Get Mystery Box with random crypto!

O’sh ahliga salomlar bo’lsin. Ilm va irfonni dunyoga yoyishda | Muhammad Odil Hamid | Rasmiy kanali

O’sh ahliga salomlar bo’lsin. Ilm va irfonni dunyoga yoyishda peshqadam qilsin.

Safarimizni fayzli va barakali bo’lishiga eng asosiy sababchilari Anasxon qori domlam va Rahmatulloh qori akam va boshqalarga, ayniqsa shuncha ish-yumushi bo’lishiga qaramasdan hamsafar bo’lgan ustoz va qadrdonlarimga tashakkurlarimni izhor qilaman.

Ziyoratlashishni niyat qilgan, va le yanagi safarimizga qolgan ustozlarni xossatan, barchani Alloh taoloning panohiga omonat qilaman.

Ziyoratimiz fayzi shayx Hafozulloh Mavlonxon to’ra o’g’li hazratlari bo’ldilar. U kishidan eshitganlarimiz asrga tatigulik nasihatlar edi. O’shga kelib, u zotni ziyorat qilmaslik mahrumiyatdan bo’lak emas.

Shunday ulug’ zotga tabarrukan shogird bo’lish ne’matini bergan Robbimga hamdlar bo’lsin.

O’sh! Alloh taolo panohiga omonat bo’l.