Get Mystery Box with random crypto!

BEG’UBOR QALB🕊

Telegram kanalining logotibi moychechak_ifori — BEG’UBOR QALB🕊 B
Telegram kanalining logotibi moychechak_ifori — BEG’UBOR QALB🕊
Kanal manzili: @moychechak_ifori
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12.45K
Kanalning ta’rifi

"Toza qalb, beg‘ubor yuraklar uchun qalb kechinmalari .."🌼🕊
Muallif: ✍️Oy_Nur🍀(Mohinur)
🤝 vp admin: @sahovatchi
Sizdan kelgan: @sizdan_dil_tilaklar

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 164

2021-01-31 17:41:10 Jonim, unut endi......
Mensizlikka ko'nik endi...

Sen o'zgarding, men ham boshqa... oldingidek hech nima....

@moychechak_ifori
10.0K viewsedited  14:41
Ochish/sharhlash
2021-01-31 07:30:19
"Chiroyli bo'lgan sevimli emas, sevimli bo'lgan inson chiroylidir."

@moychechak_ifori
12.3K viewsedited  04:30
Ochish/sharhlash
2021-01-31 07:30:00

Shunday vaqtlar boʻladiki, mol-dunyoning qiymati qolmaydi, muvaffaqiyatning qiymati qolmaydi, mansablarning qiymati qolmaydi.
Ammo mehr-muhabbatning qiymati hech zamon yoʻqolmaydi.

Ayman Yogʻiy


P.S: Har kungi mehr va diydor onidan zavqli hech narsa yo'q... Baxtdan boshlangan kun, baxtli kun muborak bo'lsin....Allohimga omonatsizlar aziz qalbdoshim....

@moychechak_ifori
12.0K viewsedited  04:30
Ochish/sharhlash
2021-01-30 18:59:50
Muvaffaqiyatga erishmoqchi bo'lsangiz qalbingiz tubida ilg'orlik olovini yoqib oling!
O'zingiz bilan esa nafaqat bilim, balki adolat va toza qalb yukini ko'tarib yuring!

♡Oy_Nur

@moychechak_ifori
13.0K viewsedited  15:59
Ochish/sharhlash
2021-01-30 07:11:08
Agar tashqi koʻrinishingni goʻzal qilsang, odamlarning nazarini oʻzingga jalb qilasan.
Agar ichki dunyoingni goʻzal qilsang, odamlarning qalblarini oʻzingga jalb qilasan.
Bilib qoʻyki, iching fosid bo'la turib, tashqingni goʻzal qilishingni foydasi yoʻq.

@moychechak_ifori
14.3K views04:11
Ochish/sharhlash
2021-01-30 06:55:58 QADRINGNI BILGAN BILAN BOʻL!

Ota oʻlimidan oldin farzandini chaqirib, qoʻliga bir soat tutqazdi.
– Bu soat 200 yil oldin yasalgan. Bizga bobongning bobolaridan meros qolgan. Sen buni mahalla boshidagi soatsozga olib borib, sotmoqchi ekaningni ayt va uning javobini menga keltir, – dedi. Oʻgʻil borib, soatsozdan:
– Buning eski ekan, besh dollar beraman,- degan javobni olib keldi.
– Endi buni noyob narsalar sotiladigan doʻkonga olib borgin, – dedi ota.
U yerga borgan oʻgʻil doʻkondorning “besh ming dollar beraman” degan javobi bilan qaytdi. Ota yana oʻgʻlini yubora turib:
– Endi buni davlat muzeyiga olib borib, sotmoqchi ekaningni ayt, – dedi. Muzeyga borib, otasi yoniga juda hayratlangan holda qaytgan oʻgʻil:
– Muzeydagilar bir mutaxassisni chaqirtirib, uni yaxshilab tekshirganlaridan soʻng, shu bir parchagina temirni bir million dollar deb baholashdi-ya, – dedi.
Shunda ota:
– Bolam, senga oʻrgatmoqchi boʻlganim, sening joying qadringni toʻgʻri bilishadigan joyda. Oʻzingni notoʻgʻri yerga qoʻyib, qadringga yetmasalar, xafa boʻlib yurma. Qadringni bilgan qadringga ham yetadi. Oʻzingga noloyiq boʻlgan yerda hargiz qolma!» deya nasihat qilgan boʻldi.


@moychechak_ifori
13.6K views03:55
Ochish/sharhlash
2021-01-30 05:31:19
Assalomu alaykum!!!

Biz yana bir kunni qarshi oldik.
Shunday ekan biz baxtlimiz!

Bu baxtni chin qalbingiz, urib turgan yuragingiz bilan his eting va minnatdor boʻling.

Har kunimiz nimalaridir bilan esimizda qoladi.

Bugun siz uchun shunday kun boʻlsinki, siz kutgan va kutmagan xursandchiliklar bilan esda qolsin!

Har bir vaziyat oʻzingiz xohlagandek sodir boʻladi.

Shunday ekan oʻy-hayollaringizni yaxshilikka, minnatdorlikka, xursandchilikka qarating!


@moychechak_ifori
13.7K viewsedited  02:31
Ochish/sharhlash
2021-01-29 20:32:23
Hayotdagi yagona baxt - bu doim olgʻa intilishdir.

Insonning ulugʻvorligi shundaki u har yiqilganida qayta turaveradi, oʻlganlargina dunyoda qayta turmaydilar.

Yaxshisiga intiling, oʻzgaring, oʻsing, gullang yashnang nimadan qoʻrqsangiz shu bilan doʻstlashing qoʻrquvingiz tarqalib ketadi, shundagina siz chinakamiga hayot taʼmini sezasiz.

@moychechak_ifori
13.4K views17:32
Ochish/sharhlash