Kuchli, sovuqqon, quvnoq koʻringan insonlarga ishonmang... Ular aslida butunlay boshqacha boʻladilar... Kuchli koʻringan inson aslida suyanchigʻi, ishongani yoʻqligidan kuchli koʻrinishga harakat qiladi... Aslida suyana oladigan insonga juda ehtiyojmand boʻladi... Sovuqqon koʻringan inson aslida qalbi juda hassos... Tark etsangiz ham hech narsa boʻlmagandek tutadi, aslida qalbidan sinib, parchalanib ketadi... Quvnoq inson hazillari, kulgilari ortida togʻlardek dardlarini yashirib yuradi. Unga tushunadigan, his qila oladigan inson kerak... Ularning koʻrinishlariga qarab muomala qilmang, ehtiyot qiling... Ular sizning mehringizga, eʼtiboringizga muhtojlar...