Get Mystery Box with random crypto!

BEG’UBOR QALB🕊

Telegram kanalining logotibi moychechak_ifori — BEG’UBOR QALB🕊 B
Telegram kanalining logotibi moychechak_ifori — BEG’UBOR QALB🕊
Kanal manzili: @moychechak_ifori
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12.45K
Kanalning ta’rifi

"Toza qalb, beg‘ubor yuraklar uchun qalb kechinmalari .."🌼🕊
Muallif: ✍️Oy_Nur🍀(Mohinur)
🤝 vp admin: @sahovatchi
Sizdan kelgan: @sizdan_dil_tilaklar

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 7

2023-04-25 02:30:30
O‘zingiz bilan shu qadar band bo‘ling-ki, odamlarni muhokama qilmang, maydalashmang!

@moychechak_ifori
14.6K views23:30
Ochish/sharhlash
2023-04-25 01:48:10
Har safar bir narsadan quvondim: Nimaniki orzu qilsam, istasam bariga erishdim... Meni tahlil qilishdi, ba'zan muhokama qilishdi... Indamadim, parvo qilmadim, oqibat yutgan tomon, g‘alaba qilgan tomon men bo‘ldim... Jim turib g‘olib bo‘lgan o‘sha tomon men bo‘ldim...

@moychechak_ifori
13.1K views22:48
Ochish/sharhlash
2023-04-23 23:33:41
Hech kimga quloq solmang.  Oʻzingizning fikrlaringiz, oʻylaringizga tayaning. Hech kimni ortidan yurmang. Bu hayot. Hech kim sizning baxtingizni qurib bermaydi. Koʻpchilikni hasad boshqaradi. Quloq solmang. Oʻzingizning yoʻlingizdan yuring va ortingizdan gapirayotganlarga ahamiyat bermang. Ular gapirishdi,  gapirishyapti va gapirishda davom etaverishadi. Sizni bular tashvishga solmasligi kerak. Seving. Harakat qiling. Orzu qiling. Va, har doim kuchli boʻling! 

@moychechak_ifori
4.6K views20:33
Ochish/sharhlash
2023-04-23 17:38:06
O‘ziga ishongan ayol hamma sohada ilg‘or bo‘ladi: Uyda, ishda, bola tarbiyasida, nafosatda, nazokatda... Qalbdan beg‘ubor bo‘ling!... Shu sizni bezab turgan ziynatingiz bo‘lsin!

@moychechak_ifori
1.2K views14:38
Ochish/sharhlash
2023-04-23 11:49:00
Aslida, hayotda biror maqsad bilan yashashning oʻzi — baxt. Maqsadsiz yashash shunday koʻrgilikki, u hech kimning boshiga tushmasin! Kishida maqsad boʻlsa, unga erishish yoʻlida kurashish, mashaqqat chekish, taʼna-dashnomlar eshitib kuyib-yonib yurish ham — baxt.

@moychechak_ifori
3.1K views08:49
Ochish/sharhlash
2023-04-23 10:26:09
#hayot_falsafasi

Kuchli, sovuqqon, quvnoq koʻringan insonlarga ishonmang... Ular aslida butunlay boshqacha boʻladilar...
Kuchli koʻringan inson aslida suyanchigʻi, ishongani yoʻqligidan kuchli koʻrinishga harakat qiladi... Aslida suyana oladigan insonga juda ehtiyojmand boʻladi...
Sovuqqon koʻringan inson aslida qalbi juda hassos... Tark etsangiz ham hech narsa boʻlmagandek tutadi, aslida qalbidan sinib, parchalanib ketadi...
Quvnoq inson hazillari, kulgilari ortida togʻlardek dardlarini yashirib yuradi. Unga tushunadigan, his qila oladigan inson kerak...
Ularning koʻrinishlariga qarab muomala qilmang, ehtiyot qiling... Ular sizning mehringizga, eʼtiboringizga muhtojlar...

@moychechak_ifori
3.5K views07:26
Ochish/sharhlash
2023-04-23 09:02:45
Bir haqiqatni aytaymi?

O‘zingizdan boshqa hech kimga imkoniyat bermang, chunki o‘zingizdan boshqasi sadoqatli emas, o‘zingizdan o‘zgani hurmati manfaati qadar... Bir marta ishonchsiz zarba oldingizmi, sodda bo‘lmang, ko‘zlar pardasini oching! Ishonmang, aslo qalb daftaringizni ochmang! Niqobi ko‘p qalblarga emas, toza yuragingizga sodiq qoling, faqat u bilan hisoblashing! Qolganlar kelib ketuvchi o‘tkinchi shamollar.....

@moychechak_ifori
3.8K views06:02
Ochish/sharhlash
2023-04-22 21:57:52
Sevgiga, muhabbatga va baxtga to‘lgan ayol, chiroyli hayot hadya eta oladi... U biladi, uningsiz nafas olish imkonsiz ekanligini, u his etadi, qalblar malikasi ekanligini va uni hech kim takrorlay olmasligini... Baxtga to‘lib yashang!

@moychechak_ifori
499 viewsedited  18:57
Ochish/sharhlash
2023-04-21 23:48:19
#dunyadi

Allohga duo qilsangiz, ijobat boʻlyaptimi, sizning yaxshi moʻmin ekaningizga dalolat qiladigan shunga oʻxshash belgilarni sezyapsizmi, bu holat Alloh bilan sizning oʻrtangizda sir boʻlib qolsin. Boshqalar bilmagani maʼqul...

@moychechak_ifori
4.4K viewsedited  20:48
Ochish/sharhlash
2023-04-21 09:08:58

Robbimning rahmati yerga yog'ilgan,
Mo'minga mag'firat va'da qilingan.
Osiylar azobdan ozod etilgan,
Qalblarning rohati Hayit muborak!

@moychechak_ifori
261 views06:08
Ochish/sharhlash