Get Mystery Box with random crypto!

#MENING KONSTITUTSIYAM Xalq deputatlari Olmazor tuman Kenga | Insonni o'zgartirish orqali jamiyatni o'zgartiramiz!

#MENING KONSTITUTSIYAM

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati Abduqayumov Abdumannop Abdumadjidovich ishtirokida Toshkent shahar Olmazor tumani "Ahil” MFY binosida “Ahil” va “Moyqo‘rg‘on” MFY aholisi bilan "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsion qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida deputat qonun loyihasining mazmun mohiyati to‘g‘risida mahalla aholisiga tushuntirishlar berar ekan demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinishini taʼkidladi. Islohotlar jarayonida barcha fuqarolarni o'z takliflari bilan faol ishtirok etishga chaqirdi.

Yig‘ilganlar Qonun loyihasi yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan qator savollarga javoblar oldilar. Davra suhbati qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘ldi.

Bizni rasmiy kanalimizga obuna bo‘ling
https://t.me/mt_toshkent
Ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: