Get Mystery Box with random crypto!

BEG‘UBOR QALB🕊 — Telegram kanal

Telegram kanalining logotibi moychechak_ifori — BEG‘UBOR QALB🕊 B
Telegram kanalining logotibi moychechak_ifori — BEG‘UBOR QALB🕊
Kanal manzili: @moychechak_ifori
Toifalar: Iqtiboslar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 5.60K (08.10.2026 holatiga ko'ra ma'lumot)
Yaratilgan: 2019
Oʻxshash kanallar Iqtiboslar
Kanalning ta’rifi

"Toza qalb, beg‘ubor yuraklar uchun qalb kechinmalari .."🌼🕊 Bog‘lanish uchun: @sahovatchi Muallif: ✍️Oy_Nur🍀(Mohinur)


Oxirgi xabar

12 янв 2023
Picture 1 from moychechak_ifori at 2023_01_12
Men xudbinman,
Istaklarim ham,
Menikilar menga boʻlishsin!
Meni demas menikimaslar,
Mendan nari oʻynab-kulishsin.

Men xudbinman,
Men sevgan inson,
Mensiz nafas ololmay qolsin.
Yoʻqligimdan qulasa osmon,
Borligimdan quvonchga toʻlsin.

Nigohiga sigʻmasin oʻzga,
Koʻnglin menga bersin bus-butun.
Shiringina jonidan kechsin,
Bittagina qarashim uchun.

Yuzlarimni tilasin oydan,
Soʻzlarimsiz tatimasin bol.
Mensiz bir kun yashay oldimi,
Ana eshik,
Ketsin,
Bemalol.

Xudbinmana?!
Bilaman,ammo,
Chorasizman,
Hayron turibman.
Shundayligim tufayli balki,
Qarang, hamon yolgʻiz yuribman...

@moychechak_ifori
14.3K views10:33
Ochish/sharhlash
8 янв 2023
​​Boʻrilar haqida haqiqatlar

1. Boʻri oʻlimtik yemaydi.

2. Boʻri vaxshiylar turkumiga kiradi va hayvonlarning shoxlaridan hisoblanadi.

3. Boʻri boshqa hayvonlar kabi onasi,singlisi kabi mahramlari bilan hech qachon qoʻshilmaydi.

4. Boʻri vafodordir. Bitta begona urgʻochi bilan juftlashib, umr boʻyi oʻsha bilan yashaydi, juftiga aslo xiyonat qilmaydi. Shuningdek, urgʻochisi ham bir umr oʻsha jufti bilan yashaydi. Ular oʻz bolalarini taniydilar. Ular bir ona va bir otadan dunyoga keladilar.

5. Boʻrilar juftlarini birining vafoti bilan uch oydan kam boʻlmagan muddat azador boʻladilar va bu bir yilgacha choʻzilishi mumkin. Bu azadorlik deyarli oʻz-oʻzini oʻldirish darajasigacha borib, kamdan-kam hollarda hayot qolgan jufti yashab qoladi.

6. Boʻri ota-onasiga yaxshilik qiluvchi bola sifatida - “Ibnul baar” deya ham nomlanadi. Sababi, hayvonlarning ichida faqat boʻrigina ota-onasi keksalikka yetganda ularni tashlab qoʻymasdan gʻamxoʻrlik qiladi. Ularni oʻz inida qoldirib, ov qilib keltiradi, boqadi, parvarishlaydi.


P/S: Bo‘rilarni ba'zi insonlarga o‘rnak qilib ko‘rsatsak bo‘lar ekan a?! To‘g‘rimi??? Nima deysiz?

@moychechak_ifori
3.8K views08:36
Ochish/sharhlash
7 янв 2023
Picture 1 from BEG’UBOR QALB🕊 2023-01-07 18:19:59
Qaydan ham bilarding dilda ne dardu,
Qaysi savollarning qoshida lolman.
Kimning oyogʻini ostida gardu,
Kimning osmonida tanho hilolman!

Qaydan ham bilarding sirtimga boqib,
Ichimda itlarning tirnoq izlarin.
Kimga shu turishim, borimcha yoqib,
Kimga isitmadi mening yuzlarim!

Qaydan ham bilarding...
Ming yildan beri,
Yurak siniqlarin terib yurganim.
Tugmadek sogʻ yerin naridan beri,
Qancha umid bilan senga berganim!

Qaydan ham bilarding,
Qaydan bilarding,
Kulgan yuzlarimdan oʻtmay nariga.
Hayot ummonida qayiqman suzgan,
Lek choʻkib boʻlganman uning qaʼriga!

Sen qaydan bilarding...

@moychechak_ifori
3.2K viewsedited  15:19
Ochish/sharhlash
5 авг 2021
Picture 1 from moychechak_ifori at 2021_08_05
Qoʻlimdan kelsachi sizni unutmoq,
Uddalay olsamchi voz kechishni ham?!
Yengilib, bosh olib ketsachi firoq,
Bir pulga teng boʻlib tugasa alam?!

Yana Bahor kelsa gullasamchi duv,
Yana yonib qarshi olsamchi Kuzni?!
Yonimda bir koʻngil tursachi suluv,
Tanimay oʻtsamchi koʻrganda sizni...

Kimdir joylasachi joniga,
Sevib,
Kimnidir eritib qoʻysam mehrda?
Siz ham oʻzgasini quchoqlab turib,
Meni kutsangizchi mushtoq, sabrda...

Qoʻlimdan kelsachi sizni unutmoq,
Boshqa butlamasam buzilgan uyni.
Sizga mumkin boʻlmas hatto sogʻinmoq,
Oʻzgaga sevdim deb aytganim kuni!

Ichim achiyapdi sizga negadir,
Bahorda hech kim bir eslamas Qishni.
Bizni yaxshi koʻrib turganda kimdir,
Yaxshi koʻrmaslarni unutish ishmi?!

Malika Salimova

@moychechak_ifori
30.5K views07:23
Ochish/sharhlash
3 июн 2021
Picture 1 from moychechak_ifori at 2021_06_03

Inson ruhida ham qiyomatlar bor.
Ogʻir sinovlar bor, sinoatlar bor.
Muhabbat sal chalgʻib turgan mahalda.
Sezilmasdan oʻtgan xiyonatlar bor.

Mehr berolmasang qiynoqqa koʻndim.
Diydor berolmasang firoqqa koʻndim.
Sen meni boshqaga berma iltimos
Boshqaning qoʻlida kelmaydi oʻlgim.
Ularda boshqacha itoatlar bor.

Menga oʻxshamasin mehribonlaring.
Oʻrnimni bosmasin qadrdonlaring.
Chiqib ketamanku unda yodingdan.
Mensiz oʻtaverar ming bir oylaring.
Menda gʻalat-gʻalat shikoyatlar bor.

Men shirin sogʻinchni Xudoga aytdim.
Sendan boshladimda senda tugatdim.
Koʻnglini kul bosgan kimsalargamas.
Bogʻdan yelib kelgan saboga aytdim.
Xudoga aytdim men, Xudoga aytdim.
Shu sabab duoda ijobatlar bor.

Inson ruhida ham qiyomatlar bor!

@moychechak_ifori
23.6K viewsedited  13:09
Ochish/sharhlash

Ko'p beriladigan savollar

BEG‘UBOR QALB🕊 haqida tez-tez beriladigan savollar

BEG‘UBOR QALB🕊 (@moychechak_ifori) — Telegram Store katalogiga kiritilgan Telegram kanali. Ushbu sahifadagi «Kanalga o‘tish» tugmasi kanalni Telegram orqali ochadi.
Ushbu sahifadagi «Kanalga o‘tish» tugmasini bosing yoki Telegramda @moychechak_ifori ni qidiring. Kanalga hali ham qo'shilish mumkinligini Telegramning o'zi ko'rsatadi.
Telegram Store katalogi bu yozuv va havola uchun haq olmaydi. Kanal bepulmi yoki yo'qmi, buni uning Telegramdagi egasi hal qiladi.
Katalogda BEG‘UBOR QALB🕊 uchun 5.60K obunachi ko'rsatilgan (08.10.2026 holatiga ko'ra ma'lumot). Hozirgi soni Telegramda ko'rinadi.
Katalogda BEG‘UBOR QALB🕊 tili Oʻzbek tili deb ko'rsatilgan.
Ha, o'xshash kanallar ushbu sahifaning pastroq qismida keltirilgan.
Ushbu sahifada BEG‘UBOR QALB🕊 haqidagi katalog ma'lumotlari va kanalga havola bor. Postlarning o'zi Telegramda o'qiladi.
BEG‘UBOR QALB🕊 avatar
BEG‘UBOR QALB🕊 @moychechak_ifori
Telegram'da ochish