Get Mystery Box with random crypto!

Migrant.uz axborot-xizmat portali

Telegram kanalining logotibi migrantuzb — Migrant.uz axborot-xizmat portali M
Kanaldagi mavzular:
Валюта
Рубль
Dollar
سوم
Россия
Oʻzbekiston
Muhojirlar
Интервью
Migrant
Tojikiston
All tags
Telegram kanalining logotibi migrantuzb — Migrant.uz axborot-xizmat portali
Kanaldagi mavzular:
Валюта
Рубль
Dollar
سوم
Россия
Oʻzbekiston
Muhojirlar
Интервью
Migrant
Tojikiston
All tags
Kanal manzili: @migrantuzb
Toifalar: Bloglar , Sayohat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 41.51K
Kanalning ta’rifi

Migrant.uz axborot-xizmat portali
👉 youtube.com/@migrantuzb
👉 instagram.com/migrantuzb
👉 https://www.tiktok.com/@migrantuzb
👉 ok.ru/migrantuz
👉 fb.com/migrantuz
Админ: @migrantuzb_admin
Реклама: @migrantreklama

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2024-04-19 18:02:25
#qotillik #Rossiya #Oʻzbekiston
O‘zbekiston fuqarosi 8-sinf o‘quvchini o‘ldirishga uringanlikda gumonlanmoqda

Moskvada 36 yoshli Ilyos 8-sinf o‘quvchisini derazadan tashlab yuborishga uringan. Erkak yomg‘irdan qochib ko‘pqavaili uy kirish qismiga (podyezd) yashiringan maktab o‘quvchilarini ta’qib qilgan.

Baza telegram kanalining xabar berishicha, 15-aprel kuni Petya maktabdan qaytayotib (ismi o‘zgartirilgan) sinfdoshlari bilan yomg‘ir tinishini kutish uchun podyezdga kirgan. Podyezdning uchinchi qavatida oyna oldida o‘tirishganida ularning oldiga noma’lum erkak keladi va bolalarning millatini, bu yerda nima qilishayotganini so‘raydi.

Erkak o‘zini mast yoki giyohvand modda ta’sirida bo‘lgandek tutadi. Bolalar unga ketishini aytishadi. Bu so‘zlardan keyin erkak Petyani bo‘ynidan ushlab, oynadan itarishga harakat qiladi. Qolgan sinfdoshlari qo‘rqib, qochib ketadi. Qo‘shnilar baqir-chaqir tufayli politsiya chaqiradi.

Petya esa erkakning changalidan qutilib, uyga boradi va otasiga bo‘lgan voqeani so‘zlab beradi. Otasi bilan birga politsiyaga murojaat qilgani Petyaning bo‘ynida zo‘ravonlik izlari topiladi.

Voqea joyiga yetib kelgan politsiya podyezd oldida 36 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan Ilyosni uchratishadi. Erkak mast bo‘lib, o‘zini axloqsiz tutgan. Politsiya tekshiruv olib bormoqda.

Obuna bo‘ling
@migrantuz
13.0K views15:02
Ochish/sharhlash
2024-04-17 17:03:04
#migratsiya #Rossiya
Markaziy osiyoliklarga nisbatan hujumlar ko'paygan

To'liq video Migrant.uz Youtube kanalida.

Batafsil

Obuna bo‘ling
@migrantuz
12.8K views14:03
Ochish/sharhlash
2024-04-17 09:09:22
#sel #Dubay
Dubay Venesiyaga aylandi: shahar suv ostida qoldi

Birlashgan Arab Amirliklari kuchli jala tufayli suv ostida qoldi. Avtomobil yo‘llari daryoga aylanib, odamlar aeroportlarda tunab qolishga majbur bo‘ldi

Birlashgan Arab Amirliklarida kuchli yomg‘ir sababli Dubay, Abu-Dabi, Sharja va Ras al-Xayma shaharlarida yo‘llarni suv bosdi.

TASS xabariga ko‘ra, 15-apreldan 16-aprelga o‘tar kechasi Dubayda 30 mm dan ortiq yomg‘ir yoqqan va hafta oxiriga kelib bu ko‘rsatkich 150 mm dan oshishi mumkin. Shaharda to‘q sariq xavfsizlik darajasi e’lon qilindi va aholidan uylarini tark etmaslik so‘ralgan. Ko‘pgina korxonalar masofaviy ishlashga o‘tdi, ta’lim muassasalarida ham darslar bekor qilindi.
Suv toshqini paytida mamlakatga kelgan sayyohlarning omadi kelmadi. Aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagi suv ostida qolgani sababli o‘nlab reyslar boshqa yo‘nalishga almashtirildi yoki kechiktirildi.

Parvozlari bekor qilingan ko‘plab yo‘lovchilar aeroportda tunab qolishmoqda.

Reyslar ommaviy ravishda bekor qilinmoqda.
Meteorologlar kuchli yomg‘ir chorshanba kuni soat 18:00 gacha davom etishini taxmin qilishgan. Yo‘llar, yo‘laklar va metroga kirish joylari butunlay suv ostida qolgan.

Sayohatchilarning ta’kidlashicha, Dubayda yetkazib berish xizmatlari ishlamay qolgan, shuning uchun ular o‘zlari ovqat uchun tashqariga chiqishga majbur bo‘lishgan.

Shahar ko‘chalarida avtosisternalar suv tortish ishlarini bajarmoqda, deb yozadi TASS.

Mamlakat qurg‘oqchil iqlim sharoitida joylashganligi sababli yo‘l infratuzilmasi kuchli yog‘ingarchilikka moslashtirilmagan.

Obuna bo‘ling
@migrantuz
16.3K views06:09
Ochish/sharhlash
2024-04-15 16:02:10
#topilmalar #hujjat
Diqqat! Pasport topib olindi!

Sankt-Peterburg, metro Narvskaya atrofida 12-aprelda topib olingan!

Quyidagi raqamga aloqaga chiqishsa berib yuboriladi:

+79643648100

Obuna bo‘ling
@migrantuz
13.2K views13:02
Ochish/sharhlash
2024-04-15 14:59:10
#MVD #Rossiya
Rossiya Ichki ishlar vazirligining (MVD) onlayn xizmatlari yangilandi

Jumladan, MVDning saytidagi patentni bekor qilingani yoki qilinmaganini ko‘rsatadigan xizmat ham yangilangan. Endi har bir muhojir patentining amal qilayotganini MVD saytidan bepul aniqlashi mumkin. Hozirgacha patentlarni tekshirish xizmati yaxshi ishlamay, xato ma’lumot ko‘rsatayotgan edi. Endi esa nosozliklar bartaraf qilinib, ma’lumotlar to‘g‘ri ko‘rinmoqda.

Patentning amal qilayotganini ushbu havola orqali tekshirishingiz mumkin

Ma’lumot o‘rnida MVDning saytidagi xizmatlar ham faqat axborot o‘rnida ma’lumot berishini, ushbu ma’lumot huquqiy kuchga ega hujjat emasligini ta’kidlash kerak.

Shuningdek, onlayn xizmat bergan ma’lumotlar qanday bo‘lishidan qat’i nazar, ish joyi haqida “uvedomleniye” topshirilgach, o‘z vaqtida to‘lov qilingan patent yuridik jihatdan amal qilishini eslatib o‘tmoqchimiz.

Obuna bo‘ling
@migrantuz
12.8K views11:59
Ochish/sharhlash
2024-04-15 12:03:04
#muhojirlar #Rossiya
Bastrikin o'zbek muhojirlar haqida

To'liq video Migrant.uz Youtube kanalida.

Obuna bo‘ling
@migrantuz
13.3K views09:03
Ochish/sharhlash
2024-04-15 11:05:52
#migrantlar #qurilish #Rossiya
Qurilish maydonida o‘zbek va tojik migrantlar mushtlashdi

Moskvaning “Metronom” turar joy kompleksining qurilish maydonida O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolaridan iborat ishchi brigadalar bir bog‘ armaturani bo‘lisholmay janjallashdi.

Voqea 14-aprel kuni sodir bo‘lgan va noma’lum shaxs tarafidan videoga olingan. Videoda ishchilar avval qo‘l bilan urushib, keyin bir-birlariga tosh otganini ko‘rish mumkin. Hech kim jiddiy tan jarohati olmagan.

“Baza” telegram kanaliningi ma’lum qilishicha, ishchilarning janjali tufayli politsiya chaqirilgan.

Voqea joyidan jami 20 kishi ( 10 nafar Tojikiston va 10 nafar O‘zbekiston fuqarosi) ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi bayonnomalarni tuzish uchun olib ketilgan.

Obuna bo‘ling
@migrantuz
13.9K views08:05
Ochish/sharhlash
2024-04-15 06:21:36
Toshkent-Tel-Aviv-Toshkent yo'nalishidagi aviaqatnovlar bekor qilindi

Bu haqda Uzbekistan Airways axborot manbasi xabar qildi.

Yaqin Sharq mamlakatlarining bir qismi ustidan havo hududining yopilishi munosabati bilan, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi aviatsiya hukumatining parvozlar xavfsizligini ta'minlash zarurati bilan bog'liq qarorini hisobga olgan holda, Uzbekistan Airways faqat 2024-yil 15-aprel kuni HY301/302 Toshkent - Tel-Aviv - Toshkent yo'nalishidagi aviaqatnovlarini bekor qilgan.

"Faqat 2024-yil 15-aprel kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan HY301/302 aviaqatnovi aviachiptalarini qayta bron qilish yoki pul mablag‘larini jarima undirilmagan holda qaytarish uchun yo‘lovchilardan Uzbekistan Airways Sales filialiga yoki aviakompaniyaning xorijdagi vakolatxonalariga murojaat qilishlarini so'raymiz. Uzbekistan Airways yo'lovchilar xavfsizligi hamma narsadan ustun ekanligini eslatib o‘tadi", deyiladi xabarda.

Obuna bo‘ling
@migrantuz
14.1K views03:21
Ochish/sharhlash
2024-04-14 19:16:39 #dayjest #migrantnews #millatchilar
Eron hujumi, xavotirdagi Bastrikin, bekor qilingan patent, yosh rus millatchilari - 14.04.24 DAYJEST


14.8K views16:16
Ochish/sharhlash
2024-04-14 18:16:25 #Eron #Isroil #hujum
ERON ISROILGA HUJUM QILDI. TAFSILOTLAR!


14.8K views15:16
Ochish/sharhlash