Get Mystery Box with random crypto!

30 iyul - Xalqlar do‘stligi kuni. Yurtimizda 130 dan ortiq m | Insonni o'zgartirish orqali jamiyatni o'zgartiramiz!

30 iyul - Xalqlar do‘stligi kuni.

Yurtimizda 130 dan ortiq millat va elatlar vakillari istiqomat qiladilar.

Bizning orzularimiz, maqsadlarimiz, qarashlarimiz, manfaatlarimiz bir, tariximiz, bugunimiz, kelajagimiz, tanlagan yo‘limiz bir. Bizni yagona va Mustaqil O‘zbekiston o‘z bag‘rida bir oiladek birlashtirib turadi.

Millatlararo hamjihatlikni, jamiyatda fuqarolar totuvligini mustahkamlash, barcha fuqarolarga millati va diniy eʼtiqodidan qatʼi nazar, teng huquq va imkoniyatlar yaratish, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadryatlarga hurmat, ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash O‘zbekistonda davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Shu o‘rinda aytib o‘tishim o‘rinliki, dunyoning qator mintaqalarida turli ziddiyatlar avj olayotgan bugungi kunda Mustaqil O‘zbekistonimizda turli millat vakillarining bir oila bo‘lib inoqlikda yashab kelayotganini ko‘rolmaydigan kuchlar ham borligi shubhasizdir. Lekin donishmand xalqimiz azaldan o‘zining o‘zaro xamjixatlik, yakdillik, do‘stga sadoqat, totuvlik, birdamlik, kabi oliyjanob fazilatlari bilan barchaga o‘rnak bo‘lib kelgan. Qayerdaki, xamjixatlik, birdamlik bo‘lsa o‘sha yerda rivojlanish, qut - baraka bo‘ladi.

Jannatmakon O‘zbekiston diyorida istiqomat qilayotgan aziz Vatandoshlar!
Barchangizni 30 iyul - Xalqlar do‘stligi kuni bilan chin dildan samimiy muborakbot etaman!

OTABEK JIYANBAYEV,
"Milliy tiylanish"demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi raisi