Get Mystery Box with random crypto!

Muslima ona kundaligi

Telegram kanalining logotibi muslima_ona_kundaligi — Muslima ona kundaligi M
Telegram kanalining logotibi muslima_ona_kundaligi — Muslima ona kundaligi
Kanal manzili: @muslima_ona_kundaligi
Toifalar: Bolalar parvarishi
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6.86K
Kanalning ta’rifi

Эслатинг! Зеро, эслатма мўминларга манфаат етказур "ЗОРИЁТ" сураси, 51-оят
Tarbiya borasidagi eng sara ma'lumotlar, psixologlar fikrlari, ota-onalarga tavsiyalar aynan shu kanalda.
Реклама учун - @reklama_uchun_malumot

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 23

2022-09-05 18:59:01
▁▁▁▁▁▁▁▁
АСР НАМОЗИ БУЛДИ
▔▔▔▔▔▔▔▔
АЁЛЛАР УЧУН
(Ҳанафий мазҳабида)

Уз вактида укишлик фарздир.

Ибодатларимиз кабул булсин амин.

Инсон намозга турганда гуноҳлари олиб келинади ва ҳар рукуъ сажда қилганда тўкилиб боради (хадис)

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Ayollar_uchun_retseptlar
@Muslima_ona_kundaligi
@Uddaburon_bekalar
@Foydali_tibbiyot_uz
@Homiladorlik_davri
@Dildagii_Satrlar
@Ogilmi_Qizmi
@love_ifor
523 views15:59
Ochish/sharhlash
2022-09-05 18:59:01
▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁
ПЕШИН НАМОЗИ БУЛДИ
▔▔▔▔▔▔▔▔▔▔
АЁЛЛАР УЧУН
(Ҳанафий мазҳабида)

Уз вактида укишлик фарздир.

Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам:

" Исломда энг муҳим масала ва унинг таянчи намоздир", деди.

Шунингдек, у шундай деди: "билингки, сизнинг ҳаракатларингизнинг энг яхшиси намоздир!"


@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Ayollar_uchun_retseptlar
@Muslima_ona_kundaligi
@Uddaburon_bekalar
@Foydali_tibbiyot_uz
@Homiladorlik_davri
@Dildagii_Satrlar
@Ogilmi_Qizmi
@love_ifor
526 views15:59
Ochish/sharhlash
2022-09-05 18:59:01
БОМДОД НАМОЗИ - АЁЛЛАР УЧУН ( ХАНАФИЙ МАЗХАБИДА )

БОМДОД НОМОЗИ БУЛДИ!

Уз вактида укишлик фарздир.

Ибодатларимиз кабул булсин амин.

Инсон намозга турганда гуноҳлари олиб келинади ва ҳар рукуъ сажда қилганда тўкилиб боради (Хадисдан)

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Ayollar_uchun_retseptlar
@Muslima_ona_kundaligi
@Uddaburon_bekalar
@Foydali_tibbiyot_uz
@Homiladorlik_davri
@Dildagii_Satrlar
@Ogilmi_Qizmi
@love_ifor
636 views15:59
Ochish/sharhlash
2022-09-05 15:08:37 СИЗ ҚAНДAЙ ОТA-ОНAСИЗ? ТЕСТИ
Қандай ота-она эканлигингизни аниқлаб олишингиз учун қуйидаги тестни ҳавола
этамиз.
1. Бола тарбиясига оид кўрсатув ва эшиттиришларни мунтазам равишда
кўриб борасизми?
A) ҳа-3 балл;
Б) баъзида-1 балл;
В) йўқ-0 балл.
2.Фарзандингиз ножўя иш қилиб қўйса, бу сиз томондан берилаётган
тарбиянинг камчилигидан деб ўйлайсизми?
A) ҳа-1 балл;
Б) баъзида-3 балл;
В) йўқ-0 балл.
3.Фарзандингиз сизга ёрдамлашмоқчи бўлса, ишингизнинг чўзилиши ёки
умуман тўхтаб қолиши мумкинлигини билсангиз ҳам рози бўласизми?
A) ҳа-1 балл;
Б) баъзида-3 балл;
В) йўқ-0 балл.
4.Тақиқ ва буйруқни болангизга нисбатан ҳақиқатдан ҳам зарур пайтда
қўллайсизми?
A) ҳа-3 балл;
Б) баъзида-1 балл;
В) йўқ-0 балл.
5.Таълим-тарбия билан мунтазам равишда шуғулланишни педагогик
тамойиллардан бири деб ҳисоблайсизми?
A) ҳа-3 балл;
Б) баъзида-1 балл;
В) йўқ-0 балл.
6.Фарзанд тарбиясига атроф-муҳитнинг таъсири кучли бўлиши мумкин деб
ҳисоблайсизми?
A) ҳа-3 балл;
Б) баъзида-1 балл;
В) йўқ-0 балл.
7.Жисмоний тарбия ва спорт боланинг тарбиясида йетакчи рол ўйнаши
мумкин деб ҳисоблайсизми?
A) ҳа-3 балл;
Б) баъзида-1 балл;
В) йўқ-0 балл.
8.Болангиздан бирор нарсани буйруқ бермасдан, илтимос қилиб сўрай
оласизми?
A) ҳа-3 балл;
Б) баъзида-1 балл;
В) йўқ-0 балл.
9.»Ҳозир вақтим йўқ” ёки «Ишимни қилиб бўлгунимча тўхтаб тур”
деганингизда болангиз олдида виждонингиз қийналадими?
A) ҳа-1 балл;
Б) баъзида-3 балл;
В) йўқ-0 балл.
10.Эрингиз (аёлингиз) билан тарбия услубларингиз тўғри келадими?
A) ҳа-3 балл;
Б) баъзида-1 балл;
В) йўқ-0 балл.
Жавоблар:
15-30 балл:
сизни яхши ота-она дейиш мумкин. Сиз ота-оналик бурчингизни
керакли даражада бажаряпсиз. Буни фарзандингизга бераётган таълим-тарбиядан
ҳам билса бўлади. Aммо фарзандингизнинг қизиқишлари ва қобилиятларига
кўпроқ эътибор беришингиз керак.
7-14 балл: фарзанд тарбиясида деярли камчиликларга йўл қўймайсиз, лекин
кўпинча бошқа юмушлар туфайли фарзандингизга керакли даражада эътибор бера
олмайсиз. Бу камчиликни тўғирлаш учун келаётган дам олиш кунингизни
фарзандингизга бағишланг. У билан бирор ерга боринг. Натижаси ижобий
бўлишига шубҳа қилмасангиз ҳам бўлади.
0-6 балл: фарзанд тарбияси ҳақидаги тушунчага умуман эга эмассиз. «Хечдан
кўра – кеч” — деганларидек бу борадаги билим ва малакангизни оширишга
ҳаракат қилинг.

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Ayollar_uchun_retseptlar
@Muslima_ona_kundaligi
@Uddaburon_bekalar
@Foydali_tibbiyot_uz
@Homiladorlik_davri
@Dildagii_Satrlar
@Ogilmi_Qizmi
@love_ifor
1.3K views12:08
Ochish/sharhlash
2022-09-05 06:38:29
Бугундан яна мактаб...

1-синфларнинг илк бор мактабга қадамини кўриш жуда ёқимли. Уйдаги эркатой, беғубор болалар мактаб ҳавосидан биринчи бор нафас олади.

Бу жараённи кузатиш ростан ҳам ўзгача мазза. Бугун шундай кун.

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Ayollar_uchun_retseptlar
@Muslima_ona_kundaligi
@Uddaburon_bekalar
@Foydali_tibbiyot_uz
@Homiladorlik_davri
@Dildagii_Satrlar
@Ogilmi_Qizmi
@love_ifor
894 views03:38
Ochish/sharhlash
2022-09-05 06:37:33 #tarbiya
BOLA HULQI NEGA BUZILADI?

Chiroyli tarbiya berish ota-onaning farzandi oldidagi burchlaridandir. Bu haqni ado etish oʻz- oʻzidan boʻlmaydi, insondan katta masʼuliyat, mashaqqat talab qiladi.

Bola tarbiyasiga eng birinchi navbatda ota-ona javob beradi. Ular bolalarini zarur mashgʻulotlar bilan band qilishi kerak. Bola ongi boʻsh turmaydi. Uydagi tarbiya bolani qoniqtirmasa, koʻchaga intiladi, oʻzi bilmagan holda boshqa “dunyo” komiga kira boshlaydi.

Bugun kim bilan oʻtirib gaplashsangiz, darrov farzandiga buzgʻunchi gʻoyalar taʼsir etayotganidan shikoyat qiladi. Baʼzi xonadonlarda farzandlar axloqi katta muammoga aylangan.

Yangi asrda axborot tezligi taraqqiyotga ijobiy taʼsir koʻrsatyapti. Ayni chogʻda qator muammolar keltirib chiqaryapti. Internet, uyali telefon orqali yoshlarga qilinayotgan hujumlardan saqlanish eng katta muammoga aylandi. Ehtiyot choralari izlanyapti, lekin bu harakatlarning koʻpi faqat nazariy. Ularni amalda qoʻllash qiyin.

Bugun koʻpchilik takrorlaydigan iboralar:
“Farzandim meni tushunmaydi”; “Menga itoat etmaydi”; “Nasihatimga quloq solmaydi”; “Kunduzi uxlab, tunda televizor koʻradi”; “Aka-ukalari bilan janjallashadi”; “Koʻp yolgʻon gapiradi” va hokazo.

Oʻtgan ulugʻlarimiz bola xulqi buzilishiga koʻpincha ota-ona sabab boʻlishini taʼkidlashgan.

Jumladan, asosiy ichki sabablar:

– Oilani boshqarishda ota-onaning aniq maqsadi yoʻqligi;

– Alloh taolodan yordam soʻramaslik;

– bola goʻdaklik davridanoq tarbiya uslublarini yoʻlga qoʻymaslik, bola tarbiyalashni bilmaslik;

– moddiy taʼminotni haddan oshirib yuborish yoki umuman taʼminlamaslik;

– bolaning taʼlim olishdan maqsadi yoʻqligi yoki darslarni oʻzlashtirolmasligi, maktabga ota- ona majburlashi bilan borishi;

– bolaning ota-onadan qoniqmasligi;

– murabbiydan qoʻrqishi;

– ota-onadan mehr koʻrmay, boshqalardan shirin soʻzlar eshitishi;

– ota-ona farzandi oldida janjallashishi;

– ota-ona farzandlaridan birini maqtashi, boshqasini eʼtiborsiz qoldirishi;

– ishlarni faqat chaqqon bolaga yuklab, qolganlariga beparvo boʻlish;

– ota uzoq vaqt uyda boʻlmasligi;

– kichik xatoni boʻrttirish;

– uydagi holat bilan talab qilinayotgan narsaning bir-biriga mos kelmasligi;

– bolaning xatosini toʻgʻri tushuntirmaslik, boshqa bolalarga solishtirish. Bu ish notoʻgʻri. Chunki har bir bola oʻz tabiatiga ega.

Tashqi taʼsirlar:

– muallimning oʻzi oʻrgatayotgan fan maqsadini bilmasligi;

– tashqarida ham oʻrnak boʻladigan shaxsning yoʻqligi;

– shahvatni qoʻzgʻatuvchi omillar;

– aloqa vositalari rivojlanib ketishi sabab yomon doʻstlarning koʻpligi;

– taʼlim-tarbiya zamon talablariga mos emasligi;

– tashqi koʻrinishi bilan tengdoshlaridan ajralib turishi;

– ortiqcha qoʻpollik, qattiqqoʻllik, oʻrinli-oʻrinsiz kaltaklayverish.
Bu illatlar tufayli bolaning feʼli buziladi, beti qotadi.

Uyimiz, koʻcha-koʻy, yashab turgan jamiyatimizdagi muhit, taʼlim-tarbiya muassasalari – bularning barchasi tarbiya omillaridir. Ammo hozir dunyoning har tomonidan yoshlarga maxsus yoʻnaltirilayotgan maqsadli “tarbiya uslublari” ham borligini unutmaylik. Zero, yaxshi bola ikki dunyo saodatiga vosita boʻluvchi sadaqai joriyamiz boʻladi. Farzand tarbiyasida shuni doim yodda tutaylik.

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Ayollar_uchun_retseptlar
@Muslima_ona_kundaligi
@Uddaburon_bekalar
@Foydali_tibbiyot_uz
@Homiladorlik_davri
@Dildagii_Satrlar
@Ogilmi_Qizmi
@love_ifor
969 views03:37
Ochish/sharhlash
2022-09-04 23:58:53
ТАХАЖЖУД НАМОЗИНИНГ У́КИЛИШИ

( АЁЛЛАР УЧУН )

Тунги НАФЛ НАМОЗИ вакти
Ихтиерий намоз
2 ракатдан 10 ракатгача

Хуфтондан кейин бир ухлаб уйгониш шарти бор
01:30 - 03:00

Нафл намозларининг энг афзали таҳажжуд ҳисобланади. Чунки бу намоз ҳамма ухлаб ётган вақтда ўқилгани учун риёдан узоқ, ихлосга яқин бўлади.

Термизий, Аҳмад ва Ҳоким ривоят қилган.

Тахажжуд укидингизми?

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Ayollar_uchun_retseptlar
@Muslima_ona_kundaligi
@Uddaburon_bekalar
@Foydali_tibbiyot_uz
@Homiladorlik_davri
@Dildagii_Satrlar
@Ogilmi_Qizmi
@love_ifor
909 views20:58
Ochish/sharhlash
2022-09-04 19:35:33 Farzand tarbiyasiga doir umumiy maslahatlar

Avvalo Allohni tanitish kerak
Halol luqma yedirish kerak
Yeganiga nihoyatda e'tiborli bo‘lish kerak
Bolani eshitishni o‘rganinglar. U kichkina siz emas, ko‘p hollarda onalar o‘zining o‘rniga qo‘yadi bolani
Hadeb tanbeh bermay rag‘batlantiring
Nasihat beravermasdan o‘zingiz o‘rnak bo‘lib, yo‘nalish ko‘rsating
Internetda 1 ta emas, 2-3 kanallani kuzating, sizga qiziq mavzular yuzasidan izlaning, axborot asridamiz
Eng muhimi, bolani tinch qo‘yib, avval o‘zgarishni o‘zingizdan boshlang

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Ayollar_uchun_retseptlar
@Muslima_ona_kundaligi
@Uddaburon_bekalar
@Foydali_tibbiyot_uz
@Homiladorlik_davri
@Dildagii_Satrlar
@Ogilmi_Qizmi
@love_ifor
1.4K views16:35
Ochish/sharhlash
2022-09-04 19:35:33
Ўғил бола учун иккита қўй

Ассалому алайкум! Ўғлимиз туғилганда молиявий сабабларга кўра турмуш ўртоғим фақат битта қўй сўйдирган эдилар. Орада ўғлимизда саломатлигида муаммолар пайдо бўларди. Вақтлар ўтгач, «Яна битта сўйдириб қўяйлик», десам, рози бўлмадилар. Мен бу пайтда пул топаётган эдим, шунинг учун онамга битта қўйнинг пулини бериб, қарзга қолиб кетмайлик, деб ўғлим учун сўйдиртирдим. Эримдан берухсат қилганим учун гуноҳкор бўлмадимми ёки имкони бўлиб туриб сўйдиришни истамагани учун эрим гуноҳкор бўлиб қолмадиларми?

Жавоб:
– Ва алайкум ассалом! Сизга ҳам, эрингизга ҳам гуноҳ бўлмайди, иншааллоҳ.

Валлоҳу аълам.

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Ayollar_uchun_retseptlar
@Muslima_ona_kundaligi
@Uddaburon_bekalar
@Foydali_tibbiyot_uz
@Homiladorlik_davri
@Dildagii_Satrlar
@Ogilmi_Qizmi
@love_ifor
1.4K views16:35
Ochish/sharhlash
2022-09-04 10:56:02
Farzand tug'ilishidan avval tarbiyasi uchun qilinadigan ishlar.

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Ayollar_uchun_retseptlar
@Muslima_ona_kundaligi
@Uddaburon_bekalar
@Foydali_tibbiyot_uz
@Homiladorlik_davri
@Dildagii_Satrlar
@Ogilmi_Qizmi
@love_ifor
1.1K views07:56
Ochish/sharhlash