Get Mystery Box with random crypto!

Deputatlar “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat eh | Insonni o'zgartirish orqali jamiyatni o'zgartiramiz!

Deputatlar “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” Qonuni loyihasini muhokama qildilar.

Taʼkidlanganidek, yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish, shuningdek, olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan obyektlarni buzib tashlash ko‘plab davlatlarda dolzarb muammo hisoblanadi va ushbu masalalarning lozim darajada huquqiy tartibga solinmasligi aksariyat hollarda aholi orasida noroziliklarga sabab bo‘ladi.

Yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yishning aniq tartib-taomillari va mexanizmi qonunchilikda belgilanmaganligi mamlakatning xalqaro imijiga salbiy taʼsir ko‘rsatmoqda.

Ushbu qonun loyihasi bilan bu boradagi nomutanosibliklar tartibga solinmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram l Website l Facebook l Instagram l Youtube