўз ҳаётида татбиқ қилиб кўрсатиши керак. Салафи солиҳларимиз мана шу йўлни тутишгани учун ўз фарзандларини рисоладагидек тарбиялай олишган. Акс ҳолда, болага оғзаки ҳар қанча ўргатсангиз ҳам, бефойда. Чунки болалар доим тарбиячини кузатиб туришади, тарбиячининг ҳар бир хатти-ҳаракати болага йўлланма бўлади. Чунки биз учун оддий ва арзимас саналган ишлар болалар наздида муҳим саналади. Шундай экан, тарбиячилар Соф сурасининг қуйидаги оятларини ўзларига шиор қилиб олишлари лозим: “Эй иймон келтирганлар, нимага қилмайдиган ишларингизни қиламиз, дейсизлар?! Қилмайдиган ишингизни қиламиз, деб айтишингиз Аллоҳ наздида улкан гуноҳдир”.
#bola_tarbiyasi

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Ayollar_uchun_retseptlar
@Muslima_ona_kundaligi
@Uddaburon_bekalar
@Foydali_tibbiyot_uz
@Homiladorlik_davri
@Dildagii_Satrlar
@Ogilmi_Qizmi
@love_ifor
1.6K viewsedited  11:54
Ochish/sharhlash
2022-08-29 14:53:52
#𝗤𝗢𝗭𝗢𝗡𝗨𝗭
#𝗞𝗢𝗡𝗞𝗨𝗥𝗦

𝗚𝗥𝗔𝗡𝗜𝗧 𝗤𝗢𝗭𝗢𝗡𝗟𝗔𝗥
𝗖𝗛𝗢𝗬𝗡𝗔𝗞𝗟𝗔𝗥
𝗞𝗔𝗣𝗚𝗜𝗥 𝗡𝗔𝗕𝗢𝗥𝗟𝗔𝗥
𝗧𝗢𝗩𝗔𝗟𝗔𝗥 𝗩𝗔 𝗕𝗢𝗦𝗛𝗤𝗔

𝗦𝗜𝗙𝗔𝗧 𝗩𝗔 𝗡𝗔𝗥𝗫 𝗨𝗬𝗚𝗨𝗡𝗟𝗜𝗚𝗜

𝗢𝗦𝗛𝗫𝗢𝗡𝗔𝗡𝗚𝗜𝗭 𝗨𝗖𝗛𝗨𝗡 𝗔𝗝𝗢𝗬𝗜𝗕, 𝗦𝗜𝗙𝗔𝗧𝗟𝗜 𝗛𝗔𝗥𝗜𝗗𝗟𝗔𝗥𝗡𝗜 𝗕𝗜𝗭𝗡𝗜 𝗞𝗔𝗡𝗔𝗟𝗗𝗔𝗡 𝗔𝗠𝗔𝗟𝗚𝗔 𝗢𝗦𝗛𝗜𝗥𝗜𝗡𝗚

𝗬𝗘𝗧𝗞𝗔𝗭𝗜𝗕 𝗕𝗘𝗥𝗜𝗦𝗛 🅑︎🅔︎🅟︎🅤︎🅛︎
https://t.me/+WRSNMG4B6skyZWVi
https://t.me/+WRSNMG4B6skyZWVi

#𝗜𝗗34
3.6K views11:53
Ochish/sharhlash
2022-08-29 10:02:29 ​​ Фарзандингизни суннатдан хабардор килинг

​​​​Фарзандингизнинг сочини тарасангиз, «Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам «Кимнинг сочи бўлса, уни парвариш қилсин», деганлар, ўша ҳадисга мувофиқ тараб қўйяпман» деб айтинг.

Ўғилчангизга атир суртсангиз, Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам «Менга бу дунёдан хушбўйлик аёллар маҳбуб қилинди. Намоз эса кўз қувончим қилинди», деганлар, ўша ҳадисга мувофиқ атир суртяпман» деб айтинг.

Фарзандингиз мактабга кетаётганда «Набий соллаллоҳу алайҳи васалламнинг «Ким илм талабида йўлга тушса, Аллоҳ унга жаннат йўлини осон қилиб қўяди», деган ҳадисларини эслатинг.

Фарзандингизга кулиб қараганингизда Набий соллаллоҳу алайҳи васалламнинг «Биродарингнинг юзига табассум билан боқишинг ҳам садақадир», деган ҳадисларини эслатинг.

Фарзандингизни мақтасангиз, Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам: «Яхши сўз ҳам садақадир», деганларини эслатинг.

Фарзандингизга овқат берганда Набий соллаллоҳу алайҳи васалламнинг «Челагингдан биродарингнинг челагига сув қуйишинг ҳам садақа», деган ҳадисларидан олганингизни айтинг.

Бирор йиғинда кексалар ҳам ўтирган бўлса, фарзандингизга уларни ҳурмат қилишни ўргатиб, Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам: «Кичикларимизга раҳм шафқат қилмаган, кексаларимизни эъзозламаганлар биздан эмас», деганларини айтинг.

Шу тариқа фарзанд тарбиясини суннат ва сийратга боғлаб, ҳадислар асосида таълим-тарбия беринг.

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Ayollar_uchun_retseptlar
@Muslima_ona_kundaligi
@Uddaburon_bekalar
@Foydali_tibbiyot_uz
@Homiladorlik_davri
@Dildagii_Satrlar
@Ogilmi_Qizmi
@love_ifor
1.9K views07:02
Ochish/sharhlash
2022-08-29 09:01:10
Sog‘lom va go'zal qomat egasi bo'lmoqchimisiz?

Sinalgan usulda zararsiz va sog'lom ozishni istasangiz, biz bilan Go'zal qomat, sog'lom tana va to'g'ri hayot tarzini yarating.

Hech qanday dori va kokteyllarsiz ozishni istaganlar uchun.

Hamma erkaklar nozik va idealda yuradigan ayollarni yoqtirishadi, shunday ekan siz ham biz bilan to'g'ri ovqatlanib sog'lom ozing.

Yangi "To'g'ri ovqatlanish orqali sog'lom va go'zal ozish" Marafoniga a'zo bo'ling!

Marafon narxi:
1oyga 50.000 so'm, shoshiling!


Murojaat uchun: @fazilatxon2020

https://t.me/pp_trener_dilnozaxon
1.4K views06:01
Ochish/sharhlash
2022-08-29 05:02:38 Bola dunyoni, atrofni ota-ona ko'zlari bilan anglaydi. Ota-onaga nima yomon bo'lsa, bola shuni yomon deb hisoblaydi. Ota-ona kimni xush ko'rsa, bola uchun u inson yaxshi bo'ladi. Bu holat bolani 10-12 yoshiga qadar davom etadi. Undan keyin bola o'zi xulosa qilishga o'rganishni boshlaydi. Shunday ekan, bolaning har bir harakati - bu ko'zgudagi sizning aksingiz.

Bola qo'pol gaplashmoqdami, o'zingiz qilayotgan muomalangizga nazar soling;

bola ukasiga jahl qilsa, uni o'zini urushishni yo'qqa chiqaring,

bola sizga jerkiyaptimi, turmush o'rtog'ingizga jerkiyotganingizda ehtiyot bo'ling.

Albatta oiladan tashqari bolaga bog'cha, maktab, do'st-dugonalar ham katta ta'sir ko'rsatadi. Lekin u uchun ota-ona eng birinchi taqlid misolidir. Shunday ekan, oilada siz o'zingiz bolangiz qanday bo'lishini istaganingizcha bo'la olsangiz, ya'ni u uchun eng yaxshi misol bo'lsangiz, unga tashqi muhitning ta'siri yuqishi qiyin bo'ladi.

Bir eslab ko'ring, farzandingiz bilan mehmonga borganingizda u ayb ish qilib qo'ysa, unga jahl qilasiz, aslida siz o'zingizdan uyalasiz, o'zingiz farzandingizga yaxshi xulq misoli bo'la olmaganingizdan uyalasiz. Bola esa negadir aybdor?!
Bolani tarbiya qilishda eng muhim va eng ta'sirchan vosita bu misoldir. Siz bola uchun ibrat bo'la oling.

Qizingiz muloyim bo'lishini istasangiz, u bilan, atrofdagilar bilan muloyim gaplashing; o

O'g'lingiz mehribon bo'lishini xohlasangiz, unga o'yinchoq emas, mehr va e'tibor ko'proq bering.

Maktabga boradigan bola ovqatlanish odobini bilishini niyat qilsangiz, unga "To'g'ri ye, chappillatma, g'imirlama,"-deb hadeb befoyda o'qtiravermasdan, uning ko'ziga ko'rinarli qilib o'zingiz odobli ovqatlaning.

Bola xursand bo'lib yurishini istasangiz, o'zingiz kulib yuring,

bola o'ziga ishongan bo'lib voyaga yetishini maqsad qilsangiz, unga ishonch to'la ko'zlarbilan qarang. "Bunday o'qishing bilan sendan farroshdan boshqa hech kim chiqmaydi,"-desangiz aynan shunday bo'ladi.

Bolaga ota-onaning unga bo'lgan munosabati hayotida eng asosiy ahamiyat kasb etadi.
Xuddi shunday salbiy yurish-turush ham bolaga ota-onadan o'tadi.

Agar bolaga shokolad yeyishni man qilsangiz o'zingiz ham uni oldida shokolad yeb o'tirmang:

koka-kola bolaga zarar ekanligini bilasiz, lekin o'zingiz uni oldida bemalol koka-kolani ichasiz.
Bundan keyin unga man qilish bekor gap bo'lmaydimi? Bolaga man qilingan narsa uning oldida ota-ona tomonidan ham qilinmasligi kerak. "Biz kattamiz" degan gapni bola hali anglamaydi, shuning uchun uni shunchaki aldashayotganini his qiladi xolos.

Bolaga uyda qanchalik ko'p ijobiy"rasm"lar ko'rsatilsa, u shunchalik ijobiy bo'lib o'sadi va unga katta bo'lganida boshqalarning salbiy ta'siri yuqishi qiyin bo'ladi. Bolaning o'sayotgan ongi uyda ijobiy "rasm" lar (xulq, muomala, turmush, ovqatlanish tarzi, ota-onaning o'zaro munosabati...)ga to'ldirilib borilmasa, u o'z hayotini boshlayotganda ko'chada, do'stlarida, qo'shnida ko'rgan"rasm" lar bilan boshlaydi. Agar ularijobiy bo'lsa, uning omadi, unday bo'lmasa-chi?

Ijobiy "rasm" deganda biz nimani tushunishimiz mumkin:

avallambor ota-onaning bolaga bo'lgan mehri, e'tirbori;

ota-onaning bir-biriga bo'lgan hurmat va e'tibori;

oilada kattalarga bo'lgan hurmat;

chekish, ichish kabi salbiy holatlar bolaning ko'ziga ko'rinmasligi;

bolani urmaslik, so'kmaslik;

bolani hurmat qilish;

uyda bolaning ko'zi oldida koka-kola, pivo, shokolad, konfetlarni kattalar iste'mol qilinmasligi;

ovqatlanish odobi;

odob;

ma'suliyat;

hayvonlarga mehr;nochorlarga yordam qo'lini cho'zish va hokazo.

Bu misollarni cheksiz keltirsa bo'ladi. Eng asosiysi bu tilda emas, ota-onalar amalida bo'lishi kerak.

"Sen kattalarni hurmat
qilishing kerak,"-deyishni o'rniga, o'zingiz kattalarni hurmatini joyiga qo'ying.

"Chekish mumkin emas" deyish o'rniga bolani oldida chekmang. Bola shunday ijobiy ko'mak bilan katta bo'lsa, u o'zi juda mehribon, muloyim va sizga yoqadigan bo'ladi. Uning tarbiyasi sizni xursand qiladi. Yaxshi va yomonning farqiga bora oladi. Chunki u bolaligidan "yaxshi" nima ekanligini biladi.

@Muslima_ona_kundaligi
1.8K views02:02
Ochish/sharhlash
2022-08-29 05:02:38
#tarbiya
Bolalar eshitganini emas ko‘rganini qiladilar
#esda_tuting
1.5K views02:02
Ochish/sharhlash
2022-08-29 05:01:31
@Chinniuz va @Chinniuz_home da
HALOL BO'LIB TO'LASH

Endilikda Oshxonangiz va mexmonxonangiz uchun kerakli buyumlarni bizdan xarid qiling va halol bo'lib to'lang. Yoki katta chegirma bilan naqd pulga oling

Ovoragarchliksiz
Jarimalarsiz
Plastik karta va pasport
Islom shariati buyicha

O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish bepul

Uydan chiqmagan xolatda online buyurtma bering

Kanalimiz
https://t.me/chinniuz
https://t.me/chinniuz_home

#ID001
1.3K views02:01
Ochish/sharhlash
2022-08-28 18:02:22Ayol kishining eng asosiy va mashaqqatli vazifalaridan biri bu bola tarbiyasi.

Ko'pincha bolalarimizdagi holatlarni tushunolmay qolamiz, to'g'ri tarbiya beryapmanmikan deb o'ylanamiz.

Ba'zan tarbiya uchun qo'llagan usullarimiz teskari ta'sir qilib ularning ruhiyatini yanada buzib qo'yamiz.

Shuning uchun doimo shirin so'zlar bilan ularni chiroyli namunali qilib tarbiyalab boraylik

​​​​ Farzandingizga doimo aytib turishingiz kerak bo'lgan 9 ta gaplarni sizlarga aytib o'tmoqchiman:

1 Sen kuchlisan, yengilma!!
2 Men doimo sen bilanman!
3 Hammasini uddalaysan!
4 Men senga ishonaman!
5 Men sen bilan fahrlanaman!
6 Menga yordam berayotganing uchun raxmat!
7 Men seni yaxshi ko'raman!
8 Men senga ishonaman!
9 Bugungi kuning qanday o'tdi?

Mexr e'tirboringizni ayamang.

Ko'proq bag'ringizga bosib quchoqlab turing.

Erkalating bolaligini his qilsin.

Bolani urmang.  

Bolaga nima yaxshiyu nima yomonligini tushuntirishdan erinmang.

bola_tarbiyasi

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Ayollar_uchun_retseptlar
@Muslima_ona_kundaligi
@Uddaburon_bekalar
@Foydali_tibbiyot_uz
@Homiladorlik_davri
@Dildagii_Satrlar
@Ogilmi_Qizmi
@love_ifor
2.0K views15:02
Ochish/sharhlash