Get Mystery Box with random crypto!

Tashabbusli budjet bo‘yicha ovozli chat tashkil qilinadi Xaba | Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Tashabbusli budjet bo‘yicha ovozli chat tashkil qilinadi

Xabaringiz borki, ayni paytda “Tashabbusli budjet” loyihasining yangi mavsumi boshlangan bo‘lib, 3-bosqich uchun ovoz berish jarayonlari davom etmoqda.

Aholi o‘rtasida mazkur jarayonlar yuzasidan keng tushunchalar berish va yuzaga kelayotgan muammolarga yechim berish maqsadida 26-mart kuni soat 15:00 da @Xushnudbek telegram kanalida ovozli chat tashkil qilinadi.

Tashabbusli budjet jarayonlarida bevosita qatnashgan aholi va keng jamoatchilik vakillarini ovozli chatda ishtirok etishga taklif etamiz.

Spikerlar:
-Anvar Karimov
Iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari
-Shohruh Ishonqulov
Iqtisodiyot va moliya vazirligi departamenti direktori oʻrinbosari
-Azimjon Hasanov
Iqtisodiyot va moliya vazirligi boʻlim boshligʻi

#ovozli_chat #tashabbusli_budjet

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube