Get Mystery Box with random crypto!

BEG’UBOR QALB🕊

Telegram kanalining logotibi moychechak_ifori — BEG’UBOR QALB🕊 B
Telegram kanalining logotibi moychechak_ifori — BEG’UBOR QALB🕊
Kanal manzili: @moychechak_ifori
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12.45K
Kanalning ta’rifi

"Toza qalb, beg‘ubor yuraklar uchun qalb kechinmalari .."🌼🕊
Muallif: ✍️Oy_Nur🍀(Mohinur)
🤝 vp admin: @sahovatchi
Sizdan kelgan: @sizdan_dil_tilaklar

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2023-06-13 03:38:23
Dunyoga mehringiz, muhabbatingiz bilan bezak bering! Yuzingizdagi kulgu, qalbingizdagi beg'uborlik ifori dillarga umid, sevgi, baxt hadya etsin!

@moychechak_ifori
3.0K views00:38
Ochish/sharhlash
2023-06-12 22:26:24
Bu tun oxirgisi bo'lishi mumkin. Erta tongda ko'z ochishimiz, bu jonimiz faqatgina Allohimga omonat. Kimnidir ranjitdingizmi? Ikki og'iz so'z ayting:
Meni kechir....

P. S: Ertani kutmang bugun so'rang, hoziroq:
MENI KECHIRING...
SIZ MENGA KERAKLISIZ....
Doim kimgadir kerakli bo'lib yashaylik...

Oy_Nur

@moychechak_ifori
3.4K views19:26
Ochish/sharhlash
2023-06-12 19:29:03
Unutmang, qulflar hech qachon kalitsiz yasalmaydi. Alloh ham yechimi yoʻq sinovlar bermaydi. Faqat duo, mehnat va sabr qilsangiz siz uchun berilgan sinovlar ham oʻz yechimini topadi...

@moychechak_ifori
4.1K views16:29
Ochish/sharhlash
2023-06-12 18:47:53
Koʻngil kengligi, qalb pokligi va xotirjamligini istasang, insonlarni nima soʻzlayotganlariga quloq osma, soʻzlariga eʼtibor berma. Bilmaysanmi, ular hatto yaratgan Robbilaridan ham rozi emaslar, sendan esa aslo rozi boʻlmaydilar.

@moychechak_ifori
4.2K views15:47
Ochish/sharhlash
2023-06-09 05:17:18
Insonning diqqat markazida boʻlgan narsa uning butun kuchini oladi. Agar u oʻzining nochorligiga eʼtiborini qaratgan boʻlsa, nochorlik koʻpayadi, agar u oʻzining imkoniyatlariga nazar tashlasa, shunga eʼtibor qaratsa, unda imkoniyatlar koʻpayadi. Bu Borliq qonuniyati, ammo biz buni umuman tushunmasdan yashaymiz..

Kun davomida bor eʼtiboringizni imkoniyatlaringizga qarating!

@moychechak_ifori
5.8K views02:17
Ochish/sharhlash
2023-06-08 06:14:21
Tashvishlar unutiladi, ogʻriqlar ketadi. Yaralar bitadi, umr oʻtadi.  Insonlar oʻzgaradi, tuygʻular yoʻqoladi. Qarashlar oʻzgaradi, hayollar almashadi. Nimadir yoʻqoladi, nimadir topiladi, kimdir unitiladi.
Siz esa aslo unutmang, hayot davom etadi.

@moychechak_ifori
6.7K views03:14
Ochish/sharhlash
2023-06-05 15:06:30
Bilasizmi nega maktab oʻquvchilarining formalari oq-qora rangda? Ularning portfellari esa rang-barang. Chunki ularga bu formani jamiyat tanlagan, portfelni esa ularning oʻzlari tanlashgan. Hayotda ham xuddi shunday. Agar jamiyat siz uchun qanday yashashni hal qilsa, bizning hayotimiz ham shunday oq-qora rangda boʻladi. Agar siz buni oʻzingiz hal qilsangiz aksincha hayotingiz yorqin va rang-barang boʻladi.

@moychechak_ifori
10.6K views12:06
Ochish/sharhlash
2023-06-03 12:34:21
Agar yoningda seni yaxshi koʻradigan oilang, axloqi goʻzal doʻstlaring, dasturxonda taoming, boshing tepasida shift boʻlsa, sen oʻzing tasavvur qilganingdan ham boyroq ekansan. Doimo “Alhamdulillah” deng!

@moychechak_ifori
12.6K views09:34
Ochish/sharhlash
2023-05-29 06:37:55
Hayotda bo‘lishi kerak bo‘lgan ish albatta bo‘ladi.. Siz qalbingizni poklashdan, atrofga samimiylik, quvonch ulashishdan aslo to‘xtamang. Allohimga suyuklisiz, bunga ishoning, hayotingiz olgan har nafasingiz go‘zal bo‘lsin... Baxtni quchib yashang...

@moychechak_ifori
18.6K views03:37
Ochish/sharhlash
2023-05-27 09:16:04
Baxtning issiq tafti bo‘ladi, qalblarni hamisha ilitib turadigan.

@moychechak_ifori
18.4K views06:16
Ochish/sharhlash