Get Mystery Box with random crypto!

Muhammad Odil Hamid | Rasmiy kanali

Telegram kanalining logotibi muhammadodiluzofficial — Muhammad Odil Hamid | Rasmiy kanali M
Telegram kanalining logotibi muhammadodiluzofficial — Muhammad Odil Hamid | Rasmiy kanali
Kanal manzili: @muhammadodiluzofficial
Toifalar: Din
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12.87K
Kanalning ta’rifi

Muhammad Odil Hamidning rasmiy telegram sahifasi.
Maqsadimiz ahli sunna val jamoa mazhabi asosida pok aqida va musaffo islomga intilishdir.
https://bit.ly/muhammadodiluz

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 11

2023-05-08 05:06:18
O’sh ahliga salomlar bo’lsin. Ilm va irfonni dunyoga yoyishda peshqadam qilsin.

Safarimizni fayzli va barakali bo’lishiga eng asosiy sababchilari Anasxon qori domlam va Rahmatulloh qori akam va boshqalarga, ayniqsa shuncha ish-yumushi bo’lishiga qaramasdan hamsafar bo’lgan ustoz va qadrdonlarimga tashakkurlarimni izhor qilaman.

Ziyoratlashishni niyat qilgan, va le yanagi safarimizga qolgan ustozlarni xossatan, barchani Alloh taoloning panohiga omonat qilaman.

Ziyoratimiz fayzi shayx Hafozulloh Mavlonxon to’ra o’g’li hazratlari bo’ldilar. U kishidan eshitganlarimiz asrga tatigulik nasihatlar edi. O’shga kelib, u zotni ziyorat qilmaslik mahrumiyatdan bo’lak emas.

Shunday ulug’ zotga tabarrukan shogird bo’lish ne’matini bergan Robbimga hamdlar bo’lsin.

O’sh! Alloh taolo panohiga omonat bo’l.
4.0K viewsedited  02:06
Ochish/sharhlash
2023-05-08 03:27:54
Ayolingizga shuni yuboring-da, sevinchdan osmonga sapchisa kerak. Ko’ngimdagini shular yozibdi, deb ko’ring-a. Ko’zi sevinchdan yoshga to’lsa kerak. Sevishingizni eslatib turing. Avvalo o’zingizga.
4.0K viewsedited  00:27
Ochish/sharhlash
2023-05-07 20:00:21
Allohdan Madinada vafot etishni so'rang

Muhammad Odil Hamid


Postni yaqinlaringizga ham jo'nating!

Telegram Instagram YouTube Facebook
4.2K views17:00
Ochish/sharhlash
2023-05-07 10:50:07 #NAQL

"Kimdir sizga musht tushirganda g‘azab otiga mingan holda unga ham bir musht tushirmoqchi bo‘lganingizda, eng avvalo o‘zingizni yo‘qotib qo‘ymang. Nafaqat dushmaningizga, balki o‘z nafsingizga qarshi qat’iyatli bo‘ling! Kimdir sizni bir ishda ayblagan paytda ham o‘zingizni qo‘lga olishni o‘rganing!.. Ot poygalari haqida hammangiz bilasiz... Poygada g‘alaba qozonish uchun yaxshi chavandoz tanlash juda muhim. Mashhur chavandozlar uzoq yillar davomida qo‘l ostidagi otlarni boshqarishning nozik jihatlarini o‘qib-o‘rganadilar. Shunday ekan, siz ham o‘z-o‘zini boshqarish usullarini o‘rganing. Qalbingiz, his-tuyg‘ularingiz, xohish-istaklaringiz va irodangizning jilovini also qo‘ldan boy bermang. O‘zingizga zarar yetkazadigan odatlardan yiroq turing! Chunki insonda bir odat shakllandimi, u shu odatning quliga aylanib qoladi. Shunda ekan, hech kimga va hech narsaga qul bo‘lmang! Agarda o‘zingizda dangasalik alomatlarini yoki keraksiz o‘yin-kulgiga bo‘lgan qiziqish sizni o‘ziga jalb qilayotganini sezsangiz, his-tuyg‘ularingizga va nafsingizga hokim bo‘lishga harakat qiling. O‘zingizni hayotingiz uchun manfaat keltiradigan ishlarni qilishga va doim harakatda bo‘lishga undang. Xato qilganingizda buni o‘z ichingizda tan oling va o‘zingizni isloh qilishga harakat qiling. Keyinchalik o‘zingiz va atrofdagilar oldida uyalib qolishni istamasangiz, ruhiyatingizni va ma’naviyatingizni mustahkamlang".  
    
"Ideal muallim" kitobidan

@muhammadodiluzofficial
4.4K views07:50
Ochish/sharhlash
2023-05-07 05:38:56
Safarda sunnat namozi o'qiladimi?

Muhammad Odil Hamid


Postni yaqinlaringizga ham jo'nating!

Telegram Instagram YouTube Facebook
4.3K views02:38
Ochish/sharhlash
2023-04-22 17:50:07
Oyning go’zalligini qarang.

Oy yangi chiqqanida quyidagi duo o‘qiladi.

عَنْ طَلْحَةَ بْنِ عُبَيْدِ اللهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ إِذَا رَأَى الْهِلَالَ قَالَ: اللَّهُمَّ أَهِلَّهُ عَلَيْنَا بِالْيُمْنِ وَالْإِيمَانِ وَالسَّلَامَةِ وَالْإِسْلَامِ رَبِّي وَرَبُّكَ اللهُ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ بِسَنَدٍ حَسَنٍ

Tolha ibn Ubaydulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon yangi chiqqan oyni ko‘rsalar, «Allohim! Uni bizga xayr-baraka, iymon, salomatlik va Islom ila chiqargin. Robbim va Robbing Allohdir», dеr edilar».
2.9K views14:50
Ochish/sharhlash
2023-04-22 14:28:54
738 views11:28
Ochish/sharhlash
2023-04-22 12:39:25
Talaba ukalarimizni manzarali dengiz va o’rmonlarga olib borishdan ko’ra ma’naviyatli joylarga olib borishni afzal deb bilaman.
Shu tufayli bitiruvchilarimiz Ramazon oyida Umraga borishdi. Kichiklar bo’lsa shunday ziyoratgohlarga borishmoqda.
Ajab emas, ziyoratlari sabab qalblarida ilm va taqvoga bo’lgan muhabbat va tavfiq yana ham ziyoda bo’lsa.

Robbim talabalarimizga foydali olm bersin.

Omin.

(Talabalarimiz kiyimiga e’tibor bermaysiz. Sodda oilaning kamtar yigitlari. Bir xil kiyim, bir xil forma qilish uchun ham pul kerak. Qaysidir chekka qishloqdan dinim va xalqim uchun foydali bo’laman, degan niyatda birgina kiyimda kelganlari bor. Asosiysi foydali ilmdir, zohirimiz emas.)

****

Yangi talabalar kelgach bir haftadan keyin bosh ustoz bir yigitga ustbosh olib berishimni aytib qoldi. Nega desangiz, ustida birgina kiyimi bor ekan xalos. Oddiy ishchi bolasi.

Ushbu yigit hozirda eng a’lochi talaba!

@muhammadodiluzofficial
1.7K viewsedited  09:39
Ochish/sharhlash
2023-04-22 11:20:57
8-dars.

Qur'oni Karim va Arab tilini birga o‘rganing | Ustoz Muhammad Odil Hamid.

@muhammadodiluzofficial
2.0K views08:20
Ochish/sharhlash
2023-04-22 05:39:24 Yil bo‘yi Ramazon

Sevikli Nabiyimiz sallollohu alayhi vasallamning hadislarida: “Agar ummatim Ramazonda qancha rahmat borligini bilganida, uni yil bo‘yi davom etishini xohlar edi” –dedilar.

Haqiqatdan hayolimga Ramazon oyi tugashi bilan, oyning shukuxi, fayzi, tarovati, ruhi, ibodat lazzatlari, istig‘for va tavba qilishlar, ezgu amallar qilish kabilarni kamayishi keladi.

Ramazonda qalblarimiz hursandchilikka to‘ladi, musulmon o‘quvchilar, qariyalar va ayollar to‘p-to‘p bo‘lib masjidlarga taroveh namozlarini o‘qishlikka yo‘l olib bir-birlarini kutib qutlashadi. Shu ishlarnig zamirida Allohga imon, payg‘ambar alayhissalom va diynga muhabbat yashiringandir. Ammo shu muhitning barchasi Ramazon oyi yakunlanishi bilan tugaydi. Va bizning hayotimiz Ramazondan avval qanday bo‘lgan bo‘lsa shu yo‘sinda davom etaveradi.

Shubha yo‘q, bu oyda bajarilgan amallar uchun ajrlar bir necha barobar ko‘paytirib beriladi. Alloh Subhanahu va Taolo: “Insonning hamma amallari o‘zi uchun faqat ro‘za mustasno. Ro‘za men uchun va uning mukofotini o‘zim beraman” –degan. Lekin bu Ramazon oyidan keyin xamma narsani tashlab qo‘yib faqat dunyo ishlari bilan band bo‘lishimiz kerak deganimi ? Ramazon oyida dinimiz haqida qayg‘urib, unga amal qilib yuramiz-u Ramazondan keyin kam o‘ylab, amal qilishni unutamiz. Hayotimizni xuddi Ramazon oyidagidek davom etishini oydan keyin xam hoxlaymizmi ?

Islom aqidasi tavxidga asoslangan –Alloh yagona yaratuvchi, va hayotga shu tarzda yondoshish, insonni yagona Allohga ibodat qilishlik uchun yaratilganligini bildiradi. Unga ibodat qilish asosida esa Unga hamma narsada taslim bo‘lish tushuniladi. Shu sababli inson o‘y-fikrlarini,so‘zlarini, amallarini boshqarishi va nazorat qilishi kerak.

Ruhsat va ta’qiq bu Allohni hursand qiluvchi va Uni g‘azabini keltiruvchi amallar, so‘zlar bo‘lib, bandani jannatga kirishiga yoki olovdan uzoqlashishishga sabab bo‘ladi. Musulmon kishi ega bo‘lgan barcha narsa – Allohnikidir. Inson bu hayotida har bir qilgan amali uchun Alloh huzurida javob beradi.

Hammamiz uning huzurida turamiz. Va bu o‘zgarmas, musaffo, xech bir narsa bilan aralashib ketmaydigan oltin qoida bo‘lib, Ramazonda ham undan keyin ham o‘zgarmaydi. Bu kabi asos va kriteriyalarga yondoshuv amallar o‘zgargunigacha o‘zgarishi kerak. O‘y o‘zgargan vaqtda musulmon bilan shariat qonunlari bir xil bo‘ladi. Ramazon oyida yoki boshqa oyda amalga oshirilishidan (bajarilishidan) qat’iy nazar ularni amalga oshirishdagi buyruq va qaytariqlar aynan bir xil bo‘ladi va maqsad xolis Allohning roziligi topish bo‘ladi. Ramazon oyidagi tavba boshqa oydagi tavbadan farq qilmaydi, faqat Ramazonda ko‘proq ibodat va tavba –tazarru, amru-ma’ruf, naxiy-munkar, Alloh yo‘lida ko‘proq sa’y harakatlar bo‘ladi.

Agar shariat musulmondan ro‘za tutishni, namoz o‘qishni, duo qilishni, Qur’on tilovati, Ramazonda sadaqa berish kabilarni talab qilsa va shu bilan birga ikki barobar ajr berilsa va bunday Ramazon va xaj kunlarini har yili berilishi, shu yo‘l bilan bandalarini gunohlardan poklashi bular Allohning musulmon bandasiga bo‘lgan rahmatidir. Yuqoridagi amallarni bajarib Allohni hursand qilishlik va Uni g‘azabini keltiradigan hamma narsalardan uzoq bo‘lishlik uchundir.

Biz bu muqaddas oy kirib kelganda amallarni boshlaymiz. O‘z gunohlarimiz haqida o‘ylay boshlaymiz va gunohlardan forig‘ bo‘lganligimiz uchun qoniqish hosil qilamiz.

Agar ummatim Ramazonda qancha rahmat borligini bilganida, uni yil bo‘yi davom etishini xoxlar edi” –dedilar. Hadisiga qaytadigan bo‘lsak, biz agar Alloh va diynni yaxshi ko‘rsak, va hayotimiz xuddi Ramazon oyidagidek davom etishini istasak, Islomiy turmush tarzi asosida umr guzaronlik qilshimiz shart.

Allohdan Ramazon biz uchun yil bo‘yi davom etishini so‘rab qolamiz.

islomuz

@muhammadodiluzofficial
@odiljondomlaofficial
2.7K views02:39
Ochish/sharhlash