Get Mystery Box with random crypto!

#Live “Cho‘ntak advokatlari”ning payi qirqilmoqda Deputatlar | Insonni o'zgartirish orqali jamiyatni o'zgartiramiz!

#Live

“Cho‘ntak advokatlari”ning payi qirqilmoqda

Deputatlar O‘zbekiston Respublikasi “Davlat hisobidan yuridik yordam to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasini ham muhokama qilmoqda.

Taʼkidlanganidek, davlat hisobidan yuridik yordam faqat jinoyat ishlarini yuritishda ko‘rsatilib, maʼmuriy va fuqarolik ishlari bo‘yicha davlat hisobidan bepul yordam ko‘rsatish cheklangani fuqarolarning Konstitutsiyada kafolatlangan malakali yuridik yordamdan to‘liq foydalana olmasligiga olib kelmoqda. Natijada bu “cho‘ntak advokatlari” va boshqa korrupsiyaviy omillar paydo bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda.

Ushbu qonun loyihasi bilan jismoniy shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tizimi yaratiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram l Website l Facebook l Instagram l Youtube