Get Mystery Box with random crypto!

#qonunchilikdagi_yangiliklar Ayrim iste'mol tovarlariga nisb | Iqtisodiyot va moliya vazirligi

#qonunchilikdagi_yangiliklar

Ayrim iste'mol tovarlariga nisbatan bojxona boji nol stavkada qo'llanishi 2024-yil 1-yanvargacha uzaytirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-martdagi “Iste'mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta'minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-41 sonli Farmoniga ko‘ra 2024-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda:

yogurt, paxta, ivigan sut yoki qaymoq, qatiq;
pishloq va tvoroglar;
yangi yoki quritilgan xurmo
(finik), anjir, ananas, avokado, guava, mango va mangostin yoki garsiniya;
yangi olma, nok va behi;
bug‘doy yoki javdardan tashqari g‘alla donidan un ;
hamda kakao tarkibli shokolad va boshqa tayyor oziq-ovqat mahsulotlari uchun bojxona bojining nol stavkasi qo‘llaniladi

Shuningdek, mazkur Farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-145-son Farmonida nazarda tutilgan imtiyozlarning amal qilish muddati ham 2024-yil 1-yanvarga qadar uzaytirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube