Get Mystery Box with random crypto!

Bola dunyoni, atrofni ota-ona ko'zlari bilan anglaydi. Ota-ona | Muslima ona kundaligi

Bola dunyoni, atrofni ota-ona ko'zlari bilan anglaydi. Ota-onaga nima yomon bo'lsa, bola shuni yomon deb hisoblaydi. Ota-ona kimni xush ko'rsa, bola uchun u inson yaxshi bo'ladi. Bu holat bolani 10-12 yoshiga qadar davom etadi. Undan keyin bola o'zi xulosa qilishga o'rganishni boshlaydi. Shunday ekan, bolaning har bir harakati - bu ko'zgudagi sizning aksingiz.

Bola qo'pol gaplashmoqdami, o'zingiz qilayotgan muomalangizga nazar soling;

bola ukasiga jahl qilsa, uni o'zini urushishni yo'qqa chiqaring,

bola sizga jerkiyaptimi, turmush o'rtog'ingizga jerkiyotganingizda ehtiyot bo'ling.

Albatta oiladan tashqari bolaga bog'cha, maktab, do'st-dugonalar ham katta ta'sir ko'rsatadi. Lekin u uchun ota-ona eng birinchi taqlid misolidir. Shunday ekan, oilada siz o'zingiz bolangiz qanday bo'lishini istaganingizcha bo'la olsangiz, ya'ni u uchun eng yaxshi misol bo'lsangiz, unga tashqi muhitning ta'siri yuqishi qiyin bo'ladi.

Bir eslab ko'ring, farzandingiz bilan mehmonga borganingizda u ayb ish qilib qo'ysa, unga jahl qilasiz, aslida siz o'zingizdan uyalasiz, o'zingiz farzandingizga yaxshi xulq misoli bo'la olmaganingizdan uyalasiz. Bola esa negadir aybdor?!
Bolani tarbiya qilishda eng muhim va eng ta'sirchan vosita bu misoldir. Siz bola uchun ibrat bo'la oling.

Qizingiz muloyim bo'lishini istasangiz, u bilan, atrofdagilar bilan muloyim gaplashing; o

O'g'lingiz mehribon bo'lishini xohlasangiz, unga o'yinchoq emas, mehr va e'tibor ko'proq bering.

Maktabga boradigan bola ovqatlanish odobini bilishini niyat qilsangiz, unga "To'g'ri ye, chappillatma, g'imirlama,"-deb hadeb befoyda o'qtiravermasdan, uning ko'ziga ko'rinarli qilib o'zingiz odobli ovqatlaning.

Bola xursand bo'lib yurishini istasangiz, o'zingiz kulib yuring,

bola o'ziga ishongan bo'lib voyaga yetishini maqsad qilsangiz, unga ishonch to'la ko'zlarbilan qarang. "Bunday o'qishing bilan sendan farroshdan boshqa hech kim chiqmaydi,"-desangiz aynan shunday bo'ladi.

Bolaga ota-onaning unga bo'lgan munosabati hayotida eng asosiy ahamiyat kasb etadi.
Xuddi shunday salbiy yurish-turush ham bolaga ota-onadan o'tadi.

Agar bolaga shokolad yeyishni man qilsangiz o'zingiz ham uni oldida shokolad yeb o'tirmang:

koka-kola bolaga zarar ekanligini bilasiz, lekin o'zingiz uni oldida bemalol koka-kolani ichasiz.
Bundan keyin unga man qilish bekor gap bo'lmaydimi? Bolaga man qilingan narsa uning oldida ota-ona tomonidan ham qilinmasligi kerak. "Biz kattamiz" degan gapni bola hali anglamaydi, shuning uchun uni shunchaki aldashayotganini his qiladi xolos.

Bolaga uyda qanchalik ko'p ijobiy"rasm"lar ko'rsatilsa, u shunchalik ijobiy bo'lib o'sadi va unga katta bo'lganida boshqalarning salbiy ta'siri yuqishi qiyin bo'ladi. Bolaning o'sayotgan ongi uyda ijobiy "rasm" lar (xulq, muomala, turmush, ovqatlanish tarzi, ota-onaning o'zaro munosabati...)ga to'ldirilib borilmasa, u o'z hayotini boshlayotganda ko'chada, do'stlarida, qo'shnida ko'rgan"rasm" lar bilan boshlaydi. Agar ularijobiy bo'lsa, uning omadi, unday bo'lmasa-chi?

Ijobiy "rasm" deganda biz nimani tushunishimiz mumkin:

avallambor ota-onaning bolaga bo'lgan mehri, e'tirbori;

ota-onaning bir-biriga bo'lgan hurmat va e'tibori;

oilada kattalarga bo'lgan hurmat;

chekish, ichish kabi salbiy holatlar bolaning ko'ziga ko'rinmasligi;

bolani urmaslik, so'kmaslik;

bolani hurmat qilish;

uyda bolaning ko'zi oldida koka-kola, pivo, shokolad, konfetlarni kattalar iste'mol qilinmasligi;

ovqatlanish odobi;

odob;

ma'suliyat;

hayvonlarga mehr;nochorlarga yordam qo'lini cho'zish va hokazo.

Bu misollarni cheksiz keltirsa bo'ladi. Eng asosiysi bu tilda emas, ota-onalar amalida bo'lishi kerak.

"Sen kattalarni hurmat
qilishing kerak,"-deyishni o'rniga, o'zingiz kattalarni hurmatini joyiga qo'ying.

"Chekish mumkin emas" deyish o'rniga bolani oldida chekmang. Bola shunday ijobiy ko'mak bilan katta bo'lsa, u o'zi juda mehribon, muloyim va sizga yoqadigan bo'ladi. Uning tarbiyasi sizni xursand qiladi. Yaxshi va yomonning farqiga bora oladi. Chunki u bolaligidan "yaxshi" nima ekanligini biladi.

@Muslima_ona_kundaligi