Get Mystery Box with random crypto!

BEG’UBOR QALB🕊

Telegram kanalining logotibi moychechak_ifori — BEG’UBOR QALB🕊 B
Telegram kanalining logotibi moychechak_ifori — BEG’UBOR QALB🕊
Kanal manzili: @moychechak_ifori
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12.45K
Kanalning ta’rifi

"Toza qalb, beg‘ubor yuraklar uchun qalb kechinmalari .."🌼🕊
Muallif: ✍️Oy_Nur🍀(Mohinur)
🤝 vp admin: @sahovatchi
Sizdan kelgan: @sizdan_dil_tilaklar

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 5

2023-05-20 18:18:31
Odamlardan farishtalikni talab qilmang...

Chunki bu dunyoda ojiz bandalar yashaydi farishtalar emas... Har birimiz adashamiz, xato qilamiz, bilib bilmay kimnidir koʻngliga ozor beramiz....

Lekin koʻnglimizga ozor bergan oʻsha yomonni ham, qandaydir bir yaxshi xislati.....biz uchun eng mukammal boʻlgan insonni ham bir yomon odati boʻladi...

Bizga ozorlarni eslab yurmasligimiz uchun Unutish va Kechirish tuygʻulari berilgan... Agar kechira olmasak demak biz ham yaxshi odam emasmiz.....

Shunday ekan yomon odamlar yoʻq... shunchaki yomon odatlar bor xalos....
Yaqinlaringizdan va doʻstu yoringizdan kichkina yomon odati uchun voz kechmang... kechiring... unuting!...

#hayot_falsafasi

@moychechak_ifori
13.2K views15:18
Ochish/sharhlash
2023-05-16 18:26:55
Qalbingni shishadek tutsang sindirarlar, toshdek tutsang uzoqlasharlar, guldek tutsang yulib olishga urunisharlar…
Sen yaxshisi qalbingni dengiz kabi tut, kirgan ko’milsin suzishni bilgan qutilsin bilmagan bo‘g‘ilsin....

@moychechak_ifori
17.6K views15:26
Ochish/sharhlash
2023-05-16 18:00:29
Baxtli onlar, yaxshi odamlarni qalbingiz tubiga muhrlab qo‘ying! Zero, qalban sinib, ishonchingiz yo‘qolganida aynan o‘sha lahzalar, yaxshi insonlar xotirasi sizga taskin beradi.....

@moychechak_ifori
16.6K views15:00
Ochish/sharhlash
2023-05-13 19:45:42
Oʻylab gapiring...
Axir siz birgina soʻz aytasiz, uning esa ichida dunyolar qulaydi.

@moychechak_ifori
19.4K views16:45
Ochish/sharhlash
2023-05-10 21:05:22
Boshimga nimaiki tushgan boʻlsa, bariga koʻngilchangligim va qarshimdagi insonni oʻzim kabi oʻylashim sabab boʻlgan...

@moychechak_ifori
4.0K views18:05
Ochish/sharhlash
2023-05-09 11:29:12
#Xotira_va_qadrlash_kuni

9-may - "Xotira va qadrlash" kuni.

Xotira bor ekan, tirikdir millat, 
Tirikdir iftixor, tirikdir gʻurur. 
Xotira — elni xalq etguvchi qudrat, 
Xotira — ertani yoritguvchi nur. 


P/s: Qadrdonim, hamisha qadringiz tog‘danda baland bo‘lsin! Qadrli insonlar davrasida, eng qadrlisi bo‘lib yashash nasib etsin. Bugun nafaqat xotirlash kuni, balki eng qadrli insonlarni e'zozlash, ularni holidan xabar olish, borliklari uchun shukrona aytish kuni hamdir....Ularni eslab qo‘yishni unutmang!

@moychechak_ifori
7.3K views08:29
Ochish/sharhlash
2023-05-07 10:26:48
Ba'zilar o‘zini qadrini moddiylikka almashadi. Muhabbat yo‘q joyda moddiyliklarga ovunganlarga, qadrsiz insonlarga rahmim keladi...

@moychechak_ifori
9.5K views07:26
Ochish/sharhlash
2023-05-07 08:31:15
Xabaringiz bormi?!
Sizning dardlar va gʻamlar ila xarob boʻlgan vayrona koʻnglingizda, Haqning yashirin bir xazinasi bor...
Aqlingizni yigʻingda, ushbu vayron boʻlgan koʻnglingiz koʻchasini, hatto Bogʻdod shahri bilan ham alishtirmang..!
Allohga qasam-ki, sizning ushbu birgina qorongʻu kechangiz, yuzlab kunduzdan yaxshiroqdir. Kechani bermang, kunduzni izlamang..
Ikki dunyoda ham Allohdan boshqa davlat yoʻq... Sizning har nimangiz boʻlsa, aslo Undan boshqasiga bera koʻrmang... Boringizni ham yoʻgʻingizni ham, faqatgina Unga bering...

— Rumiy

@moychechak_ifori
9.6K views05:31
Ochish/sharhlash
2023-05-03 22:31:10
Atrof siz suygan va sizni suygan insonlar bilan toʻla...
Shundayligini bilmassiz balki...
Lekin ishoning siz dunyoni bezab turadigan, yaxshilik va quvonchlar ulashadigan insonlarni birisiz...

Sizni sogʻinadigan, kutadiganlar bor...
Tabassumingizdan quvonib, xafagarchiligizdan qalbi ogʻriydiganlar bor...

Har kuningiz oʻzingizdek betakror va goʻzal boʻlsin...

Mehr ulashishdan charchamang qadrligim...

@moychechak_ifori
2.7K views19:31
Ochish/sharhlash
2023-05-03 17:23:33
Aslo tushkunlikka tushmang!

Sizga yuklangan yuk siz ko‘tara olganingiz uchundir!
“Robbim buyukdir”, deng.
“Meni tashlab qo‘ydi”, demang!
Alloh sizni hech qachon quruq qo‘l bilan qaytarmaydi.
Yetarki, Uning qoshiga kaftingiz to‘la duolar bilan boring!

@moychechak_ifori
4.0K viewsedited  14:23
Ochish/sharhlash