Get Mystery Box with random crypto!

Yil bo‘yi Ramazon Sevikli Nabiyimiz sallollohu alayhi vasa | Muhammad Odil Hamid | Rasmiy kanali

Yil bo‘yi Ramazon

Sevikli Nabiyimiz sallollohu alayhi vasallamning hadislarida: “Agar ummatim Ramazonda qancha rahmat borligini bilganida, uni yil bo‘yi davom etishini xohlar edi” –dedilar.

Haqiqatdan hayolimga Ramazon oyi tugashi bilan, oyning shukuxi, fayzi, tarovati, ruhi, ibodat lazzatlari, istig‘for va tavba qilishlar, ezgu amallar qilish kabilarni kamayishi keladi.

Ramazonda qalblarimiz hursandchilikka to‘ladi, musulmon o‘quvchilar, qariyalar va ayollar to‘p-to‘p bo‘lib masjidlarga taroveh namozlarini o‘qishlikka yo‘l olib bir-birlarini kutib qutlashadi. Shu ishlarnig zamirida Allohga imon, payg‘ambar alayhissalom va diynga muhabbat yashiringandir. Ammo shu muhitning barchasi Ramazon oyi yakunlanishi bilan tugaydi. Va bizning hayotimiz Ramazondan avval qanday bo‘lgan bo‘lsa shu yo‘sinda davom etaveradi.

Shubha yo‘q, bu oyda bajarilgan amallar uchun ajrlar bir necha barobar ko‘paytirib beriladi. Alloh Subhanahu va Taolo: “Insonning hamma amallari o‘zi uchun faqat ro‘za mustasno. Ro‘za men uchun va uning mukofotini o‘zim beraman” –degan. Lekin bu Ramazon oyidan keyin xamma narsani tashlab qo‘yib faqat dunyo ishlari bilan band bo‘lishimiz kerak deganimi ? Ramazon oyida dinimiz haqida qayg‘urib, unga amal qilib yuramiz-u Ramazondan keyin kam o‘ylab, amal qilishni unutamiz. Hayotimizni xuddi Ramazon oyidagidek davom etishini oydan keyin xam hoxlaymizmi ?

Islom aqidasi tavxidga asoslangan –Alloh yagona yaratuvchi, va hayotga shu tarzda yondoshish, insonni yagona Allohga ibodat qilishlik uchun yaratilganligini bildiradi. Unga ibodat qilish asosida esa Unga hamma narsada taslim bo‘lish tushuniladi. Shu sababli inson o‘y-fikrlarini,so‘zlarini, amallarini boshqarishi va nazorat qilishi kerak.

Ruhsat va ta’qiq bu Allohni hursand qiluvchi va Uni g‘azabini keltiruvchi amallar, so‘zlar bo‘lib, bandani jannatga kirishiga yoki olovdan uzoqlashishishga sabab bo‘ladi. Musulmon kishi ega bo‘lgan barcha narsa – Allohnikidir. Inson bu hayotida har bir qilgan amali uchun Alloh huzurida javob beradi.

Hammamiz uning huzurida turamiz. Va bu o‘zgarmas, musaffo, xech bir narsa bilan aralashib ketmaydigan oltin qoida bo‘lib, Ramazonda ham undan keyin ham o‘zgarmaydi. Bu kabi asos va kriteriyalarga yondoshuv amallar o‘zgargunigacha o‘zgarishi kerak. O‘y o‘zgargan vaqtda musulmon bilan shariat qonunlari bir xil bo‘ladi. Ramazon oyida yoki boshqa oyda amalga oshirilishidan (bajarilishidan) qat’iy nazar ularni amalga oshirishdagi buyruq va qaytariqlar aynan bir xil bo‘ladi va maqsad xolis Allohning roziligi topish bo‘ladi. Ramazon oyidagi tavba boshqa oydagi tavbadan farq qilmaydi, faqat Ramazonda ko‘proq ibodat va tavba –tazarru, amru-ma’ruf, naxiy-munkar, Alloh yo‘lida ko‘proq sa’y harakatlar bo‘ladi.

Agar shariat musulmondan ro‘za tutishni, namoz o‘qishni, duo qilishni, Qur’on tilovati, Ramazonda sadaqa berish kabilarni talab qilsa va shu bilan birga ikki barobar ajr berilsa va bunday Ramazon va xaj kunlarini har yili berilishi, shu yo‘l bilan bandalarini gunohlardan poklashi bular Allohning musulmon bandasiga bo‘lgan rahmatidir. Yuqoridagi amallarni bajarib Allohni hursand qilishlik va Uni g‘azabini keltiradigan hamma narsalardan uzoq bo‘lishlik uchundir.

Biz bu muqaddas oy kirib kelganda amallarni boshlaymiz. O‘z gunohlarimiz haqida o‘ylay boshlaymiz va gunohlardan forig‘ bo‘lganligimiz uchun qoniqish hosil qilamiz.

Agar ummatim Ramazonda qancha rahmat borligini bilganida, uni yil bo‘yi davom etishini xoxlar edi” –dedilar. Hadisiga qaytadigan bo‘lsak, biz agar Alloh va diynni yaxshi ko‘rsak, va hayotimiz xuddi Ramazon oyidagidek davom etishini istasak, Islomiy turmush tarzi asosida umr guzaronlik qilshimiz shart.

Allohdan Ramazon biz uchun yil bo‘yi davom etishini so‘rab qolamiz.

islomuz

@muhammadodiluzofficial
@odiljondomlaofficial