Get Mystery Box with random crypto!

Muslima ona kundaligi

Telegram kanalining logotibi muslima_ona_kundaligi — Muslima ona kundaligi M
Telegram kanalining logotibi muslima_ona_kundaligi — Muslima ona kundaligi
Kanal manzili: @muslima_ona_kundaligi
Toifalar: Bolalar parvarishi
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6.86K
Kanalning ta’rifi

Эслатинг! Зеро, эслатма мўминларга манфаат етказур "ЗОРИЁТ" сураси, 51-оят
Tarbiya borasidagi eng sara ma'lumotlar, psixologlar fikrlari, ota-onalarga tavsiyalar aynan shu kanalda.
Реклама учун - @reklama_uchun_malumot

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 21

2022-09-09 17:30:54 Har doim, farzandingiz qanday ayb ish sodir etmasin va siz qanchalik jahlingiz chiqmasin, uyqudan oldin hamma bir-birini kechirishi, bolalar esa o'zlarini kerakli, sevimli ekanini his qilib uyquga ketishi lozim.

Albatta, tungi tinch uyquning muhim ekanligini aytib oʻtishga hojat yoʻq. Qolaversa, tunda hamma uxlab yotganida, oddiy koyishlar ham juda  katta baxtsizlikdek tuyuladi. Hatto biz kattalar uchun ham. Kechasi yig'lagan bolangiz ertalab buni unutib, o'ziga kelishi ham  mumkin. Biroq bu ko'z yoshlari uning ruhiyatida bir umrlik  iz qoldirishi ham mumkin.

Agar bir kunlik “tarbiya” yetarli emas deb hisoblasangiz, farzandingizni tinch uxlashga qoʻyib bering. Ertasi kuni muammoni muhokama qilishni davom ettirishingiz mumkin.

Lekin hech qachon bolangiz yig'lab, mahzun  holda uxlab qolishiga yo'l qo'ymang!

#tarjima

GiyosiddinYusuf

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Ayollar_uchun_retseptlar
@Muslima_ona_kundaligi
@Uddaburon_bekalar
@Foydali_tibbiyot_uz
@Homiladorlik_davri
@Dildagii_Satrlar
@Ogilmi_Qizmi
@love_ifor
1.8K views14:30
Ochish/sharhlash
2022-09-09 09:21:19 #onalar_uchun
Farzandlaringizni onasi “charchadim” desa, bu shunchaki charchoq emas, bu soʻzning ostida olam - olam maʼno yotishi mumkin.

Charchoqga hamma xar - hil qaraydi, ahir bizda ayollar “charchash”maydi, ayollarga charchash taʼqiqlangan. Ayniqsa uyida mazza qilib “oʻtiradigan” va kuuuun boʻyi “hech nima” qilmaydigan uy bekalari va onalarga.

Aslida u boshqa bir nimadur deyaptiyu, siz uni eshitmayabsiz. “Bagʻringga bos”. “Mehnatimni qadrla”. “Kim uchundir emas, oʻzim uchun ham yashashimga imkon ber”. “Menga sen uchun qanchalik qadrli ekanimni eslat”. “Yonimdaligingni ayt”. “Biz bugun duch kelayotgan va ertaga hal qilishimiz kerak boʻlgan musibatlarni birgalikda yengib oʻtamiz” de.

U “charchadim” deydi. Lekin, koʻpligidan sababini ajratib boʻlmaydigan xavotirlardan asablarini idrab ketganini aytmaydi.

“Bundan ham yaxshiroq qilish mumkin edi”dan qochib, “odamlarning kelini palondaqa ekan”ga toʻqishib yiqilganini, vazifasi boʻlmasa ham yoʻq joydan yelkasiga ortib qoʻyganingiz masʼuliyatlardan, har kuni toʻrt devor orasida oʻzidan boshqa hammaning koʻngliga qarashdan, “sugʻur kuni”dek qaytariladigan hayotdan zerikganini, mukammal, yaltiroq boʻlishdan charchaganini aytmaydi.

Avvalgi “oʻzi” boʻlishni sogʻingani aytmaydi. Toʻgʻri, farzandlari tugʻilishi bilan qalbida paydo boʻlgan va chuqur ildiz otgan mehr-muhabbat uning uchun bebaho, ammo bular mutlaqo boshqa - boshqa tuygʻular.

Yoʻnalishlarni oʻzgartirishni istashini, uzoq ufqlarga vijdon azobisiz va hech qachon tugamaydigan kundalik tashvishlarsiz sayohat qilishni istashini aytmaydi. Keyinchalik, eslab yuziga tabassum yuguradigan va qalbini mehr-muhabbatga, zavqqa toʻldiradigan xotiralarni istashini aytmaydi.

“Charchadim” deydi. Aslida esa, “meni yupat”, “men bilan boʻl”, “menga ham vaqt ajrat”, “tilingni shirinroq qil” deyotgan boʻladi. Baxt haqidagi oʻziga hos orzularining eng boshida muhabbat turishini ayta olmaydi.

“Charchadim” deydi. Aslida esa, oʻzimni kerakli insondek his qilishimga yordam ber deydi. Masʼuliyat va mehnatning bir qismini sen ham yelkangga ol deyotgan boʻladi.

U charchagan. Aslida esa, “men ham tanamga gʻamxoʻrlik qilishim kerak” - deyapti. Unga gʻamxoʻrlik qilish, kasal vaqtida davolash, mazali taomlantirish, uhlash, charchoqni chiqarib yuborish, oʻzligini his qilish, goʻzalligini his qilishni istashini anglatadi. Oʻziniki boʻlmagan yuklarni koʻtaraverib charchagan yelkalari, sizga farzand dunyoga keltiraman deb tanasiga tushgan chiziqlar, quruqshab ketgan terisi, qoʻpollashib ketgan tovonlari, toʻkilayotgan sochlari, ajin tushib boshlayotgan yuzlari parvarishga muhtoj ekanini aytayotgan boʻladi.

Jonimga tegdi deydi. Aslida esa, “shamollab kelishim kerak” deyotgan boʻladi. Chunki ichida bir hillikdan, qaytariluvchi nasihat va taʼmalardan, ruhiyatini zildek ezuvchi “chida” “sabr qil”lar bilan, bolalaringiz va ota-onangizning injiqliklaridan toʻlib ketgan bir ruhiyati bor uning.

Charchoq - bir soʻz holos. Ortida esa qanchadan-qancha maʼnolar, iltimoslar, jimliklar, ehtiyojlar, sukutlar yashiringan...

Mingʻillab jonimga tegding, hamma sharoiting bor, oʻzi ayol zoti tovuqmiya, noshukur boʻladi deyishdan oldin, shular haqida oʻylab koʻring...

Ayolga ayolligini bermay turib, qanday qilib, qaysi vijdon bilan oʻzingizga boshqa ayol qidirasiz?

Raxshonaxon Muzaffar Qizi

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Ayollar_uchun_retseptlar
@Muslima_ona_kundaligi
@Uddaburon_bekalar
@Foydali_tibbiyot_uz
@Homiladorlik_davri
@Dildagii_Satrlar
@Ogilmi_Qizmi
@love_ifor
2.1K views06:21
Ochish/sharhlash
2022-09-09 09:21:19 #foydali
​​Oilada katta yoki kichik narsa boʻlmaydi. Hamma narsa, hatto, eng oddiy boʻlib koʻringan oilaviy munosabatlar ham bolaga taʼsir koʻrsatadi. Aynisqa, rostgoʻylik, samimiylik, sadoqatlilik, shirin suxan boʻlish bola kamolotidagi zarur hayotiy vositalardan biridir.

― Abu Ali ibn Sino

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Ayollar_uchun_retseptlar
@Muslima_ona_kundaligi
@Uddaburon_bekalar
@Foydali_tibbiyot_uz
@Homiladorlik_davri
@Dildagii_Satrlar
@Ogilmi_Qizmi
@love_ifor
1.6K views06:21
Ochish/sharhlash
2022-09-09 09:21:19
#tarbiya
BOLA TARBIYASIDAGI XATOLAR !!!

Kattalar kamchiliklari bolalar oldida muhokama qilinadi. Bizda buning keng tarqalgan ko‘rinishi – onaning xatosini ota yoki qaynona bolalar oldida gapiradi.

Natijada farzand tarbiyachisining gaplarini jiddiy qabul qilmaydi va fikrini ham hurmat qilmay qo‘yadi.

Sizning fikringiz qanday? Farzand tarbiyasida nimalarga ko'proq e'tibor berishlik kerak?

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Ayollar_uchun_retseptlar
@Muslima_ona_kundaligi
@Uddaburon_bekalar
@Foydali_tibbiyot_uz
@Homiladorlik_davri
@Dildagii_Satrlar
@Ogilmi_Qizmi
@love_ifor
1.7K views06:21
Ochish/sharhlash
2022-09-09 04:15:23 Nega bunday qilding? Endi Alloh seni jazolaydi! Nega bunday deding? Endi Alloh seni jazolaydi!

Shu va shunga oʻxshash soʻzlar sizga tanishmi? Afsuski , koʻpchiligimiz ularni ishlatganimizda farzandlarimizda Xoliqdan qoʻrqish hissini uygʻotmoqchi boʻlamiz-u, lekin bu farzandimizning Alloh haqidagi tasavvuriga qanday tasir qilishi haqida oʻylab koʻrmaymiz.

Birinchidan, Alloh hech qachon bolalarni jazolamaydi, demak biz oʻylamasdan yolgʻon gapiryapmiz.

Ikkinchidan, aytgan gaplarimiz bolalarning Alloh bilan munosabatiga qanday taʼsiri qilishini hisobga olishimiz kerak.
Bolalarda voqelikni qabul qilish umuman boshqacha. Agar ularga Allohni jazolashi haqida gapirsak ularda Alloh badjahl degan tasavvur qoladi. Buning natijasida ular muhabbati tufayli emas, Allohdan toʻgʻri maʼnoda qoʻrqishni boshlashadi. Unutmasligimiz kerakki, bolalarda fantaziya juda kuchli, ular narsalarni biz xohlagandek tasavvur qilishmaydi, qoʻrqitish tufayli ular qalbidan muhabbatni chiqarib yuborishimiz mumkin.

Demak, biz qoʻrquv emas muhabbat uygʻotishga harakat qilishimiz kerak ekan.

Qanday qilib muhabbat uygʻotishimiz mumkin?

1. Tez tez Alloh bandalariga rahmli va mehrli ekani haqidagi hadisni bolalarga eslatib, aytib turish;

2. Alloh bolalarni jazolamasligi haqida gapirish, ularni yaxshi koʻrganidan notoʻgʻri ishlarini ham kechirishi eslatib turish;

3. Jannat va jannatga tushish uchun qilinishi mumkin boʻlgan yaxshi amallar haqida gapirish;

4. Alloh bizga bergan neʼmatlarini eslatib koʻrsatib turish;

5. Bolalarni Allohdan soʻrab duo qilishga oʻrgatish; ( Alloh hamma duolarni qabul qiladi)

6. Allohni Rahmli, Mehribon, Karami keng va eng asosiysi Kechiruvchi ekanini koʻp marotaba takrorlash;

7. Alloh yaratgan narsalarga bolalarni eʼtiborini qaratish va bu narsalar qanday moʻjiza ekani haqida suhbat qurish.

Demak, negativ narsalar emas, balki pozitiv, yaxshi narsalarga eʼtiborimizni qaratish bilan bolalarda yaxshiroq inson, musulmon boʻlishga motivatsiya uygʻotishimiz mumkin. Axir farzandlarimiz islomga qoʻrqqanidan emas, Allohga muhabbati sababli amal qilsa qanday chiroyli?!

Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz alayhissalom shunday marhamat qiladi: “Har bir farzand musulmon fitratida tugʻiladi, lekin uni yahudiyga aylantirib yuboradigan ham, nasroniy yoki majusiyga aylantirib yuboradigan ham uning ota-onasidir”.

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Ayollar_uchun_retseptlar
@Muslima_ona_kundaligi
@Uddaburon_bekalar
@Foydali_tibbiyot_uz
@Homiladorlik_davri
@Dildagii_Satrlar
@Ogilmi_Qizmi
@love_ifor
1.9K views01:15
Ochish/sharhlash
2022-09-07 05:16:09 #onalar_uchun
​​Farzandingizda o'ziga bo'lgan ishonchini qanday uyg'otsa bo'ladi?

Katta savdogar biznesmen insondan so'raldi. Siz qanday qilib shunday saviyaga yutuqqa yetib keldingiz? universitetda o'qimagan ekansiz, ko'p kitobxam o'qimagansiz, lekin sizda o'zingizga bo'lgan ishonch judaxam yuqori?

Men qishloqda tug'ilganman, Ota onam o'qish yozishni bilmas edilar. Bir kuni uyga berilgan vazifani tushunmadim va onamdan so'radim, "Onam shunda ko'zlariga yosh olib bolam men o'qishni bilmayman lekin men ishonamanki sen o'qiysan buyuk inson bo'lasan; deb quchoqlab yeg'lab yubordilar" shunda men ona men o'qiyman, katta yutuqlarga erishaman dedim
Onamning mehridan kundan kunga ilmga bo'lgan qiziqishim oshib va bu menga juda katta *mativatsiya* bo'lgan.

Bu yutuqlarga erishishimda onamning menga bergan mehri, va menga bo'lgan ishonchi sabab bo'lgan.

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Ayollar_uchun_retseptlar
@Muslima_ona_kundaligi
@Uddaburon_bekalar
@Foydali_tibbiyot_uz
@Homiladorlik_davri
@Dildagii_Satrlar
@Ogilmi_Qizmi
@love_ifor
184 viewsedited  02:16
Ochish/sharhlash
2022-09-07 05:16:09 #tarbiya
​​Farzand, ba’zi narsalarni amalga oshirishga qodirligini his etishi, uni xursand qiladi.

Qilgan ishini maqtab, mukofotlash orqali bolangizni shijoatlantirib turing.

Unutmang!
Bola uchun eng kotta ko'makdosh, ota-ona bo'ladi

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Ayollar_uchun_retseptlar
@Muslima_ona_kundaligi
@Uddaburon_bekalar
@Foydali_tibbiyot_uz
@Homiladorlik_davri
@Dildagii_Satrlar
@Ogilmi_Qizmi
@love_ifor
175 viewsedited  02:16
Ochish/sharhlash
2022-09-06 17:59:35 ᵧₒᵤᶫᵒᵛᵉᵧₒᵤᶫᵒᵛᵉᵧₒᵤᶫᵒᵛᵉᵧₒᵤᶫᵒᵛᵉᵧₒᵤᶫᵒᵛᵉᵧₒᵤᶫᵒᵛᵉᵧₒᵤᶫᵒᵛᵉᵧₒᵤᶫᵒᵛᵉᵧₒᵤᶫᵒᵛᵉᵧₒᵤᶫᵒᵛᵉᵧₒᵤᶫᵒᵛᵉᵧₒᵤᶫᵒᵛᵉᵧₒᵤᶫᵒᵛᵉᵧₒᵤᶫᵒᵛᵉᵧₒᵤ. ᶫᵒᵛᵉᵧₒᵤᶫᵒᵛᵉᵧₒᵤᶫᵒᵛᵉᵧₒᵤᶫᵒᵛᵉᵧₒᵤᶫᵒᵛᵉᵧₒᵤᶫᵒᵛᵉᵧₒᵤᶫᵒᵛᵉᵧₒᵤᶫᵒᵛᵉᵧₒᵤᶫᵒᵛᵉᵧₒᵤᶫᵒᵛᵉᵧₒᵤᶫᵒᵛᵉᵧₒ
ᶫᵒᵛᵉᵧₒᵤᶫᵒᵛᵉᵧₒᵤᶫᵒᵛᵉᵧₒᵤᶫᵒᵛᵉᵧₒᵤᶫᵒᵛᵉᵧₒᵤᶫᵒᵛᵉᵧₒᵤᶫᵒᵛᵉᵧₒᵤᶫᵒᵛᵉᵧₒᵤᶫᵒᵛᵉᵧₒᵤᶫᵒᵛᵉᵧₒᵤᶫᵒᵛᵉᵧₒᵤᶫᵒᵛᵉᵧₒᵤᶫᵒᵛᵉᵧₒᵤᶫᵒᵛᵉᵧₒᵤᶫᵒᵛᵉᵧₒᵤ. ᶫᵒᵛᵉᵧₒᵤᶫᵒᵛᵉᵧₒᵤᶫᵒᵛᵉᵧₒᵤᶫᵒᵛᵉᵧₒᵤᶫᵒᵛᵉᵧₒᵤᶫᵒᵛᵉᵧₒᵤᶫᵒᵛᵉᵧₒᵤᶫᵒᵛᵉᵧₒᵤᶫᵒᵛᵉᵧₒᵤᶫᵒᵛᵉᵧₒᵤᶫᵒᵛᵉᵧₒᵤᶫᵒᵛᵉᵧₒᵤᶫᵒᵛᵉᵧₒᵤᶫᵒᵛᵉᵧₒᵤᶫᵒᵛᵉᵧₒᵤ. ᶫᵒᵛᵉᵧₒᵤᶫᵒᵛᵉᵧₒᵤᶫᵒᵛᵉᵧₒᵤᶫᵒᵛᵉᵧₒᵤᶫᵒᵛᵉᵧₒᵤᶫᵒᵛᵉᵧ

Love so'zini ustiga bosib ko'ring mo'jiza ro'y beradi
1.1K views14:59
Ochish/sharhlash
2022-09-06 16:23:02 Оналар уч хил бўлар экан:
Биринчиси, боласига бир пайпоқ ёки қанд олиб берганида, “қани айтчи, болам, буни сенга ким олиб берди?” деб сўрар, шу тариқа боласини ўзига йўналтирар, ўзини кўрсатар экан;
Иккинчиси, ҳар совға олганида, “болам, буни мен олиб бердим, лекин даданг соғ бўлсин, унинг пулига олдим. У ишлаб пул топмаса, ололмасдик” деб болани отасига боғлар экан;
Учинчиси,буни мен олган бўлсам ҳам, пулини даданг ишлаб топган бўлса ҳам, аслида Аллоҳ бизни, сени шу билан ризқлантирди. Ҳаммаси унинг марҳаматидир” деб, Аллоҳни эслатар экан. Миннатни, шукрни ёлғиз Аллоҳга қолдирар, иймон ва тақво учун жиддий бир пойдевор қўяр экан.

Биринчиси, онадир, иккинчиси вафоли ва ақлли онадир, учинчиси эса, вафоли, ақлли ва исломий онадир. У ҳам она, ҳам тарбиячи, ҳам ўқитувчидир. Аллоҳ бизларни болаларимизга учинчи тоифадаги ота-она бўлмоқликни насиб этсин.

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Ayollar_uchun_retseptlar
@Muslima_ona_kundaligi
@Uddaburon_bekalar
@Foydali_tibbiyot_uz
@Homiladorlik_davri
@Dildagii_Satrlar
@Ogilmi_Qizmi
@love_ifor
1.3K views13:23
Ochish/sharhlash
2022-09-06 15:07:33
У кир ювиш машинасини суратга олди ва 2 дақиқадан сўнг бутун Интернет унинг ўлимини тилаб қолди!

32 ёшли қиз кир ювиш машинасини сотишга қарор қилди. Қиз ускунани суратга олиб, суратни сайтга жойлаштирди. 5 дақиқа ўтди ва телефон жиринглади, лекин мижоз билан гаплашгандан сўнг, қиз ўзига ланат ўқий бошлади чунки ...‌‌
970 views12:07
Ochish/sharhlash